Islomiyat tarixidir


َﻦﻴِﺤِّﺒَﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧَأ ﻻْﻮَﻠَﻓ


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana23.05.2020
Hajmi0.97 Mb.
#109398
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Payg'ambarlar tarixi islomiyat tarixidir


 َﻦﻴِﺤِّﺒَﺴُﻤْﻟا َﻦِﻣ َنﺎَآ ُﻪﱠﻧَأ ﻻْﻮَﻠَﻓ
)
١٤٣
(
َﻌْﺒُﻳ ِمْﻮَﻳ ﻰَﻟِإ ِﻪِﻨْﻄَﺑ ﻲِﻓ َﺚِﺒَﻠَﻟ
 َنﻮُﺜ
)
١٤٤
(
 ُﻩﺎَﻧْﺬَﺒَﻨَﻓ
 ٌﻢﻴِﻘَﺳ َﻮُهَو ِءاَﺮَﻌْﻟﺎِﺑ
)
١٤٥
(
 ٍﻦﻴِﻄْﻘَﻳ ْﻦِﻣ ًةَﺮَﺠَﺷ ِﻪْﻴَﻠَﻋ ﺎَﻨْﺘَﺒْﻧَأَو
)
١٤٦
(
 
“Bas, biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq 
daraxtini undirib qo‘ydik”. (Vas-soffot. 143-146.)
 
   
Alloh taolo o‘zining payg‘ambari Yunus (a.s.)ni nahang qornida uzoq muddat qolib, badanlari hilvirab, ochiq 
va issiq havoga chidamliligini yo‘qotgani uchun, to shifo topguncha ustiga soya tashlab tursin deb qovoq 
daraxtini undirib qo‘yganini bayon etadi.   
Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Yunus (a.s.) hech bir daraxt yoki maysa o‘smagan quruq sohilga chiqarib 
tashlandilar. Alloh taolo Yunusning ustiga qovoq daraxtini o‘stirdi». Abu Hurayra: «U qanday daraxt?» - deb 
so‘ralganda: «Alloh uni sutlik va mag‘izlik qilib yaratgan» - deb javob berdilar». 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Ba’zi olimlar aytadilar: «Alloh taolo qovoqni hikmat bilan yaratgan. Uning bargi o‘ta muloyim, soyasi qalin. Unga chivin 
yaqinlashmaydi, mevasini po‘sti va urug‘i bilan pishirib ham, xomicha ham yeyish mumkin. Uning inson salomatligiga 
foydasi katta. Bu daraxt mevasi insonlarga berilgan Allohning ulug‘ ne’matlaridandir». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 
218-219-bet.)
 
  
Yunus (a.s.)ni nahang yutishi voqeasining qachon bo‘lgani va u kishining kimga g‘azab qilib qochganlari 
haqida ulamolarning turli fikrlari mavjud. 
Yuqorida keltirilgan dalillardan, Yunus (a.s.) qavmlarining inkoridan g‘azablanib, Allohning iznisiz ulardan 
uzoq-uzoqlarga qochmoqchi bo‘lganlari va yo‘lda kemaga minganlaridan keyin jazo tariqasida nahang yutgani 
ma’lum bo‘ladi. 
Qur’oni karimning «Vas-soffat» surasi, 139–140-oyatlarining tarjimasida Shayx Abdulaziz Mansur ham shunday fikrni 
bildirgan
 
.  (A.Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 2001. 451-bet. Ibn Kasir tafsirida ham (3-j, 191-
bet), “Muxtasari tafsiri Tabariy”da ham (Anbiyo surasi, 87) Yunus (a.s.) qavmidan g‘azablangani yoziladi.)  
 َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا َﻦِﻤَﻟ َﺲُﻧﻮُﻳ ﱠنِإَو
)
١٣٩
(
 ِنﻮُﺤْﺸَﻤْﻟا ِﻚْﻠُﻔْﻟا ﻰَﻟِإ َﻖَﺑَأ ْذِإ
)
١٤٠
(
 
“Yunus ham albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki (o‘z qavmidan g‘azablanib) to‘la yukli kemaga qarab 
qochgan edi”. (Vas-soffot, 139-140-bet.)
 
 
U holda Yunus payg‘ambarni qavmiga yuborilgan va da’vat qilgandan keyin, ular unamagani uchun g‘azab 
qilgan va ulardan qochib ketayotganda nahang yutganligi tushuniladi. Bu fikrni Qur’oni karimning Yunus surasi, 
98-oyati
da aytilganidek, Yunusning qavmi tavba qilgani va imonga kelgani uchun, ularga hukm etilgan 
halokatdan najot topganligi ham tasdiqlaydi. 
Ba’zi olimlar esa, Alloh taoloning: 
«Zunnun-Yunusning g‘azablangan holda o‘z qishlog‘idan chiqib ketib, Bizni uning ziyoniga hukm 
qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u 
zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z 
jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - deb nido qilgan paytini eslang» - degan oyati karimasini 
dalil qilishib: «Yunus (a.s.) qavmiga emas, Allohga g‘azab qilib, uning buyrug‘iga itoat qilmagani va uning 
amrini bajarishdan qochganligi uchun Alloh uni nahangga yutdirish bilan jazoladi. Jazodan keyin esa, qavmiga 
borib, ularni da’vat qilib va imonga kelishmasa ularni azob kutishini aytganida, ularning hammasi imonga 
kelishgan», - deydilar.  
Tarixi Tabariyda keltirilishicha, Shahr ibn Havshab shunday rivoyat qiladi: «Jabroil (a.s.) Yunus (a.s.)ning 
yonlariga kelib: «Naynavo ahliga borib, ularga tushishi yaqinlashib qolgan jazodan qo‘rqiting!» - deb buyurdilar. 
Yunus (a.s.): «Men biror minadigan hayvon topayin, keyin boraman» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish 
shoshilinchroqdir» - dedilar. Yunus (a.s.): «Unday bo‘lsa tez yurar tuya topayin» - dedilar. Jabroil (a.s.): «Ish 
bundan ham shoshilinchroq» - dedilar. Yunus (a.s.)ning jahllari kelib, g‘azablandilar va kemaga borib o‘tirdilar. 
Kema oldinga ham, orqaga ham jilmay turib qoldi. Kemadagilar bir-birlari bilan kelishmovchilikka borishib, 
qur’a tashlashga kelishishdi va qur’a bo‘yicha Yunus (a.s.) suvga tashlandilar. Nahang Yunus (a.s.)ni yutib 
yubordi. Alloh tarafidan: «Ey nahang, biz senga Yunusni rizq qilib bermadik, balki seni unga qo‘rg‘on va masjid 
qilib qo‘ydik» - deb ovoz qilindi. Nahang Yunus (a.s.)ni qornida saqlaganicha dengizdan Dajla daryosiga chiqdi 
va u orqali Naynavoga olib borib tashladi».(Tarixi Tabariy, 1-j. 458-bet.)
 
   
Ibn Abbosning aytishlariga qaraganda ham, Yunus (a.s.)ning qavmga payg‘ambar etib yuborilishlari nahang 
qornidan chiqqandan keyin bo‘lgan. 
Ikkinchi toifa olimlarning aytishlariga qaraganda, Yunusni nahang yutishi qavmga da’vatlaridan keyin sodir 
bo‘lgan. 
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, aytadilar: «Alloh taolo Yunus (a.s.)ni qavmiga payg‘ambar etib 
yubordi. Qavm Yunus keltirgan dinni qabul qilishdan bosh tortdi va Yunusning da’vatini inkor etdi. 
Alloh taolo Yunus (a.s.)ga vahiy tushirib: «Men qavmingizni falon kuni jazolayman va halok etaman» - dedi. 
Yunus (a.s.) qavmlariga Allohning azobi tushadigan kunni aytib, o‘zlari u yerdan chiqib ketdilar. 
Payg‘ambarning chiqib ketganini ko‘rgan qavm, ularga azobning kelishi aniq ekanligini bilib qolishdi va butun 
qishloq aholisi bir-birlarini ogohlantirib, qishloqni tashlab, yalang bir joyga chiqishdi va Allohga tavba-tazarru’ 
qilishib, imon keltirdilar. Alloh va’id qilgan halokat to‘xtatildi. Yunus (a.s.) esa o‘tgan-ketganlardan qavmlarining 
sog‘-salomat ekanliklarini, ulardan azob ko‘tarilganini eshitib, qattiq g‘azablandilar va dedilar: «Ey Alloh! Men 
qavmim oldiga kazzob bo‘lgan holimda hech qachon qaytmayman! O’zingni yuborgan vahiying bilan men 
qavmga azob tushadigan aniq kunni aytgan edim. Endi esa men yolg‘onchi bo‘ldim». 
Allohga shunday itob qilib, yuzlarida g‘azab ifodasini ko‘rsatganlari va Parvardigorga gustohlik qilganlari uchun nahang 
qornida azob chekdilar». (O’sha manba, 459-bet.)
 
  
Yunus (a.s.) Allohning marhamati bilan o‘zlaridagi zaiflik bartaraf bo‘lgandan keyin, Alloh taolo yana vahiy yubordi va 
dedi: «Ey Yunus, o‘z shaharingga bor, o‘z qavming va qarindoshlaring huzuriga bor! Ularning barchasi imonga kelganlar 
va ularga imonlari naf etgan. Ular but va sanamlarga ibodat qilishdan qaytganlar. Ular hozirda sening qadringni bilib, 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
intizorlik bilan kutmoqdalar». (Muhammad Jodul Mavlo. Qur’on qissalari. Bayrut. 2000 y. 202-bet.)    
Yunus (a.s.) Naynavoga qaytib kelganlarida qavmlari yaxshi kutib oldilar va imon keltirdilar. Yunus (a.s.)ga 
hurmat bajo keltirib, aytganlariga itoat qildilar. 
 َنوُﺪﻳِﺰَﻳ ْوَأ ٍﻒْﻟَأ ِﺔَﺋﺎِﻣ ﻰَﻟِإ ُﻩﺎَﻨْﻠَﺳْرَأَو
)
١٤٧
(
 ٍﻦﻴِﺣ ﻰَﻟِإ ْﻢُهﺎَﻨْﻌﱠﺘَﻤَﻓ اﻮُﻨَﻣﺂَﻓ
)
١٤٨
(
 
«Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar qildik. Bas, ular (Yunusga) imon 
keltirdilar. So‘ng Biz ularni ma’lum bir muddatgacha bahramand etdik». (Vas-Soffat, 147-148.) 
Ibn Abbos (r.a.)ning aytishlaricha, Alloh taolo Yunus (a.s.)ni bir yuz o‘ttiz ming kishiga payg‘ambar etib 
yuborgan. 
Sa’id ibn Jubayrning fikricha, Yunus yuborilgan qavmning soni bir yuz yetmish mingta edi. 
Ubay ibn Ka’b Rasululloh (s.a.v.)dan «Biz uni yuz ming, balki undan ham ko‘proq odamga payg‘ambar 
qildik» - degan oyatning mazmuni haqida so‘radi. Rasululloh (s.a.v.): 
«Yuz mingdan ortig‘i yigirma ming edi»
 - deb javob berdilar. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 218-219-bet.)
 
 
Sa’d ibn Abu Vaqqos aytadi: «Rasululloh (s.a.v.): 
«Allohning duoga qo‘shib aytilsa ijobat bo‘ladigan, shu nom bilan so‘ralgan narsa beriladigan ismi 
Yunus ibn Mattoning qilgan duolaridir», 
- dedilar. Men Rasulullohdan: «Ey Allohning rasuli, bu duo Yunus 
(a.s.) uchun xosmidi yoki musulmonlar uchun umumiy duomi?» - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v.): 
«Bu duo Yunus (a.s.) uchun xos va musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan duodir. Alloh taoloning 
so‘zini eshitmaganmisan? U shunday degan:
  
 ﻻِإ َﻪَﻟِإ ﻻ ْنَأ ِتﺎَﻤُﻠﱡﻈﻟا ﻲِﻓ ىَدﺎَﻨَﻓ ِﻪْﻴَﻠَﻋ َرِﺪْﻘَﻧ ْﻦَﻟ ْنَأ ﱠﻦَﻈَﻓ ﺎًﺒِﺿﺎَﻐُﻣ َﺐَهَذ ْذِإ ِنﻮﱡﻨﻟا اَذَو
 َﻦﻴِﻤِﻟﺎﱠﻈﻟا َﻦِﻣ ُﺖْﻨُآ ﻲِّﻧِإ َﻚَﻧﺎَﺤْﺒُﺳ َﺖْﻧَأ
)
٨٧
(
 ﻲِﺠْﻨُﻧ َﻚِﻟَﺬَآَو ِّﻢَﻐْﻟا َﻦِﻣ ُﻩﺎَﻨْﻴﱠﺠَﻧَو ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَﺠَﺘْﺳﺎَﻓ
ﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
 َﻦ
)
٨٨
(
 
«Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan so‘ng qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar 
o‘zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat, men o‘z jonimga jabr qiluvchilardan bo‘lib qoldim», - 
deb nido qilgan paytini eslang. Bas, Biz uning duosini mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan 
qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz»(Anbiyo, 87-88.)
 
 
Kimki ushbu duo bilan Allohdan biror maqsadini so‘rasa, albatta beriladi. Chunki bu duo ismi a’zam duosidir. (Tafsiri 
Ibn Kasir. 3-j.193-bet.)
 
 
Sa’d ibn Abu Vaqqos yana bir rivoyatda aytadi: «Men masjidda Usmon ibn Affonning yonlaridan o‘tayotib 
salom berdim. Usmon (r.a.) ko‘zlarini mendan olib qochdilar va salomimga alik qaytarmadilar. Men xalifa Umar 
ibn Xattobning huzurlariga borib: «Ey mo‘minlarning amiri, islomda biror hodisa sodir bo‘ldimi?» - deb 
so‘radim. Xalifa Umar (r.a.): «Yo‘q! Nima uchun bunday deyapsan?» - dedilar. «Men Hazrat Usmonning 
yonlaridan o‘tayotib salom bersam, u kishi menga alik qaytarmadilar» - dedim. Xalifa Umar (r.a.) Usmonni 
chaqirtirdilar va: «Nima uchun sen birodaringning salomiga alik qaytarmading?» - dedilar. Hazrat Usmon (r.a.) 
rad etdilar va qasam ham ichdilar. Men ham da’voyimning rostligiga qasam ichdim. 
Hazrat Usmon darhol eslab qoldilar va: «Ey bo‘ldi, astag‘firulloh va atubu ilayhi. Sen mening yonimdan 
o‘tayotgan vaqtingda men Rasululloh (s.a.v.)dan eshitgan so‘zlarni eslab turuvdim. O’sha so‘zlar mening 
dilimni va ko‘zimni sendan to‘sib qo‘ygan ekan» - dedilar. Sa’d aytadilar: «Men sizlarga o‘sha so‘zlarni aytib 
berayin. Rasululloh (s.a.v.) bizga birinchi duo haqida gapirayotgan edilar. Bir a’robiy (arablarning cho‘lda 
istiqomat qiladigan dag‘al, to‘pori vakili)
 
kelib Rasulullohni gapga soldi va Rasululloh (s.a.v.) faromush bo‘lib, 
gaplarini tugatmasdan  o‘rinlaridan qo‘zg‘oldilar. Manzillariga kirib ketayotganlarida men qadamimni yerga 
qattiq urib, depsindim va Rasulullohni ogohlantirdim. Rasululloh (s.a.v.) menga o‘girilib qaradilar va: «Kim bu? 
Abu Ishoq! Ketmadingmi?» 
- dedilar. Men: «Yo‘q! Ey Allohning rasuli, siz birinchi duo haqida gapirayotgan 
edingiz. A’robiy kelib, sizni faromush qildi» - dedim. Rasululloh (s.a.v.):  
«Bu duo Zun-Nunning duosi bo‘lib, qaysi bir musulmon kishi shuni o‘qib duo qilsa, shubhasiz uning 
duosi ijobat bo‘ladi va tilagi beriladi» 
- dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira,  220-bet)
 
 
Yunus (a.s.) haqlaridagi biror manbada, u kishining umrlari qancha bo‘lgani aytilmagan. 
3-BOB 
Ommaviy halokatga hukm etilgan 
boshqa ummatlar 
Alloh taolo Baniy Isroilga Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib yuborgunicha va Musoga Tavrotni nozil qilgunicha, 
yuqorida aytib o‘tilgan Nuh, Od, Samud, Lut va Shuayb (a.s.)larning qavmlaridan tashqari yana bir necha 
qavm ommaviy jazoga uchragan va halok etilgan edi. Bu haqda Qur’oni karim shunday xabar beradi: 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
 ًﺔَﻤْﺣَرَو ىًﺪُهَو ِسﺎﱠﻨﻠِﻟ َﺮِﺋﺎَﺼَﺑ ﻰَﻟوﻷا َنوُﺮُﻘْﻟا ﺎَﻨْﻜَﻠْهَأ ﺎَﻣ ِﺪْﻌَﺑ ْﻦِﻣ َبﺎَﺘِﻜْﻟا ﻰَﺳﻮُﻣ ﺎَﻨْﻴَﺗﺁ ْﺪَﻘَﻟَو
 َنوُﺮﱠآَﺬَﺘَﻳ ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ
)
٤٣
(
 
«Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur, 
hidoyat va rahmat bo‘lgan Kitob ato etdik. Shoyad, ular eslatma olsalar!» (Qasos, 43.) 
Ibn Jarirning rivoyatiga qaraganda, Abu Sa’id al-Xudriy (r.a.) aytadi: «Alloh taolo Tavrot nozil bo‘lganidan keyin 
Yer yuzida biror qavmni osmondan yo Yerdan bo‘lgan ommaviy halokat bilan jazolamagan. Illo bir qishloq ahlini 
maymunga aylantirgan». (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-bet.)
 
 
Oyati karimaning mazmuni va rivoyat qilingan hadis dalolat qiladiki, qadimgi qavmlarning barchasiga (Nomlari 
sanab o‘tilgan payg‘ambarlarning ummatlaridan boshqa qavmlar.)
 
bo‘lgan ommaviy halokat Muso (a.s.)ning 
payg‘ambarliklaridan oldin sodir bo‘lgan. Ulardan biri «Ashobur-Rassi» qavmidir. 
3.1. «ASHABUR-RASSI» 
(Quduq egalari) 
«Quduq egalari» qavmi haqida Qur’oni karimning ikki surasida oyatlar nozil bo‘lgan. Biri «Furqon» surasida: 
 اًﺮﻴِﺜَآ َﻚِﻟَذ َﻦْﻴَﺑ ﺎًﻧوُﺮُﻗَو ِّسﱠﺮﻟا َبﺎَﺤْﺻَأَو َدﻮُﻤَﺛَو اًدﺎَﻋَو
)
٣٨
(
 ﻼُآَو َلﺎَﺜْﻣﻷا ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺑَﺮَﺿ ﻼُآَو
 اًﺮﻴِﺒْﺘَﺗ ﺎَﻧْﺮﱠﺒَﺗ
)
٣٩
(
 
«Od, Samud (qabilalarini) va «quduq egalarini»(Har ikki oyatning tarjimasida “Quduq egalari”ni Shayx Abdulaziz 
Mansur «Shuayb qavmi» deb izoh bergan. Bu izohda biroz chalkashlik bor.(muallif))
 
 hamda shu oradagi ko‘p 
avlodlarni  (eslang). Barchalariga masallar keltirdik va (gap kor qilmagach), barchalarini butunlay yo‘q qilib 
yubordik». (Furqon, 38-39.)
 
  
Ikkinchisi Qof surasida: 
 ُدﻮُﻤَﺛَو ِّسﱠﺮﻟا ُبﺎَﺤْﺻَأَو ٍحﻮُﻧ ُمْﻮَﻗ ْﻢُﻬَﻠْﺒَﻗ ْﺖَﺑﱠﺬَآ
)
١٢
(
 ٍطﻮُﻟ ُناَﻮْﺧِإَو ُنْﻮَﻋْﺮِﻓَو ٌدﺎَﻋَو
)
١٣
(
 ِﺪﻴِﻋَو ﱠﻖَﺤَﻓ َﻞُﺳﱡﺮﻟا َبﱠﺬَآ ﱞﻞُآ ٍﻊﱠﺒُﺗ ُمْﻮَﻗَو ِﺔَﻜْﻳﻷا ُبﺎَﺤْﺻَأَو
)
١٤
(
 
«Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi, «quduq egalari», Samud (qabilasi) inkor qilgan edilar. 
Shuningdek, Od (qabilasi), Fir’avn (qavmi), Lutning og‘a-inilari, daraxtzor egalari (Shuayb qavmi) va 
Tubba’ qavmi ham. Ularning barchalari payg‘ambarlarni inkor etishgach, mening va’dam (azobim 
ularga) muqarrar bo‘ldi». (Qof, 12-14.)
 
mazmunidagi oyatlardir. Bu oyatlarning mazmuniga qaraganda, 
boshqa qavmlar qatori «Quduq egalari» qavmi ham ommaviy jazo bilan halok etilganlar. 
Ibn Jarir at-Tabariyning aytishicha, «Quduq egalari» qavmi «Buruj» surasida aytilgan «olovli choh» («Olovli choh»  
Payg‘ambarimizdan oldin o‘tgan ummatlar ichida zolim podshoh buyrug‘i 6ilan  imonli kishilarga qattiq azob berilgani, axiri 
ular uchun qazilgan chohga zolimlarning o‘zlari qulagani, choh ichidagi olov mo‘‘minlarni emas, balki ularning o‘zlarini 
kuydirib yuborgani ibrat sifatida bayon etilmoqda. (Abdulaziz Mansur. Qur’oni Karim ma’nolarining tarjimasi. Toshkent. 
2001 y. 590-bet.)
 
egalaridir. «Olovli choh» voqe’asi Ibn Ishoq va ba’zi olimlarning fikricha, Iso (a.s.)dan keyin sodir 
bo‘lgan. Shunga ko‘ra, ikki oyatning mazmuni ham Ibn Jarirning fikrini rad etadi. 
Ibn Abbos (r.a.)ning fikricha, «Quduq egalari» Samud qabilasi yashagan qishloqlardan birining aholisidir. (Ibn Kasir. 
Qisasul-anbiyo. Qohira. 210-bet.)
 
 
Mufassirlardan Ikrima aytadi: «Quduq egalari» Yosin Ashoblari bo‘lib, ular Falaj(Falavja Furot daryosi 
sohilidagi qadimiy qishloq.(Al-Munjid)
 shahrida yashaganlar. 
Mufassirlardan Qatodaning fikricha, Falaj Yamoma qishloqlaridan biridir. 
Abu Hotim Ibn Abbosdan rivoyat qilishicha, «Quduq egalari» Ozarbayjondagi bir quduq voqeasida ishtirok etgan 
kishilardir. (Tafsiri Ibn Kasir. 3-j. 318-319-bet.)
  
 
Ikrimaning fikricha, Payg‘ambarlar dafn etilgan bir quduqning nomidir. 
Al-Hofiz «al-Kabir» kitobida, Abul-Qosim ibn Asokir «Tarix» kitobining avvalida shunday rivoyat keltiradi: 
«Ashobur-Rassi (Quduq egalari) Hazur degan makonda yashar edilar. Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvon 
ismli kishini payg‘ambar etib yubordi. Qavm Allohning payg‘ambarini inkor va takzib qildilar. Od qabilasining 
asoschisi bo‘lgan Od ibn Avs ibn Eram ibn Som ibn Nuh ham shu makonda yashar edilar. Od o‘z avlodlarini 
olib Rassdan chiqib ketdi va Ahqof nomli joyga joylashishdi. 
Rassda qolgan va payg‘ambarni takzib qilgan qavm esa ommatan halok etildi. 
Odning Jibrun ibn Sa’d ismli nabirasi o‘z odamlari bilan Damashq shahri o‘rniga joylashdi va shahar barpo 
etib, uni Damashq deb nomladi. Alloh taolo ularga Hud (a.s.)ni payg‘ambar qilib yubordi. Ular ham 
payg‘ambarga imon keltirmay halokatga uchradilar. 
Bu rivoyatdan chiqadigan xulosa shuki, «Ashobur-Rassi» halokati Od qavmi halokatidan uzoq muddatlar 
avval sodir bo‘lgan. (Ibn Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira, 210-bet.)
 
 

Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Abu Bakr Muhammad ibn Al-Hasan an-Naqqoshning rivoyatiga qaraganda, Ashobur-Rassi qavmining bir 
qudug‘i bo‘lib, qavm undan ichishar va yerlarini sug‘orishda ham foydalanishar edi. Qavmning bir chiroyli, 
odobli, adolatli podshohlari bor bo‘lib, qavm undan juda faxrlanishardi.  
Taqdirning taqozosi bilan podshoh olamdan o‘tdi. Qavm bu judolikka chidamay, qattiq motam va iztirobda 
bo‘ldilar. Bir necha kun o‘tgandan so‘ng, Iblis alayhil-la’na marhum podshohning suratiga kirib, qavm huzuriga 
keldi va: «Men o‘lmagan edim. Sizlarni sinab ko‘rish uchun bir necha kun g‘oyib bo‘ldim, xolos» - dedi. Qavm 
podshohlarining «o‘lmaganidan» juda xursand bo‘ldilar. 
Iblis ularni: «Men bilan orangizga parda tutib qo‘yinglar. Endi men abadiy o‘lmayman!» - deb aldadi. Qavm 
esa bu aldovga uchib, «abadiy o‘lmaydigan podshoh»ga sig‘ina boshladilar. 
Alloh taolo ularga Hanzala ibn Safvonni payg‘ambar qilib yubordi. U, parda orqasida o‘tirgan va qavmni 
o‘ziga ibodat qilishga chorlagan odam qiyofasidagi Iblis ekanligini, unga emas, balki yolg‘iz Allohga ibodat 
qilish lozimligini aytib, qavmni imonga da’vat qildi.  
Kofir qavm esa Allohning payg‘ambariga itoat etish, Iblisdan yuz o‘girish o‘rniga, payg‘ambarga dushmanlik 
qildilar va uni o‘ldirib, quduqqa tashladilar. 
Ana shundan so‘ng, ularni sug‘orib, bog‘larini yashnatib turgan quduq suvi to‘xtadi, suvsizlikdan bog‘lar, ekinlar quridi 
va nihoyat odamlar ham tashnalikdan xarob bo‘ldilar. Obod shahar vayron bo‘lib, odamlar o‘rnini jinlar va vahshiy 
hayvonlar egalladi. Insonlarning shodlik qichqiriqlari o‘rnini vahshiy hayvonlarning o‘kirishlari qopladi. (Ibn Kasir. Qisasul-
anbiyo. Qohira, 211-bet.)
 
 
Ibn Jarir at-Tabariy Ibn Ishoq orqali Muhammad ibn al-Quraziydan shunday hadis rivoyat qilgan: 
«Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar:  
«Qiyomat kuni jannatga birinchi kiradigan odam qora quldir».
 
Buning sababi shuki, Alloh taolo bir qishloqdagi qavmga payg‘ambar yubordi. Qavm payg‘ambarga 
unamay, bo‘yin tovladilar. Illo bir qora qul Allohning payg‘ambarini haq bilib, unga imon keltirdi. Qavm esa 
payg‘ambarning oyoq-qo‘lini bog‘lab, quduqqa tashladilar va ustiga hech kim ko‘tara olmaydigan og‘ir toshni 
qo‘yib bekitib tashladilar. Qulay fursatni topib, qora qul quduq boshiga keldi va ko‘p mashaqqatlar bilan toshni 
surib, payg‘ambarning ustini ochdi, unga suv va taom berdi. Shu tariqa har kuni qora qul o‘tin terib sotib, uning 
puliga taom sotib olib kelib, payg‘ambarning holidan xabar olib turdi. Bir kun yana o‘tin terib kelish uchun 
dalaga chiqdi. O’tinni yelkasiga ko‘tarib jo‘nashdan avval biroz dam olmoqchi bo‘ldi va yerga uzala tushib yotdi. 
Alloh taolo u qora qulni uxlatib qo‘ydi va shu yotganicha yetti yil yotdi. Uyqudan uyg‘onib ikkinchi yonboshiga 
o‘girildi va yana yetti yil shu yotganicha uxlab qoldi. O’n to‘rt yildan keyin o‘rnidan turib, o‘zini biroz uxlab dam 
olgan hisoblab, o‘tinni bozorga olib borib sotdi va odaticha payg‘ambarga yeyish uchun taom sotib oldi. 
Taomni ko‘tarib quduq yoniga keldi, lekin u quduqdan payg‘ambarni topa olmadi. Chunki, qora qul uxlab 
yotgan vaqtda qavmga Alloh insof berib, qilmishlariga afsus chekib, tavba qilish uchun payg‘ambarning yoniga 
borgan va uni quduqdan chiqarib, uzr-ma’zur aytishib, imonga kelgan edilar. 
Payg‘ambar darhol qora qulni so‘radilar. Lekin qavm uni topa olishmadi. Qora qul uyqudan uyg‘onganda 
esa, Alloh taolo payg‘ambarning ruhini qabz qilgan edi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.):  
«Ana shu qora qul jannatga kiruvchilarning birinchisidir» 
- dedilar. 
Mazkur hadisni rivoyat qilgan Ibn Jarir o‘zini-o‘zi rad etadi va shunday deydi: «Qora qul oralarida mavjud bo‘lgan qavm 
Qur’onda zikr etilgan «Ashobur-Rassi» qavmi bo‘lishi mumkin emas. Chunki, u qavm keyinroq payg‘ambarga imon 
keltirgani va itoat etgani aytib o‘tildi. Alloh taolo Qur’onda esa «Ashobur-Rassi» qavmini butunlay halok qilganini bayon 
etib turibdi. (Tafsiri Ibn  Kasir. 3-j. 319-bet.)
 
 
3.2.  YOSIN QAVMI 
Alloh taolo ommatan azob yuborib, halokatga uchratgan yana bir qavm haqida Qur’oni karimning Yosin 
surasida bayon qiladi: 
 َنﻮُﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا ﺎَهَءﺎَﺟ ْذِإ ِﺔَﻳْﺮَﻘْﻟا َبﺎَﺤْﺻَأ ﻼَﺜَﻣ ْﻢُﻬَﻟ ْبِﺮْﺿاَو
)
١٣
(
 ِﻦْﻴَﻨْﺛا ُﻢِﻬْﻴَﻟِإ ﺎَﻨْﻠَﺳْرَأ ْذِإ
َﺳْﺮُﻣ ْﻢُﻜْﻴَﻟِإ ﺎﱠﻧِإ اﻮُﻟﺎَﻘَﻓ ٍﺚِﻟﺎَﺜِﺑ ﺎَﻧْزﱠﺰَﻌَﻓ ﺎَﻤُهﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ
 َنﻮُﻠ
)
١٤
(
 َلَﺰْﻧَأ ﺎَﻣَو ﺎَﻨُﻠْﺜِﻣ ٌﺮَﺸَﺑ ﻻِإ ْﻢُﺘْﻧَأ ﺎَﻣ اﻮُﻟﺎَﻗ
 َنﻮُﺑِﺬْﻜَﺗ ﻻِإ ْﻢُﺘْﻧَأ ْنِإ ٍءْﻲَﺷ ْﻦِﻣ ُﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا
)
١٥
(
 َنﻮُﻠَﺳْﺮُﻤَﻟ ْﻢُﻜْﻴَﻟِإ ﺎﱠﻧِإ ُﻢَﻠْﻌَﻳ ﺎَﻨﱡﺑَر اﻮُﻟﺎَﻗ
)
١٦
(
 ﺎَﻣَو
Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling