Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
XVI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY REJASI
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.1. Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari
XVI BOB. KORXONANING MOLIYAVIY REJASI
Tayanch so‘z va iboralar: moliyaviy reja mazmuni, vazifasi, strukturasi, ko‘rsatkichlari, moliyalashtirish darajasi, foyda va zararlar hisoboti, kassa rejasi, daromad va xarajatlar balansi, kapitalga talabning optimal varianti, moliyalashtirish strategiyasi. 16.1. Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari 1. Moliyaviy faoliyatni boshqarish firmaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini boshqarish bilan uzviy bog‘liqdir. Moliyaviy faoliyat: - buxgalteriya balansida; - foyda va zararlar (pul oqimi) schyoti; - kapital qo‘yilmalar maxsus schyotida aks ettiriladi. Biznes rejada moliyaviy rejaning asosini kapitalga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘lib, bu kredit olish turi va muddatini tanlash, kapitalni shaxsiy va qarzga taqsimlash imkonini beradi. Shaxsiy mablag’larni tashkil etish manbai bo‘lib, tezlashtirilgan amortizatsiya va rezerv fondi hisoblanadi. Rezerv fondi firmaning faoliyati natijasida aniqlanadi va daromadning barqarorligi to‘lov qobiliyati, pul kirim (tushum) lar doimiyligi, konyuktura perspektiviga bog‘liq bo‘ladi. Qarz pul mablag’lari shunday jalb etiladiki, foyda kredit uchun foiz to‘lovlari xarajatlarini qoplashi mumkin bo‘lsin. Moliyaviy rejaning maqsadi – dastlabki bir va keyingi yil uchun sotish natijasida olinadigan daromad va foyda miqdorini aniqlashdan iborat bo‘lib, ularning kattaligi tanlangan moliyaviy strategiyaga bog‘liqdir. Bundan tashqari ko‘rilayotgan davrda biznesni qo‘llab quvvatlash va investitsiya uchun talab etiladigan mablag’ miqdori ham shu rejada aks ettiriladi, yangi ish (faoliyat) uchun moliyaviy rejaning barcha ko‘rsatkichlari prognoz xarakterida bo‘ladi. Yangi ish kuchi uchun pul mablag’lari tushumini oldindan ko‘ra olish foyda miqdorini 263 belgilashdan ham muhimroq bo‘lib, bunga sabab, ular pul kirimi va summasini detallashtiradi. Boshlang‘ich davrda foyda miqdori darajasi operatsiyalar bo‘yicha ehtiyojlarni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lmaydi, shu sababli sotuv va sarflar darajasini prognozlashtirish, pul kirimini aniqlab, ishchi kapitalga bo‘lgan talabning yuqori chegarasini ko‘rsatadi, ba’zi bir kritik sharoitlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar zaruriyati aniqlanadi, qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan zaruriyat belgilanadi. Moliyaviy rejaning asosiy bo‘limlari quyidagilardan iborat: 1. Foyda va zararlar hisoboti. 2. Mablag’lar bo‘yicha reja. 3.Aktiv va passivlar prognoz balansi. 3.1. Prognoz balansiga ilova: - asosiy kapitalning rasshifrovka (asosiy fondlar); -amortizatsiyanormasi; -banklarbo‘yichaqarzlar (investorlarbo‘yicha); - qarzlar bo‘yicha hisobot; 4. Korxonaning moliyaviy faoliyat (holati) ko‘rsatkichlari. Moliyaviy rejani ishlab chiqish uchun ishlab chiqarishni yo‘lga solish bilan bog‘liq xarajalarni sanab o‘tish zarur. Birinchi 3-oy uchun ekspluatatsiya xarajatlari ham kiradi. Ushbu xarajatlar tarkibi va qiymati quyidagicha: 1. Jihozlar, mashinalar harakatlanuvchi mulk. 2. Jihozni o‘rnatish qiymati. 3. Maydon va ishlab chiqarish binolarini rekonstruksiya qilish. 4.Xom-ashyovamateriallarningboshlang‘ichzaxiralari. 5.Litsenziyauchunto‘lovlar. 6. Turli xil garovlar va to‘lovlar. 7. Registratsiya va prezentatsiya. 8. Tasodifiy xarajatlar uchun mablag’lar. 264 Bir vaqtli xarajatlar jami: 1. Barcha ish xaqi va mukofotlar. 2. Ijara. 3. Reklama 4. Transport xarajatlari. 5. Ishlatish xarajatlari. 6. Barcha turdagi sug‘urta. 7. Soliqlar. 8. Qarz va kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari. 9. Ta’mirlash va profilaktika xarajatlari. 10. Xodimlarni tayyorlash xarajatlari. 11. Tasodifiy xarajatlar. Umumiy joriy xarajatlar: Jami ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlari. Foyda va zarar bo‘yicha standart hisobotni korxonaning moliyaviy jihatdan tashkillash imkoniyatini ko‘rsatadi. Hisobotni birinchi 3-yil uchun tayyorlash lozim. Foyda va zararlar bo‘yicha standart hisobot quyidagilardan iborat bo‘ladi: 1. Sotilgan mahsulot qiymati. 2. Umumiy xarajatlar. 3. Ishlab chiqarish xarajatlari. 4. Sof daromad yoki zararlar (qator 3 – qator 4). Kassa mablag’lari bo‘yicha reja (kassa rejasi) birinchi yil uchun mablag’lar harakati prognoz oylar bo‘yicha, ikkinchi yil uchun kvartallar bo‘yicha tuzilib, kutilayotgan kirim va chiqimlar vaqti hamda miqdori aniq ajratib ko‘rsatiladi. So‘ngra qo‘shimcha moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va muddati, aylanma kapital talabning maksimal miqdori ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichda qo‘shimcha moliyalashtirish yo‘llari (hissadorlik moliyalashtirish, bank qarzlari), qarz mablag’lari to‘lash sharti va usullarini ko‘rsatish lozim (14.1 – jadval). 265 Shuningdek, kreditorlarga to‘lovlar shartlari, ish haqi va mukofotlarining rejalashtirilgan o‘sishi, boshqa xarajatlarining ko‘zda tutilayotgan o‘sishi ham ko‘rsatilishi lozim. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling