Ismailova T. S., Haydarov B


Download 1.88 Mb.
bet13/14
Sana06.12.2020
Hajmi1.88 Mb.
#161010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Menejment asoslari

Partiya – so’zi lotincha, «pars» – «qism», «guruh» so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, u yoki bu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, qatlamlarning bir qismini, odatda ularning ilg’or va eng faol qismini birlashtiradigan siyosiy tashkilotni anglatadi.

Partiyalar shakllanishining uch yo’li: «Yuqoridan» shakllanish yo’li parlament guruhlari siyosiy elita, partiya byurokratlari faoliyatlari asosida amalga oshirilishi mumkin. «Quyidan» shakllanish ijtimoiy harakatlar yoki aniq mafkura, yetakchi tarafdorlarining birlashuvlari asosida bo’lishi mumkin. Partiya shakklanishining «aralash» usuli elitar guruhlar va oddiy fuqarolarning birgalikdagi harakatlari asosida ro’yobga chiqadi.

Preferensiya – iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.

Proteksionizm – davlatning xorij raqobatidan ichki bozorni himoya qilish siyosati, mamalakatga olib kelinayotgan tovarlarga yuqori bojlar belgilaydi, ayrim tovarlarni olib kelish cheklanadi yoki umuman taqiqlanadi.

Pudrat – shartnoma yoki xo’jalik yuritishning bir turi. Bir tomonning ikkinchi tomon talabiga ko’ra belgilangan ishni bajarishi to’g’risidagi shartnoma.

Pul - kredit siyosati – davlat tomonidan iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui.

Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.

Rekonstruksiya (qayta tiklash) - faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski sexlar o’rniga yangi sexlarni qurishga ruxsat beriladi.

Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.

Referendum – lotincha so’z bo’lib, davlat va jamiyat hayotining eng muhim masalalarini xalq maslahatiga taqdim etish, umumxalq ovoziga qo’yish degan ma’noni bildiradi.

Saylov tizimi – huquqiy me’yorlarda mustahkamlab qo’yilgan, shuningdek, davlat va jamiyat institutlari faoliyatlari tajribasida shakllangan, vakillik organlari yoki ayrim rahbarlik lavozimiga saylashni o’tkazish va tashkil etishga doir tartibotdir. Saylovlar tizimi – siyosiy tizimning tarkibiy qismidir.

Saylov huquqi – ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi, saylovni tashkil etish va o’tkazishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig’indisidir; ikkinchi ma’nosi fuqarolarning saylov huquqi, ya’ni ovoz berish, saylanish, saylov davrida va boshqa tadbirlarda ishtirok etishdir.

Saylovlar – muhim demokratik institut bo’lib, xalqning xohish-irodasini ifodalashning asosiy shakllaridan biridir. Xalqning davlat va jamiyatni boshqarishdagi ishtiroki, asosan, saylovlar orqali amalga oshiriladi. Shu ma’noda, mamlakatning jahon maydonidagi obro’-e’tibori, ko’p jihatdan, saylov tizimining ochiqligi va demokratikligi bilan belgilanadi.

Sal’do - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati (savdo balansi sal’dosi), xorijiy to’lovlar va tushumlar (to’lov balansi sal’dosi) o’rtasidagi farq.

Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o’zaro uyg’unlashtirilgan chora-tadbirlari majmui.

Sektor – institutsion birliklar yig’indisi bo’lib, ularning maqsadi, moliyalashtirish manbalari va funksiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy huquqi ham o’xshashib ketadi.

Servis – jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat ko’rsatish; ishlab chiqarish-texnika maqsadlarida mahsulotlarni, moddiy-maishiy, xo’jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan xizmat ko’rsatish sohalari.

Siyosiy partiya – ijtimoiy sinf, tabaqa va guruhlarning tub manfaatlarini o’z faoliyatida ifoda etuvchi, ularni muayyan maqsad – manfaatlarini himoya qilish uchun kurashga qaratilgan siyosiy tashkilotdir.

Siyosiy tizimning tarkibi - avvalo siyosiy hokimiyatning faoliyat ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy tashkilotlar, muassasalar kiradi. Ularning siyosiy hayotga, hokimiyatni amalga oshirishga jalb etilganligiga qarab uch turdagi tashkilotga ajratish mumkin

Soliq imtiyozi – soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to’lashdan to’liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli.

Soliq krediti – byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasini ma’lum muddatga kechiktirish, bo’lib-bo’lib to’lash yoki soliqni qaytarish shakli.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi – kichik biznes subyektlarini rag’batlantirish maqsadida qo’llaniladigan soliqqa tortish tartibi.

Soliq stavkasi – soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir birligi hisobiga to’g’ri keladigan soliq me’yori.

Soliq yuki – soliq to’lovchilarning muayyan davrda byudjetga to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig’indisidir. Mamlakat miqyosida muayyan davrdagi barcha to’langan soliqlar va yig’imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i ham soliq yukini ifodalaydi.

Soliq yukini yengillashtirish – soliqlarning foiz stavkalari kamaytirish va imtiyozlar yaratish.

Soliqlar – belgilangan va muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlari tushuniladi.

Soliqlarni unifikatsiya qilish – soliq mexanizmini soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa tortish ob’ekti o’xshash bo’lgan soliq turlarini birxillashtirish.

Talab – xaridor, iste’molchilarni bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi, bozorga olib chiqilgan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlar.

Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha xarajatlarning qiymati.

Tarkibiy o’zgarishlar – milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda o’zgartirib borish. Tarkibiy o’zgarishlar o’z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish, ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi.

Tashqi qarz – mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.

Tashqi nodavlat qarzlar – mamlakatdagi xususiy shaxslar (moliya muassasalari, korxonalar va aholi) tomonidan boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy mablag’larining jami hajmi.

Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.

Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko’zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.

Telekommunikatsion infratuzilma – kompaniyaning telekommunikatsion infratuzilmasi – bu turli axborotlarni: avtomatlashgan boshqaruv tizimlari ma’lumotlari, elektron xabarlar, internet-grafika, turli fayllar hamda «ovoz» va video ko’rinishidagi axborotlarni uzatish vazifasini hal qiluvchi o’zaro aloqador tizimchalar majmuasidir.

Telekommunikatsiya – simli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlardan foydalanib signal, belgi, matn, tasvir va tovushlarni yoki boshqa ko’rinishdagi axborotni uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish jarayoni. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ma’lumotlarni masofadan uzatish jarayoni.

Tijorat banklari – sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar.

Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasi.

To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar – bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli kapital qo’yilmalar kiritish. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish imkonini beradi.

To’lov balansimuayyan muddat davomida mamlakatning chet ellarga to’lagan va xuddi shu davr mobaynida mamlakatga chet eldan tushgan to’lovlar summalari nisbatini tavsiflaydi. To’lov turkumiga tashqi qarz, uning foizi, chetdan olingan tovarlar va xizmatlar haqi, xorijiy investitsiyalar, xorijda diplomatik ishlarni, iqtisodiy aloqalarni yuritish xarajatlari, fuqarolar va qo’shma korxonalarning chet elga pul o’tkazmalari va boshqalar kiradi.

Uzoq muddatli depozitlar – jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklariga bir yildan ortiq muddatga qo’yilgan pul ko’rinishidagi jamg’arma va omonatlar.

Unifikatsiya – turli xildagi mahsulotlar, detallar, uzellar va boshqa qo’llaniladigan materiallar va texnologik jarayonlarni ratsional jihatdan bir xilligini ta’minlash.

Uyali aloqa – uyali tarmoqqa asoslangan mobil radioaloqaning bir turi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitusiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko’radi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi – fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov ishlarini yurgizish borasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Oliy sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va respublikaning barcha hududida bajarilishi majburiydir.

O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi – xo’jalik sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.

O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasa bo’lib, faoliyatining asosiy maqsadi iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo’yicha loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. Bugungi kunda mazkur fondning jamg’armasi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi.

Fermer xo’jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.

«Fitch Reytings», «Mudis», «Standart end Purs» xalqaro reyting kompaniyasi – faoliyati banklar, moliyaviy institutlar, investitsiya va aksionerlik kompaniyalarining kredit layoqatini o’z vaqtida va aniq baholashga yo’naltirilgan xalqaro reyting agentliklari.

Fond bozori – qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.

Fuqarolik jamiyati – Konstitusiyaviy huquq nazariyasida ijtimoiy hayotning huquq va demokratiyaga asoslangan zaruriy va oqilona usuli, insonga uning iqtisodiy va siyosiy borliqning shakllarini erkin tanlash huquqi kafolatlanadigan, inson huquqlari qaror topadigan, mafkuraviy plyuralizm ta’minlanadigan ijtimoiy tuzum.

Fuqarolik jamiyati institutlari – jamiyatda qaror topgan nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ular muayyan ijtimoiyiqtisodiy, ma’naviy va siyosiy faoliyatni amalga oshiradilar.

Fuqarolik mas’uliyati – jamiyatning demokratik rivojlanishi jarayonida erishgan yutuq va muvaffaqiyatiga fuqarolarning ongli munosabati, yutuqlarni yanada ko’paytirish va ulardan foydalanishda faol qatnashishi.

Xalqaro valyuta jamg’armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta jamg’aramasi – a’zo davlatlar o’rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va ularga to’lov balansining kamomadi bilan bog’liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo’li bilan moliyaviy yordam ko’rsatish uchun mo’ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o’z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.

Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o’zlarining faoliyat maqsadlari yo’nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.

Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo’natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat hududidan tashqarida bo’lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita xalqaro tranzit hisoblanadi.

Xizmat ko’rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko’rinishga ega bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan sohalari. U o’z ichiga moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.

Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda ko’proq investitsiyalar degan sinonim termin qo’llaniladi, to’g’ridan - to’g’ri investitsiyalar, real investitsiyalar va asosiy kapital kabi terminlar ham qo’llaniladi.



Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.

Xususiy tashkilotlar – demokratik davlatlarda, individuallar va xususiy tashkilotlar mustaqil ish yuritishga harakat qiladi. Masalan, ro’znoma va oynomalar xususiy tarzda boshqariladi. Davlat maktablari bilan xususiy maktablar ham faoliyat ko’rsatadi. Ko’plab korxonalar xususiy tarzda boshqariladi. Britaniya, Shvetsiya va ko’plab davlatlarda (ya’ni demokratik davlatlarda) sanoat va xizmat ko’rsatishning ayrim tarmoqlariga davlatning o’zi egalik qiladi. Totalitar davlatlarda esa hukumatning o’zi aksariyat uyushmalar va tashkilotlarni shakllantiradi va nazorat qiladi. Bu davlatlarda odamlar davlatning ruxsatisiz biror-bir guruhga birlasha ham olmaydilar.

Shaxsiy daromad – jismoniy shaxslarning soliq to’lagunga qadar daromadi.

Shaxsni muntazam kamol toptirish – fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim sharti va tarkibiy qismi. Shaxsni rivojlantirish jarayonlari insonning salohiyat va maqsadlarini ro’yobga chiqarish borasida nafaqat davlat, jamiyat ta’siri, balki shaxsning o’z sa’y-harakatlarini faollashtirishni ham taqozo etadi.

Eksport – tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish.

Emissiya – qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan muomalaga chiqarilishi, barcha shakldagi pul belgilarini muomalaga chiqarish.

Erkin industrial - iqtisodiy zona – mamlakat hududining xorijiy mamlakatlar tomonidan turli shakllardagi hamkorlikdagi tadbirkorlik bilan shug’ullanishlari uchun ruxsat etilgan qismi. Mazkur zonalarda maxsus imtiyozli shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliqlar, bojxona to’lovlari, ijara, viza olish, valyuta ayirboshlash, mehnatga yollashning qulay tartiblari belgilangan bo’ladi.

Erkin saylovlar – xalqqa o’z liderlarini tanlash huquqini hamda liderlar va xalqqa o’z fikrlarini bahsli masalalarda erkin bildirish huquqini beradi. Saylovlarda saylangan shaxslar chindan ham xalqning vakillari ekanligiga ishontirish uchun vaqti - vaqti bilan uchrashuvlar o’tkazib turadilar. Saylanish imkoniyati bunday vakillarni xalq fikr irodasiga e’tibor berishlarini kafolatlash uchun ko’mak bo’ladi.

Yagona soliq to’lovi – kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida turli soliq va yig’imlar o’rniga soddalashtirilgan tartibda to’lanadigan soliq.

Adabiyotlar ro’yxati:

1. O’zbekiston Respublikasi Qonunlari

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 2008.-40 b.

2.“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 4 apreldagi O’RQ-28-son Qonuni.

3.“Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar soni qisqartirilganligi hamda tekshirishlar tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hajjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining 2006 yil 23 martdagi O’RQ-26-son Qonuni.

4.O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxonalar to’g’risida” gi Qonuni. 2003 yil 16 sentyabr.

5.O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Ta’lim to’g’risida”. 1997 yil 29 avgust.

6.O’zbekiston Respublikasi Qonuni. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”. 1997 yil 29 avgust.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaror va Farmonlari

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturi to’g’risida. 2007 yil 24 yanvar’.

2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”. 2006 yil 5 yanvar.

3.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo’nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”. 2005 yil 14 iyun.

4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”. 2005 yil 11 aprel.

5.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasini tashkil etish to’g’risida”. 2005 yil 30 aprel.

6.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. 2005 yil 20 iyun’.

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari

1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Tovar xom-ashyo birjalar faoliyatini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”. 2004 yil 1 iyun.

2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”. 2003 yil 2 may.

3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida”. 2003 yil 3 iyun.

4.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”. 2003 yil 19 aprel.

5.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. “Oliy o’quv yurtlaridan to’lov-kontrakt asosida o’qish uchun ta’lim kreditlari berish to’g’risida”. 2001 yil 26 iyul.



4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari

1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 1996. 364 b.

2. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo’lidan. 4 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 1996. 349 b.

3. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5- jild. – T.: “O’zbekiston”, 1997. 384 b.

4. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. 7 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 1999. 410 b.

5. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8 - jild. – T.: “O’zbekiston”, 2000, 523 b.

6.Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 2001, 432 b.

7. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l – demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 2003. 320 b.

8. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. 14 jild. – T.: “O’zbekiston”, 2006. 280 b.

9. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir.

15 – jild. – T.: “O’zbekiston”, 2007. 320 b.

10. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. - T.: “O’zbekiston”, 2009. 22 b.

11. Karimov I.A. Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. - T.: “O’zbekiston”, 2009. 56 b.

12. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Xalq so’zi, 30.01.2010 y.

13. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.Xalq so’zi, 12.11.2010 y.

14. Karimov I.A.Bizning yo’limiz – demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizasiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo’lidir. Xalq so’zi,8.12.2011 y.

15. Karimov I.A. O’zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. T., 2011 y.

16. Karimov I.A. 2012 – yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi. Xalq so’zi, 20.01.2012 y.



5. Darsliklar

1. Sharifxo’jaev M. va b. Menejment. T. 2001. 778 b.

2.Menedjment: Kratkiy kurs / Avt, - sost. M.I. Basakov. – 3-e., ispr. I dop. – M: «Dashkov i K», 2010. – 148 s.

3.Ivan’kov A.E., Ivan’kova M.A. Menedjment: uchebniy minimum. –M.: «Yurisprudensiya», 2011.-32s.

4.Menedjment: uchebnoy posobiy / kol. avtorov; pod red..M.L.Razu.- M.2011-320 s.

5.Polukarov V.L. Osnoviy menedjmenta: ucheb. posob. -2-e izd., perer. –M.: K 2010.-240s.

6.Lamben Jan -Jak. Menedjment, orientirovanniy na rinok / Perev. s angl. pod red. V. B. Kolchanova.- Spb.: Piter, 2011.-800 s.

6. O’quv qo’llanmalar

1.Shodiev T.Sh. va boshqalar. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar.T.,2010.-159 b

2.Shodmonova G. Iqtisodiy- matematik usullar va modellar. T., 2011. – 183 b.

3..Abdullaev A.M. va boshqalar. Prognozirovaniy i modelirovaniy nasional’noy ekonomiki. Uchebnik.T., 2010. – 575 s.

4.Sfera uslug: ekonomika, menedjment, marketing. Praktikum: uchebnoeyposobiy / kol avtorov; pod red. T.D. Burmenko. – M.: KNORUS, 2011. – 424 s.

5..Shemetov P.V. Teoriya organizasii: ucheb. posobie dlya studentov vuzov, obuchayushixsya po spesial’nosti «Menedjment organizasii» / P.V. Shemetov, S.V. Petuxov. – 5-e izd., ispr. – M.: Izdatel’stvo «Omega - L», 2010. – 274 s.: il.

6. Rahimova D.N. va boshq.Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. T. 2009. 782 s.

11.Ishmuxamedov A.E. va boshqa. “Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari”. T.: 2009.

12.Yo’ldoshev Z. Milliy iqtisodiyot. T.: Toshkent moliya instituti. 2009.

7. Ilmiy monografiyalar, maqolalar

1.Bekmurodov A.Sh. va boshqalar. O’zbekiston iqtisodiyotni liberallashtirish yillarida. 1-5 qismlar. T.: TDIU, 2005.

3.T.To’xtaboev va boshqalar. O’zbekistonda birja savdolarining rivoji va istiqbollari. T.:TDIU, 2007

MUNDARIJA

Kirish...................................................................................................................3

1-mavzu. Menejment mustaqil fan...................................................................5

1.1. Menejment fanining predmeti, obyekti va metodi..............................5

1.2. Menejmentning shakllanish tarixi....................................................11

1.3. Tarixiy maktablar va ularning menejmentga ko’rsatadigan ta’siri...16

1.4. Menejmentning mumtoz yo’nalishlari.............................................18

2-mavzu. Menejment asoslarining rivojlanish bosqichlari...........................25

2.1. Mustaqillik davrida O’zbekistnda boshqaruv va menejment...........25

2.2. Islom Karimov – yangi boshqaruv tizimining asoschisi..............................................................................................................26

2.3. G’arb va Sharqda boshqaruvchilik konsepsiyalarining rivojlanishi……………………………………………………………………...33



3-mavzu. Menejmentning asosiy tamoyillari, funksiyalari va usullari........38

3.1. Boshqarishning asosiy tamoyillari...............................................38

3.2. Boshqarish funksiyalari to’g’risida tushuncha..............................39

3.3. Boshqarish funksiyalari ahamiyati...............................................42

3.4. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha.....................................43

3.5. Menejment usullari va ularning ahamiyati....................................45

3.6. Nazariyadan amaliyotga o’tish jarayonlari....................................50

4-mavzu. Menejment tizimida maqsad va vazifalarni o’rni..........................54

4.1. Menejment tizimida maqsad va vazifalarning alohida xususiyatlari.........................................................................................................54

4.2. Tashkiliy faoliyat maqsadlarining tavsifi...........................................60

4.3. Bosh maqsad (lar)ni kichik maqsadlarga ajratish qoidalari...............61

4.4. Maqsadlar (natija) ga ko’ra boshqarish konsepsiyasi........................61

4.5. Dasturiy – maqsadli yondashuvning o’ziga xos jihatlari...................62



5 - Mavzu. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish..............................................64

5.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar....64

5.2. Boshqaruv qarorlari tasnifi.............................................................67

5.3. Boshqaruv faoliyatiga oid qarorlarni qabul qilish............................72

5.4. Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish.............................................................................78

5.5. Qabul qilingan qarorlarning ijro etishini nazorat qilish....................78



6 - Mavzu. Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash..........................................................................................................80

6.1. Menejmentda axborotlar tizimi ahamiyati.........................................80

6.2. Kommunikatsiya.............................................................................81

6.3. Zamonaviy firmada kommunikatsion jarayon..................................83

6.4. Zamonaviy firmada kommunikativ aloqalar tizimini

yaratish yo’llari..............................................................................86



7 - Mavzu. Rahbar mehnatini tashkil etish.....................................................88

7.1. Boshqaruv mehnati mazmuni va xususiyatlari................................88

7.2. Boshqaruv mehnatini oqilona tashkil etishning asosiy yo’nalishlari…………………………………………………………………….89

7.3. Menejer mehnati va uning xususiyatlari...........................................90

7.4. Bozorning menejerlarga bo’lgan talabi.............................................91

7.5. Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi......................................92



8 - Mavzu. Inson salohiyatining rivojlanish mexanizmi................................95

8. 1. Xodimning mehnat salohiyati...........................................................95

8.2. Tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish..............................98

8.3. AQSh va Yaponiya firmalarida xodimlarni boqarish tamoyillarini o’ziga xos xususiyatlari...................................................................100



9 - Mavzu. Liderlik va tashkilot madaniyati................................................102

9.1. Liderga qo’yiladigan zamonaviy talablar........................................102

9.2. Etakchilik qilish uslubi va funksiyalari.........................................104

9.3. Madaniyat, tashkilot, korporativ madaniyat..................................105

9.4. Tashkiliy madaniyat: uning kelib chiqishi, tashkil etilishi

va rivojlantirishning o’ziga xosligi...............................................107

9.5. Tashkiliy madaniyatdagi qadriyatlar va xodimlarning

xulq – atvori.....................................................................................110



10 - Mavzu. Boshqaruv tizimida ish yuritish asoslari.................................116

10.1. Boshqaruv tizimida ish yuritishning asosiy tushunchalari.............116

10.2. Hujjatlar oqimini tashkil etish.....................................................120

10.3. Hujjatlar ijrosini nazorat qilish....................................................122

10.4. Tashkilot hujjatlarini tizimlashtirish............................................123

11 - Mavzu. Nizo va stressni boshqarish.......................................................127

11.1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari...........................127

11.2. Nizo jarayonidagi bosqichlar va oqibatlar....................................127

11.3. Ishlab chiqarishdagi nizolarning oldini olish va bartaraf etish............................................................................................................128

11.4. Stress va uni boshqarish.............................................................129

12 - Mavzu. Innovatsion menejment...........................................................131

12.1. Innovatsion menejmenti asoslarining shakllanish tarixi................131

12.2.Innovatsion boshqaruv ..................................................................133

12.3. Innovatsion menejmentning tashkily formalari..............................134

Glossariy............................................................................................................136

Adabiyotlar ro’yxati..........................................................................................158




Ismailova Tajinazira Saidaminovna


TDIU katta o’qituvchisi, “Korporativ boshqaruv va raqobatni rivojlantirish” kafedrasi yetakchi olimasi, “Ishlab chiqarish menejmenti”, “Hududiy infratuzilma” fanlaridan darsliklar, “Tashkilot nazariyasi”, “Hududiy infratuzilma” fanlaridan o’quv qo’llanmalar hamda kasb-hunar kolledjlari uchun “Ishlab chiqarish menejmenti” fanidan o’quv qo’llanma chop etgan.

“Menejment”, “Infratuzilma menejmenti”, “Infratuzilma menejmentining metodologik asoslari” va “Hududiy infratuzilma” fanlaridan ma’ruzalar o’qiydi.


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling