Islomning bag`rikenglik (tolerantlik)
Download 19.96 Kb.
|
FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afvni
“Islomning bag`rikenglik (tolerantlik)” to`g`risidagi ta`limotini izohlab bering: Avvallo, bag‘rikenglik so‘zining lug‘aviy va istilohiy ma'nolariga to‘xtalib o‘tsak. Bag‘rikenglikning lug‘aviy ma'nosi o‘zganing sizga unchalik yoqmaydigan jihatiga sabr va toqat qilishdir. “Bag‘rikenglik” (“tolerantlik”) so‘zi deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag‘rikenglik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma'nolarga ega deyish mumkin. Bag‘rikenglik Islom shariatining eng ulkan maqsadlaridan biri bo‘lib, u yetib borgan yerlarda Islomning tarqalishi va boqiy qolishiga ta'sir qilgan. Musulmonlarning boshqalar bilan munosabatlaridagi asosiy tamoyil tinchlikparvarlik, kechirimlilik va bag‘rikenglik desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Islom dinida musulmonlarning boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikenglik tamoyillariga asosan munosabatda bo‘lishi belgilab berilgan va har bir inson dini, irqi, millatidan qat'iy nazar mukarram ekanligi qayd etilgan: “Darhaqiqat, (Biz) Odam farzandlarini (aziz va) mukarram qildik”, deyilgan (Isro surasi 70-oyat). Qur'oni Karim oyatlarida ham, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham, boshqa din va e'tiqod vakillariga bag‘rikeng bo‘lish haqida ko‘plab ko‘rsatmalar mavjud. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari bu borada ularning haqlariga rioya qilishning oliy namunasini ko‘rsatib, ummatni ham ana shu yo‘ldan borishga da'vat qilganlar. Aksincha qaysi bir inson oralarida o‘zaro tinchlik shartnomasi bo‘lgan kishini joniga qasd qilsa, uning oqibati yomon bo‘lishidan ogohlantirganlar. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib dedilar: “Kim ahdlashilgan boshqa din vakilini o‘ldirsa jannat hidini ham hidlamaydi. Vaholanki jannatning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi”. Alloh taolo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi: “Afvni (qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o‘giring!”. Ulamolarimiz “afv” so‘zini “bag‘rikenglik bilan o‘zgalarning uzrini qabul qilish, og‘irlikni o‘ziga olib, boshqalarga yengillik baxsh etish” deya izohlagan ekanlar. Mazkur oyat nozil bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomdan uni sharhlab berishni so‘ragan ekanlar. Shunda Jabroil (a.s.): “Alloh taolo Sizga zulm qilgan kishini Siz afv eting, Sizga bermagan kishiga Siz bering, Sizdan uzilib ketgan kishiga Siz yaqinlashing!”, demoqda – degan ekanlar. Yana bir misol, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga bir guruh ansoriylar kelib, “Ey Allohning Rasuli! Saqif qabilasi hidoyatga kirmayapti, ularni duoibad qiling” deyishganida u zot alayhissalom “Allohumma, ihdi Saqifa” – “Allohim, Saqifni hidoyat qil”, dedilar. Ansoriylar yana “Ey Allohning Rasuli! Ularni duoibad qiling” deyishdi. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana “Allohim! Saqifni hidoyat qilgin” dedilar. Uchinchi marotaba so‘rashganda ham shu duoni qildilar. Mana, bag‘rikenglikning yorqin namunasi. Payg‘ambarimiz alayhissalomning bu muborak duolari ijobat bo‘lib, ana shu Saqif qavmidan keyinchalik buyuk zotlar, ulug‘ ulamolar yetishib chiqdi. Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Payg‘ambar alayhissalom rafiqul a'loga intiqol qilganlarida, ya'ni vafot qilishlaridan oldin bir yahudiyga o‘z sovutlarini garovga berib, undan 30 so' arpa sotib olgan ekanlar. Oisha onamiz roziyallohu anho mana shu voqeani u zotning bag‘rikenglik borasida o‘z ummatlariga ko‘rsatgan eng katta ta'limlari, deganlar. Darhaqiqat, Payg‘ambar alayhissalomga qarz beradigan sahobalar yo‘qmidi? Sahobai kiromlar hazrati Payg‘ambar alayhissalom uchun qarz tugul, mol-dunyo tugul jonlarini berishga ham tayyor edilar. Nihoyatda boy-badavlat sahobalar bor edi, butun boshli qo‘shinni qurol-yarog‘, ulov bilan jihozlagan, kiyim-bosh, oziq-ovqat bilan ta'minlagan sahobalar, hazrati Usmon kabi butun boshli bog‘larni, quduqlarni sotib olib, musulmonlarga vaqf qilib bergan sahobalar juda ko‘p edi. Lekin nima uchun Payg‘ambar alayhissalom g‘ayriddindan, yahudiydan ozgina arpani garov evaziga qarzga olyaptilar? Nima uchun zimmalarida qarz qolgan holda rafiqul a'loga intiqol qilyaptilar? Bularning barchasi Azizul Hakim Alloh taoloning cheksiz hikmatidir. Bu Islom ummatiga o‘ziga xos ta'limdir, ya'ni boshqa din, boshqa mamlakat, boshqa millat vakillari bilan ham ana shunday muomala qilish durustligini o‘rgatishdir. Demak, musulmon odam o‘zi yashayotgan jamiyatda har qanday inson bilan qo‘ni-qo‘shni bo‘lib yashashi, savdo-sotiq, oldi-berdi qilishi, ular bilan bordi-keldi qilishi mumkin ekan, do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishi joiz ekan. Download 19.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling