Islomiyat tarixidir


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
Umar ibn Xattob (r.a.) Payg‘ambar masjidlarini kengaytirish lozim bo‘lganda quruvchi ustaga shunday amr 
etgan edilar: «Masjidni avval qanday bo‘lsa, odamlar uchun xuddi shunday qurib bergin, devorlarni sariq, qizil 
ranglarga bo‘yamagin, namozxonlarni chalg‘itmasin!» 
Ibn Abbos (r.a.): «Masjidni yahudiylar va nasroniylar kanisalarini bezaganlaridek tillo bilan bezamanglar!» - 
deganlar. 
Bunday dabdababozlikdan qaytarishni musulmonlarga bo‘lgan hurmat deb qarashimiz kerak. Chunki, 
masjidlarning obod va go‘zalligi jamoatning ko‘pligi, ibodatni butunlay Allohga tavajjuh bilan qilinganligidadir. 
Muso (a.s.) qurgan «qubbatuz zamon» bani Isroil adashib yurgan Tiyh vodiysida edi. Shuning uchun bu 
qubba yahudiylarning ka’basi va qiblasi bo‘ldi. Bu ka’baning imomi Muso (a.s.) edilar. Qubba yonida 
qilinadigan qurbonliklarga esa Horun (a.s.) mutasaddi edilar. Horun (a.s.)ning vafotlaridan so‘ng, u kishining 
avlodlari qurbonlik marosimlarini hozirgi vaqtgacha boshqaradilar.  
Muso (a.s.)ning vafotlaridan keyin u kishining ishlari shogirdlari Yusha’ ibn Nunga qoldi. Yusha’ ibn Nun 
bani Isroil qavmini Baytul maqdisga olib kirdilar. Muso (a.s.) o‘rnatgan qubba Baytul maqdis yonidagi katta 
qoyatosh ustiga o‘rnatildi. Odamlar shu qubbaga qarab namoz o‘qirdilar. Qubba yo‘q bo‘lib ketganidan keyin 
uning poydevori bo‘lgan qoyatoshga qarab namoz o‘qish davom etdi va bani Isroil payg‘ambarlarining qiblasi 
shu qoyatosh bo‘lib qoldi. Hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham hijratdan avval shu qiblaga qarab namoz o‘qir 
edilar va o‘zlari bilan qibla orasiga Ka’bani qo‘yardilar. Madinaga hijrat qilganlaridan keyin namoz farz bo‘ldi va 
Rasululloh (s.a.v.) o‘n olti yoki o‘n yetti oy Baytul maqdisga qarab namoz o‘qidilar. Keyin asli Ibrohim (a.s.)ning 
qiblalari bo‘lgan Ka’ba Payg‘ambari miz (s.a.v.)ga va barcha musulmonlarga qibla qilib berildi. 
Muso (a.s.) Allohning amri bilan qurgan qubba va tobut haqida Qur’oni karimning «Baqara» surasida ishora 
bor: 
َﻨﻴِﻜَﺳ ِﻪﻴِﻓ ُتﻮُﺑﺎﱠﺘﻟا ُﻢُﻜَﻴِﺗْﺄَﻳ ْنَأ ِﻪِﻜْﻠُﻣ َﺔَﻳﺁ ﱠنِإ ْﻢُﻬﱡﻴِﺒَﻧ ْﻢُﻬَﻟ َلﺎَﻗَو
 ُلﺁ َكَﺮَﺗ ﺎﱠﻤِﻣ ٌﺔﱠﻴِﻘَﺑَو ْﻢُﻜِّﺑَر ْﻦِﻣ ٌﺔ
 َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻣ ْﻢُﺘْﻨُآ ْنِإ ْﻢُﻜَﻟ ًﺔَﻳﻵ َﻚِﻟَذ ﻲِﻓ ﱠنِإ ُﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻟا ُﻪُﻠِﻤْﺤَﺗ َنوُرﺎَه ُلﺁَو ﻰَﺳﻮُﻣ
)
٢٤٨
(
 
«Payg‘ambarlari ularga aytdi: «Uning podshohlik belgisi shuki, sizlarga bir sandiq keladi. Unda Rabbingizdan 
taskin va Muso hamda Horun oilalaridan qolgan qoldiqlar joylashgan bo‘lib, uni farishtalar ko‘tarib turadilar. Agar 
chin mo‘‘min bo‘lsangizlar, shubhasiz, bunda sizlar uchun belgi bor». (Baqara, 248.)
 
  
Alloh taolo Qur’oni karimning «Qasos» surasida Muso (a.s.) bilan Qorun orasida sodir bo‘lgan voqe’ani 
bayon etadi.  
 ُءﻮُﻨَﺘَﻟ ُﻪَﺤِﺗﺎَﻔَﻣ ﱠنِإ ﺎَﻣ ِزﻮُﻨُﻜْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻴَﺗﺁَو ْﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ ﻰَﻐَﺒَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ ِمْﻮَﻗ ْﻦِﻣ َنﺎَآ َنوُرﺎَﻗ ﱠنِإ
َﺗ ﻻ ُﻪُﻣْﻮَﻗ ُﻪَﻟ َلﺎَﻗ ْذِإ ِةﱠﻮُﻘْﻟا ﻲِﻟوُأ ِﺔَﺒْﺼُﻌْﻟﺎِﺑ
 َﻦﻴِﺣِﺮَﻔْﻟا ﱡﺐِﺤُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ْحَﺮْﻔ
)
٧٦
(
 ﺎَﻤﻴِﻓ ِﻎَﺘْﺑاَو
 ِﻎْﺒَﺗ ﻻَو َﻚْﻴَﻟِإ ُﻪﱠﻠﻟا َﻦَﺴْﺣَأ ﺎَﻤَآ ْﻦِﺴْﺣَأَو ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا َﻦِﻣ َﻚَﺒﻴِﺼَﻧ َﺲْﻨَﺗ ﻻَو َةَﺮِﺧﻵا َراﱠﺪﻟا ُﻪﱠﻠﻟا َكﺎَﺗﺁ
َﻦﻳِﺪِﺴْﻔُﻤْﻟا ﱡﺐِﺤُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ ِضْرﻷا ﻲِﻓ َدﺎَﺴَﻔْﻟا

٧٧
(
 
«Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u qavmga kibr qildi. Biz unga xazinalardan kalitlari 
baquvvat jamoatga ham og‘irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O’shanda qavmdoshlari unga: 
«Hovliqmagin. Chunki, Alloh hovliquvchilarni suymas! Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni 
istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham 
odamlarga ehson qil! Yerda buzg‘unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg‘unchilarni suymas» - 
dedilar». (Qosos, 76-77.)
 
 
Ibn Abbos aytadilar: «Qorun Muso (a.s.)ning amakivachchalari edi». 
Ibrohim an-Naxa’iy, Abdulloh ibn al-Horis, Sammok ibn Harb, Qatoda, Molik ibn Dinor, Ibn Jurayj va boshqa 
mufassirlar Qorunning nasabini Qorun ibn Yashab ibn Qohis, Musoning nasabini Muso ibn Imron ibn Qohis 
deb keltiradilar». 
Ibn Ishoqdan «Qorun Muso (a.s.)ning amakilari edi» degan rivoyat ham bor. 
Qatoda (r.a.) aytadi: «Qorun Tavrotni juda chiroyli ovoz bilan qiroat qilardi, shuning uchun unga «munavvir» 
(dillarni munavvar etuvchi) degan laqab berilgan edi. Shunga qaramasdan, Somiriydek uning qalbida ham 
munofiqlik bor edi. Boyligining haddan tashqari ko‘p bo‘lishi uni halokatga uchrashiga sabab bo‘ldi. Alloh taolo 
oyati karimada uning moli behisob ekanligini xabar beradi. Ba’zi mufassirlarning aytishlaricha, Qorunning 
dunyosini emas, balki uning xazinasi saqlanadigan omborlarning kalitini qirq tuya yoki oltmishta xachir ko‘tarib 
yurardi.  
Unga o‘zining qavmlaridan ba’zilari nasihat qilib: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
«Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh 
senga ehson qilgani kabi sen ham odamlarga ehson qil!» - deyishdi. Qorun esa bu mol-mulkning Alloh 
berganini inkor etdi: 
«(U) «Men unga faqat o‘zimdagi bilim sababligina erishdim» - dedi. Axir, u o‘zidan avval Allohning undan 
ko‘ra quvvatliroq va zaxirasi ham ko‘proq avlodlarni halok qilganini bilmasmi?! Jinoyatchilarning gunohlari 
haqida so‘rab o‘tirilmas! 
Qorun o‘zining mol-mulkidan odamlarga sadaqa, ehsonlar qilib, ularning muhabbatini qozonishni o‘ylamas, 
aksincha hammaga ko‘z-ko‘z qilib, qimmatbaho liboslar kiyar va  boshqalarning hasadini, adovatini 
qo‘zg‘ashga harakat qilardi: 
 َﻲِﺗوُأ ﺎَﻣ َﻞْﺜِﻣ ﺎَﻨَﻟ َﺖْﻴَﻟ ﺎَﻳ ﺎَﻴْﻧﱡﺪﻟا َةﺎَﻴَﺤْﻟا َنوُﺪﻳِﺮُﻳ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َلﺎَﻗ ِﻪِﺘَﻨﻳِز ﻲِﻓ ِﻪِﻣْﻮَﻗ ﻰَﻠَﻋ َجَﺮَﺨَﻓ
ُرﺎَﻗ
 ٍﻢﻴِﻈَﻋ ﱟﻆَﺣ وُﺬَﻟ ُﻪﱠﻧِإ ُنو
)
٧٩
(
 َﻦَﻣﺁ ْﻦَﻤِﻟ ٌﺮْﻴَﺧ ِﻪﱠﻠﻟا ُباَﻮَﺛ ْﻢُﻜَﻠْﻳَو َﻢْﻠِﻌْﻟا اﻮُﺗوُأ َﻦﻳِﺬﱠﻟا َلﺎَﻗَو
 َنوُﺮِﺑﺎﱠﺼﻟا ﻻِإ ﺎَهﺎﱠﻘَﻠُﻳ ﻻَو ﺎًﺤِﻟﺎَﺻ َﻞِﻤَﻋَو
)
٨٠
(
 
«So‘ng,  (Qorun) qavmi oldiga yasanib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: «Eh, qani 
edi, bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo‘lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir» - 
dedilar. Ilm ato etilgan kishilar esa: «O’lim bo‘lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi 
uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U savobga faqat sabrli kishilargina erishurlar» - dedilar. (Qosos, 
79-80.)
 
 
As-Sadiy va Ibn Abbosdan rivoyat etilishicha, Qorun bir buzuq ayolga sovg‘a-salomlar berib, qornida Muso 
(a.s.)dan bo‘lgan bola bor ekanligini da’vo qilishga buyurdi. Muso (a.s.) katta jamoatga mav’iza qilib turgan 
vaqtlarida ayol kelib: «Sen men bilan qilgan ishingdan men homilador bo‘ldim» - dedi. Muso (a.s.) uning 
iddiosidan qaltirab ketdilar va darhol o‘rinlaridan turib, ikki rakat namoz o‘qib, Allohga iltijo qildilar. Keyin qaytib 
kelib ayolga qasam ichishni yoki bu tuhmatni kim o‘rgatganini aytishni talab qildilar. Ayol bu tuhmatni Qorun 
o‘rgatganini tan oldi, tavba qilib, Allohga sajda qildi, istig‘for aytdi. Muso (a.s.) ham Allohga sajda qilib, Qorunni 
duoibad qildilar. Alloh taolo Qorunni qanday jazolashni Muso (a.s.)ning o‘zlariga havola qilib, Yerni Muso 
(a.s.)ga mute qildi. Yer Qorunning o‘zini, boyligini va qasrini birgalikda yutib yubordi. 
Ba’zi mufassirlarning aytishlaricha, Bir kun Muso (a.s.) qavmlariga qiyomat haqida so‘zlab berayotgan 
edilar. Qorun o‘zining eng qimmatbaho libosini kiyib, tillo taqinchoqlarini taqib, bezatilgan xachirga minib, 
jamoat yoniga keldi. Odamlarning xayoli payg‘ambar suhbatidan burilib, Qorunning dabdabasiga mahliyo 
bo‘lishdi va ba’zilari hayajonlarini yashirolmay, o‘rinlaridan turib ham ketishdi. Qorun Muso (a.s.)ning oldilariga 
kelib: «Ey Muso, sen payg‘ambarliging bilan mendan ustunlik qilsang, men mol-dunyo, boyligim bilan sendan 
ustunman. Agar xohlasang, maydonga chiqib kuch sinashamiz: men sening haqinga, sen esa mening 
haqimga duo qilishamiz» - dedi. Muso (a.s.) va Qorun ikkovlari keng maydonga yig‘ilgan jamoa oldiga 
chiqdilar. Kelishuvga muvofiq avval Qorun Muso haqiga duoibad qildi. Alloh taolo uning duosini ijobat qilmadi 
va Muso (a.s.)ga hech qanday zarar yetmadi. Ikkinchi bo‘lib Muso (a.s.) Qorunni duoyibad qildilar va dedilar: 
«Ey Allohim, Yerga amr etgin, bugun mening itoatimda bo‘lsin!» Alloh taolo Yerning itoatini ulug‘ payg‘ambari 
Muso (a.s.)ga berdi. Muso (a.s.) Yerga: «Ey Yer, Qorunni barcha boyligu qasrlari bilan yutgin!» - deb amr 
etdilar. Barcha odamlarning ko‘zi oldida Qorun va uning topgan narsalari Yer qa’riga g‘oyib bo‘ldi. 
Mufassir Qatoda (r.a.) aytadilar: «Yer Qorunni har kun bir odam bo‘yi o‘z tubiga tortadi». 
Ibn Abbosning aytishlaricha, Qorun yetti qavat Yer ostiga tushadi.  
Alloh taolo oyati karimada shunday dedi: 
 َﻦِﻣ َنﺎَآ ﺎَﻣَو ِﻪﱠﻠﻟا ِنوُد ْﻦِﻣ ُﻪَﻧوُﺮُﺼْﻨَﻳ ٍﺔَﺌِﻓ ْﻦِﻣ ُﻪَﻟ َنﺎَآ ﺎَﻤَﻓ َضْرﻷا ِﻩِراَﺪِﺑَو ِﻪِﺑ ﺎَﻨْﻔَﺴَﺨَﻓ
 َﻦﻳِﺮِﺼَﺘْﻨُﻤْﻟا
)
٨١
(
ﱠﻟا َﺢَﺒْﺻَأَو
 َقْزِّﺮﻟا ُﻂُﺴْﺒَﻳ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنَﺄَﻜْﻳَو َنﻮُﻟﻮُﻘَﻳ ِﺲْﻣﻷﺎِﺑ ُﻪَﻧﺎَﻜَﻣ اْﻮﱠﻨَﻤَﺗ َﻦﻳِﺬ
 َنوُﺮِﻓﺎَﻜْﻟا ُﺢِﻠْﻔُﻳ ﻻ ُﻪﱠﻧَﺄَﻜْﻳَو ﺎَﻨِﺑ َﻒَﺴَﺨَﻟ ﺎَﻨْﻴَﻠَﻋ ُﻪﱠﻠﻟا ﱠﻦَﻣ ْنَأ ﻻْﻮَﻟ ُرِﺪْﻘَﻳَو ِﻩِدﺎَﺒِﻋ ْﻦِﻣ ُءﺎَﺸَﻳ ْﻦَﻤِﻟ
)
٨٢
(
 
«Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. So‘ng uning uchun Allohdan o‘zga yordam 
beradigan biror jamoa bo‘lmadi va uning o‘zi ham g‘oliblardan bo‘lmadi. Kechagina uning maqomini 
orzu qilganlar: «Vo ajab, Alloh bandalaridan o‘zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, (O’zi 
xohlaganlarining rizqini) tang qilib berar ekan-da! Agar Alloh bizga marhamat qilmaganda, bizlarni ham 
yerga yuttirgan bo‘lur edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan-da!» - deb qoldilar». (Qosos, 81-82.)
 
 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
124
Allohning oyati karimasida «Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik» - deyilgan. Bani Isroil hovli-joyni 
Misrda qurgan edilar. Tiyh vodiysida adashib yurgan vaqtlarida, hovli-joy ham, qasr ham qurilmagan edi. 
Shuning uchun Qorun bilan sodir bo‘lgan voqea Tiyh vodiysida emas, balki Misrda sodir bo‘lgan bo‘lishi ham 
mumkin. 
Alloh taolo Qorun haqida «G’ofir» va «Ankabut» suralarida ham xabar bergan: 
 ﺎَﻣَو ِضْرﻷا ﻲِﻓ اوُﺮَﺒْﻜَﺘْﺳﺎَﻓ ِتﺎَﻨِّﻴَﺒْﻟﺎِﺑ ﻰَﺳﻮُﻣ ْﻢُهَءﺎَﺟ ْﺪَﻘَﻟَو َنﺎَﻣﺎَهَو َنْﻮَﻋْﺮِﻓَو َنوُرﺎَﻗَو
 َﻦﻴِﻘِﺑﺎَﺳ اﻮُﻧﺎَآ
)
٣٩
(
َﺬِﺑ ﺎَﻧْﺬَﺧَأ ﻼُﻜَﻓ
 ُﻪْﺗَﺬَﺧَأ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣَو ﺎًﺒِﺻﺎَﺣ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﻠَﺳْرَأ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻤَﻓ ِﻪِﺒْﻧ
 ْﻦِﻜَﻟَو ْﻢُﻬَﻤِﻠْﻈَﻴِﻟ ُﻪﱠﻠﻟا َنﺎَآ ﺎَﻣَو ﺎَﻨْﻗَﺮْﻏَأ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣَو َضْرﻷا ِﻪِﺑ ﺎَﻨْﻔَﺴَﺧ ْﻦَﻣ ْﻢُﻬْﻨِﻣَو ُﺔَﺤْﻴﱠﺼﻟا
 َنﻮُﻤِﻠْﻈَﻳ ْﻢُﻬَﺴُﻔْﻧَأ اﻮُﻧﺎَآ
)
٤٠
(
 
«Qorun, Fir’avn va Homonni ham (halok qildik). Muso ularga (payg‘ambar ekaniga) hujjatlarni 
keltirganida, ular yer yuzida kibr-havo qildilar va (lekin) o‘zib ketuvchi bo‘lmadilar. Biz ularning har 
birini o‘z gunohi bilan tutdik. Bas, ularning orasida Biz ustiga tosh yog‘dirganlar ham, ular orasida 
dahshatli qichqiriq tutganlar ham, ular orasida Biz Yerga yuttirganlar va ular orasida Biz suvga g‘arq 
qilgan kimsalar ham bordir. Alloh ularga zulm qiluvchi bo‘lmadi, lekin ular o‘zlariga jabr qiluvchi 
bo‘ldilar». (Ankabut, 39-40.)
 
 
Haqiqatda ham Alloh taolo Qorunni Yerga yuttirdi, Fir’avn va Homonni suvga g‘arq ettirdi. 
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda, Abdulloh ibn Amr Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan shunday rivoyat 
qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir kuni namoz haqida gapirib turib shunday dedilar: «Kimki, besh vaqt 
namozni o‘z vaqtida o‘qisa, namoz unga Qiyomat kunida nur, hujjat va najot bo‘ladi. Kimki, uni vaqtida ado 
etmasa, uning uchun nur, hujjat va najot bo‘lmaydi hamda Qiyomat kuni u odam Qorun, Fir’avn, Homon va 
Ubay ibn Xalaf bilan birga bo‘ladi». (Imom Ahmad. Musnad. 2-j. 169-bet.)
 
   
Muso (a.s.) payg‘ambarlar orasida rasullik, nabiylik, ulul azmlik, kalimullohlik va sohibi Kitoblik fazilatlariga 
ega bo‘lgan buyuk payg‘ambar edilar. Alloh o‘z kalomida shunday deydi: 
 ﺎًّﻴِﺒَﻧ ﻻﻮُﺳَر َنﺎَآَو ﺎًﺼَﻠْﺨُﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ِبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻲِﻓ ْﺮُآْذاَو
)
٥١
(
 ِﺐِﻧﺎَﺟ ْﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻳَدﺎَﻧَو
 ﺎًّﻴِﺠَﻧ ُﻩﺎَﻨْﺑﱠﺮَﻗَو ِﻦَﻤْﻳﻷا ِرﻮﱡﻄﻟا
)
٥٢
(
 
«(Ey Muhammad,) ushbu Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi-
payg‘ambar edi. Biz unga Tur (tog‘i)ning o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holida 
(O’zimizga) yaqin etdik». (Maryam, 51-52.)
 
 
 َﻦِﻣ ْﻦُآَو َﻚُﺘْﻴَﺗﺁ ﺎَﻣ ْﺬُﺨَﻓ ﻲِﻣﻼَﻜِﺑَو ﻲِﺗﻻﺎَﺳِﺮِﺑ ِسﺎﱠﻨﻟا ﻰَﻠَﻋ َﻚُﺘْﻴَﻔَﻄْﺻا ﻲِّﻧِإ ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻳ َلﺎَﻗ
ﺎﱠﺸﻟا
 َﻦﻳِﺮِآ
)
١٤٤
(
 
«Ey Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz 
(tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo‘lgin!» -  dedi 
(Alloh)»(A’rof, 144.)
 
 
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: 
«Muso (a.s.) juda sharm-hayosi kuchli, o‘z badanlarini ochilib qolishidan qattiq uyaladigan zot 
edilar. Bani Isroil qavmidan ba’zi beodoblar Muso (a.s.) haqlarida bo‘lar-bo‘lmas ig‘volarni, Musoning 
badanida peslik, moxovlik yoki boshqa kasallik bor, degan mish-mishlarni tarqatar edilar. Alloh taolo 
bir kuni Muso (a.s.)ning pok ekanliklarini qavmlariga ko‘rsatib, mish-mishlarga barham berishni iroda 
qildi. Muso (a.s.) odamlarning ko‘zidan xoliroq joyga borib, kiyimlarini yechib, tosh ustiga qo‘ydilar va 
yuvinib g‘usl qildilar. Keyin kiyimlarini olib kiymoqchi bo‘lganlarida, tosh joyidan surilib, kiyimni olib 
qochdi. Muso (a.s.) qo‘llarida asolarini tutganlaricha: «Ey tosh, kiyimimni ber!» - deb toshning 
orqasidan quvib ketaverdilar. Shu borganlaricha, Bani Isroil qavmidan bir jamoa yig‘ilib turgan joyga 
yetdilar. Jamoa oldida tosh ham to‘xtadi. Muso (a.s.) esa shu yerda kiyimlarini kiyar ekanlar, qavm 
Muso (a.s.)ning badanlarini yalong‘och holda ko‘rib, Alloh yaratgan insonlarning eng chiroylisi ekaniga 
guvoh bo‘ldilar». (Buxoriy. “Sahih”. Muslim. “Sahih”. Ahmad. “Musnad”.) 
Alloh taolo bu haqda o‘zining oyati karimasida shunday bayon etadi: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
125
ي
َأﱠﺮَﺒَﻓ ﻰَﺳﻮُﻣ اْوَذﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟﺎَآ اﻮُﻧﻮُﻜَﺗ ﻻ اﻮُﻨَﻣﺁ َﻦﻳِﺬﱠﻟا ﺎَﻬﱡﻳَأ اَ
 ِﻪﱠﻠﻟا َﺪْﻨِﻋ َنﺎَآَو اﻮُﻟﺎَﻗ ﺎﱠﻤِﻣ ُﻪﱠﻠﻟا ُﻩ
 ﺎًﻬﻴِﺟَو
)
٦٩
(
 
«Ey mo‘minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular 
aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro‘li kishi edi». (Ahzob, 69.)
 
   
Muso (a.s.)ning Alloh huzurida ulug‘liklari shu darajada ediki, u kishining duolari sharofati bilan Alloh taolo 
birodarlari Horunni payg‘ambar va vazir qilib berdi: 
 ﺎًّﻴِﺒَﻧ َنوُرﺎَه ُﻩﺎَﺧَأ ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر ْﻦِﻣ ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَهَوَو
)
٥٣
(
 
«Biz unga O’z fazlimiz bilan birodari – Horunni payg‘ambar qilib berdik». (Maryam, 53.)
 
  
Imom Buxoriy rivoyatlarida Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) o‘ljalarni taqsimladilar. 
Bir odam kelib: «Bu taqsim Alloh roziligi yo‘lida adolat bilan bo‘lmadi» - dedi. Men uning gapini Rasululloh 
(s.a.v.)ga yetkazdim. Rasululloh (s.a.v.) qattiq g‘azablanganlaridan alomati yuzlarida aks etdi. Keyin dedilar: 
«Alloh taolo Musoni rahmat qilsin, unga bundan ham ko‘ra ko‘proq ozor berishardi, u hammasiga sabr qilardi». 
(Imom Buxoriy. “Sahih”. Termiziy. “Sunan”.)
 
 
Shunday qilib, Muso (a.s.) payg‘ambarlarning ulug‘laridan, shariatlari eng ulug‘ shariatlardan, ummatlari esa 
juda ko‘psonli edi. Ularning orasida podshohlar, amirlar, payg‘ambarlar, avliyolar, ulamolar, obidlar, zohidlar, 
donishmandlar va turli soha bilimdonlari bor edi. Shunga qaramay, ularning orasida itoatsizlik ko‘p bo‘ldi, Muso 
shariatini o‘zgartirdilar, natijada, Alloh taolo ularni ayanchli jazolar bilan jazoladi: ba’zilarini maymunga, 
ba’zilarini to‘ng‘izga aylantirib qo‘ydi. Shunda ham ular yomonlikni tark etmadilar, Alloh ularni bir necha bor 
zolim hukmdorlarga duchor qilib, ularning qatag‘oniga uchratdi. 
Ulug‘ sahobalar Ibn Abbos, Abu Molik, Abu Solih va Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.)lardan as-Sadiy rivoyat qilgan hadisda 
shunday deyiladi: «Alloh taolo Muso (a.s.)ga vahiy yuborib: «Men Horunni vafot ettirmoqchiman, falon joydagi toqqa olib 
keling!» - deb buyurdi. Muso (a.s.) Horun (a.s.)ni aytilgan joyga olib keldilar. U yerda bir ajoyib manzarali, go‘zal daraxtni 
ko‘rdilar. Uning yonida juda chiroyli qilib qurilgan uy bor edi. Uyning ichiga bir so‘ri qo‘yilgan bo‘lib, unga ozoda, yumshoq 
par to‘shaklar to‘shalgan edi. Uyning ichidan esa xushbo‘y, yoqimli hid taralardi. Horun (a.s.) toqqa nazar tashlar ekanlar, 
bu ajoyib daraxt, uy va so‘rini ko‘rib juda taajjublandilar va Muso (a.s.)ga dedilar: «Ey Muso, men shu yerda biroz uxlab 
dam olgim kelyapti» - dedilar. Muso (a.s.) ham rozilik bildirib: «Mayli so‘rida uxlab dam oling» - dedilar. Horun (a.s.): «Bu 
uyning egasi kelib menga g‘azab qilmasmikan?» - deb so‘radilar. Muso (a.s.): «Xotirjam uxlayvering, bu uyning egasi 
sizga g‘azab qilmasligiga men kafilman» - deb javob berdilar. Horun (a.s.): «Ey Muso, keling, birga uxlaylik, agar uy egasi 
kelib qolsa ham ikkovimizga barobar g‘azab qilsin!» - dedilar. Muso (a.s.) Horunning yoniga yotdilar va Horun (a.s.) shu 
yotganlaricha fanoga yo‘l oldilar. Horunning vafotlaridan so‘ng, uy ham, daraxt ham, so‘ri ham osmonga ko‘tarilib ketdi. 
Muso (a.s.)ning  yolg‘iz kelganlarini ko‘rgan qavm: «Muso Horunni o‘ldiribdi, bani Isroilning Horunni ko‘proq sevishi 
Musoning hasadini qo‘zg‘abdi» - degan ig‘volarni tarqatishdi. Bu ig‘voning xabari Muso (a.s.)ga yetganda, qavmni bir 
yerga jamlab turib: «Ey qurib ketgurlar, Men o‘zimning akamni o‘ldiramanmi?» - dedilar va ikki rakat namoz o‘qib, Allohga 
iltijo qildilar. Alloh taolo Horun (a.s.) yotgan so‘rini Yerga qaytarib, qavmga ko‘rinadigan joygacha tushirdi. Bani Isroil 
osmon bilan Yer o‘rtasida muallaq turgan, ustida Horun (a.s.)ning jasadlari yotgan so‘rini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar». (Ibn 
Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 322-bet.)
 
          
Imom Buxoriy «Sahih»larida shunday rivoyat qiladilar: «Abu Hurayra (r.a.) dedilar: «Muso (a.s.)ning umrlari 
nihoyasiga yetganda, Alloh taolo o‘lim farishtasi Azroilni qabzi ruh uchun yubordi. Muso (a.s.) Azroilni qabul 
qilmadilar va haydab yubordilar. Azroil (a.s.) Allohning huzuriga borib shikoyat qildilar va: «Ey Rabbim, meni 
yuborgan bandang o‘limni istamayapti» - dedilar. Alloh taolo dedi: «Muso (a.s.)ning huzuriga qaytib bor va 
unga ayt, u bir ho‘kizning terisi ustiga qo‘lini qo‘ysin, kaftiga qancha dona mo‘y sig‘sa, o‘shancha yil yana 
yashaydi». Azroil (a.s.) Muso (a.s.)ga borib shu gapni aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyinchi?» - deb 
so‘radilar. Azroil (a.s.): «Undan keyin o‘lim» - deganlarida, Muso (a.s.) taqdirga tan berdilar va baribir o‘lim haq 
bo‘lgandan keyin, o‘z vaqtidagisini tanladilar. 
Imom Ahmad «Musnad»ida rivoyat qilgan hadisda Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Azroil (a.s.) Muso 
(a.s.)ning huzurlariga kelib: «Rabbingizning da’vatini qabul qiling!» - dedilar. Muso (a.s.) Azroilni urib, ko‘zini 
chiqarib qo‘ydilar. Azroil (a.s.) Alloh huzuriga borib: «Bandang o‘lishni istamayapti, mening esa ko‘zimni urib 
chiqardi» - deb shikoyat qildilar. Alloh taolo Azroilning ko‘zini joyiga qo‘yib, keyin dedi: «Borib Musoga ayt. 
Agar u hayotni istasa, qo‘lini ho‘kizning ustiga qo‘yib, siqimlasin, qancha yung uning qo‘liga kirsa, shuncha 
yashaydi». Azroil borib Muso (a.s.)ga Allohning buyrug‘ini aytganlarida, Muso (a.s.): «Undan keyin nima 
bo‘ladi?» - deb so‘radilar. Azroil: «O’lim» - deb javob qilganlarida, Muso (a.s.): «Ey Rabbim, senga yaqin 
bo‘lganim ma’qul» - deb, o‘limga rozi bo‘ldilar. 
Muso (a.s.) qavmlari bilan qirq yil Tiyh vodiysida adashib yurdilar, Baytul muqaddasga kirish nasib etmadi. 
Muso (a.s.)ning umrlari nihoyasiga yetib borgan paytda Alloh taolodan, Baytul maqdisga kirish nasib bo‘lmasa 
ham, unga yaqinroq joyda qazo ettirishni iltijo qildilar.  

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
126
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 
«Agar men o‘sha yerda bo‘lganimda, sizlarga Muso (a.s.)ning qabrlarini ko‘rsatar edim. U zotning 
qabrlari «saxra» (muallaq tosh)dan bir o‘q yetar masofada, qizil rangli qum barxanlari orasidadir»
.  
Vahb ibn Munabbahdan rivoyat etilishicha, Muso (a.s.) bir to‘p farishtalarning qabr qaziyotganlarini ko‘rdilar. 
Qabr juda manzarali, fayzli ko‘rindi. Muso (a.s.): «Ey Allohning farishtalari, bu qabrni kim uchun 
qaziyapsizlar?» - deb so‘radilar. Ular: «Allohning bandalaridan bo‘lgan bir ulug‘ odam uchun. Agar o‘sha ulug‘ 
odam siz bo‘lishni istasangiz, marhamat qabrga kiring, uzala tushib yoting, Allohga tavajjuh qiling!» - deyishdi. 
Muso (a.s.) qabrga kirdilar va shu yerda yotgancha vafot etdilar. Farishtalar Allohning ulug‘ bandasi va 
payg‘ambarini dafn etdilar. 
Muso (as) 120 yoshlarida Tiyh sahrosida Baytul Muqaddas atrofida vafot etdilar, qabrlari ham o‘sha 
yerdadir. 
Muso (a.s.) qissalaridan dars va ibratlar 
Alloh taolo Muso (a.s.) va qavmlari bani Isroil haqida Qur’oni karimda juda batafsil ma’lumot bergan. Muso 
(a.s.)ning tavalludlaridan boshlab, to umrlarining oxirigacha hayotlari aks etgan oyati karimalarning ma’nolari 
va ularning hikmatlari haqida fikr yuritar ekanmiz, bu qissadan juda katta dars va ibrat olishimiz mumkin. 
Qissada Alloh taolo o‘zining qudratini ham, Fir’avn va uning tarafdorlari makriga munosib makrini ham, 
kutilmagan yerda bandalariga najot beruvchi mehribon Zotligini ham, bani Isroil qavmini qirq yil Tiyh vodiysida 
sargardon qilganidek qahrini ham namoyish etgan. Har bir kitobxon bu qissani o‘qir ekan, o‘ziga quyidagi 
ibratlarni olish mumkin: 
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling