3.2 C vitmining tabiiy manbalari
C vitamini manbayi sabzavot mahsulotlari hisoblanadi. Lekin bu vitamin hayvon mahsulotlarida ham ko‘p miqdorda uchraydi. Quyida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi C vitaminini mg % hisobidagi miqdori bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. O‘simlik mahsulotlaridan na’matakda ‒ 1500;
pomidorda ‒ 40; yerqalampirida ‒ 250; ismaloqda ‒ 50; gilosda ‒ 15; qulupnayda ‒ 60; smorodinada ‒ 300; malinada ‒ 30; apelsinda ‒ 40; yong‘oqda ‒ 1200; 203 yozda nina barglilarda ‒ 100; qishda nina barglilarda ‒ 250; olma qishda ‒ 30; ko‘k piyoz qishda ‒ 60; turp qishda ‒ 23; hayvon mahsulotlari: jigar qishda ‒ 25-40; go‘sht qishda ‒ 2-10; sut qishda ‒ 1; qimiz qishda ‒ 20 mg % uchraydi. Voyaga yetgan odamning C vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyoji, mehnatining intensivligi va tabiatiga bog‘liq holda 50-100 mgni tashkil qiladi. Homilador ayollar va emizikli onalar uchun bir kunlik talab 100-150 mgni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |