258
Jami : to’liq xarajatlar
So’m
Foyda
So’m
Ulgurji bahosi
So’m
Xarajatlarni oqilona rejalashtirish mahsulot narxini pasaytirishga ta’sir
ko’rsatib, korxona daromadlarini ko’paytirish imkoniyatini yaratadi.
Shuning
uchun xarajatlarni rejalashtirishda barcha resurslar bo’yicha sarf me’yorlarini
to’g’ri me’yorlashtirish korxona oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Mahsulot tannarhi- korxonaning mahsulot tayyorlash
jarayonida sarflangan
xom-ashyo, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish va sotish bilan
bog’liq bo’lgan xizmatlar uchun to’lov va harajatlarning pul orqali ifodalanishidir.
Mahsulot tannarxining pasayishi asosida qo’shimcha moddiy resurslar yaratilib,
mahsulot bahosini pasayishiga imkoniyat yaratiladi.
Mahsulot tannarxini to’g’ri rejalashtirishda hisoblash
va tahlil etish hamda
uning pasayishi manbalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy harajatlarnigina
emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish zarur.
Mahsulot tannarxini rejalashtirishda quyidagi
xarajat guruh turlari
ishlatiladi:
1) Iqtisodiy elementlar bo’yicha
2) Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha
Harajat elementlari iqtisodiy mazmuni jihatdan bir turda bo’lgan harajatlarni
birlashtirsa, kalkulyatsiya moddalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi
tannarxi harajatlarining alohida moddalari bo’yicha pulda ifodalanishini ko’rsatadi.
Xarajatlarni oqilona rejalashtirish mahsulot narxini pasaytirishga ta’sir
ko’rsatib, korxona daromadlarini ko’paytirish imkoniyatini yaratadi. Shuning
uchun xarajatlarni rejalashtirishda barcha resurslar bo’yicha sarf me’yorlarini
to’g’ri me’yorlashtirish korxona oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi