Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2. Daromadlar va xarajatlar balansi – korxonaning asosiy moliyaviy hujjati
Passivlar
Joriy passivlar_______________________________________________________ To‘lov schyotlari____________________________________________________ To‘lov veksellari_____________________________________________________ Jami joriy passivlar___________________________________________________ Uzoq muddatli qarzlar________________________________________________ Jami passivlar_______________________________________________________ Yuqoridagi hujjat korxonaning ma’lum muddatga bo‘lgan moliyaviy sharoitlarini ifodalaydi. U korxonaning mulkchilik elementlarini (aktivlar) va majburiyatlar (passivlar) kattaligini ko‘rsatadi. Shuningdek korxonaning sof qiymatini va likvidligini (naqd pulga aylaniruvchanligini) ko‘rsatadi. Balans kelgusi 3-4 yilga tuziladi. Siz va sizning sherigingiz (hamkoringiz) ga zararsizlik nuqtasini aniqlash uchun o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlarni ajrata bilish talab etiladi. Zararsizlik nuqtasini quyidagicha aniqlash mumkin: Sotuv hajmi, zararsizlik miqdori Doimiy xarajatlar = Birlik tovar bahosi tovar birligining o‘zgaruvchan xarajatlari Korxonaning asosiy baholovchi moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: 1.Sotuvdagi sof daromad Soliqlar to‘lovdan keyingi foyda = Yillik sotuv hajmi 2. Korxonaning aktiv va passivlariholatining joriy koeffitsienti Joriy aktivlar = Joriy majburiyatlar 267 Ushbu ko‘rsatkich 2 ta teng yoki unda yuqori bo‘lgan holatda firma moliyaviy jihatdan sog‘lom hisoblanadi. 16.2. Daromadlar va xarajatlar balansi – korxonaning asosiy moliyaviy hujjati DXB - korxona kapitalini rejalashtirish manbalari va uni joylashtirish vositalari va joriy yoki reja davrida foydalanishni yoritib beruvchi moliyaviy ahvolining ma’lumot xarakteristikasini ifodalaydi. Balans tarkibiga korxonaning u yoki bu kalendar muddatga muvozanat holatida ahamiyatga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan daromadlar va xarajatlar kiradi. Har bir ishlab chiqarish yoki tijorat firmasining moliyaviy muvozanat holatini aniqlovchi asosiy omillar bo‘lib, ishlab chiqarish rejasi va mahsulot realizatsiyasining bajarish, olingan foyda hisobiga o‘z kapitalini to‘ldirish, shuningdek, aktivlar aylanishini tezlashtirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Shunga ko‘ra, foyda yoki daromad korxonaning nafaqat ishlab chiqarish balki reja faoliyatining ham asosiy moliyaviy natijalarini ifodalaydi. Korxonalardan mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasidan olinadigan foyda ularning QQS, aksiz narxi va mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar yig‘indisi o‘rtasidagi nisbat sifatida rejalashtiriladi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling