Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

16.2 – jadval. 
Daromad va xarajatlar balansi. 
Ko‘rsatkichlar 
Miqdor 
ming, so‘m 
I. Daromad va mablag’lar kirimi 
1. Mahsulot va xizmatlarni sotishdan olinadigan foyda 
2. Boshqa aktivlarni sotishdan foyda 
3. Asosiy fondlarni chiqarishdan daromad 
4. Qo‘shma korxonalarda ulushli ishtirokidan daromad 
5. Aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromad 
6. Valyuta sotish va kurs farqidan daromad 
7. Amortizatsiya ajratmalari 
8. Aylanma mablag’larning o‘sishdan ssuda 
9. Uzoq muddatli bank ssudalari 
10. Boshqa daromad va ajratmalar 
40500 
2600 
7800 
12500 
950 
350 
9800 
1350 
10000 
4190 


268 
Jami daromad va tushumlar 
90000 
II. Sarflar va mablag’lar ajratmalari 
1. Korxona foydasiga soliq 
2. Korxona mulkiga soliq 
3. Hissadorlarga dividendlar 
4. Uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar 
5. Ssudalarni so‘ndirish va foizlarni to‘lash 
6. Aylanma mablag’larning o‘sishi 
7. Mahsulotning arzonlashuvi 
8. Ishonchsiz qarzlarni to‘lash rezervi 
9. Iste’mol fondiga ajratma 
10. Jamg‘arma fondiga ajratma 
11. Rezerv fondini shakllantirish 
12. Moddiy yordam fondini tuzish 
13. Boshqa sarf va ajratmalar 
Jami sarf va ajratmalar 
19840 
4580 
9500 
11300 
1650 
5680 
150 
200 
16500 
11700 
5000 
2000 
1900 
90000 
Balans aktivlari 2 asosiy qismdan iborat: 
1. Uzoq muddatli aktivlar. 
2. Joriy aktivlar. 
Aylanma mablag’lar, naqd pulga yoki “resurslar - pul - tovar” bo‘yicha 
aylanadigan aktivlarga joriy aktivlar deb aytiladi. Aylanma mablag’larning asosiy 
elementlari - pul resurslari va tovar-moddiy zaxiralardir. 
Uzoq muddatli aktivlarning salmoqli qismini esa asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlar tashkil etadi. Asosiy vositalar yoki qayd qilingan aktivlar uzoq 
vaqt xizmat qiladi va bir necha yildan so‘ng (o‘z qiymatini asta-sekin mahsulot 
tannarxiga o‘tkazish orqali) aylanadi. Nomoddiy aktivlar bozor sharoitida oldi - 
sotdi vositasi bo‘ladigan patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, kompaniya obro‘si 
va boshqalarning narxidan tashkil topadi. 
Balans passivlari firmaning o‘z kreditorlari oldida majburyatlari va xususiy 
yoki aksiyadorlar kapitalini o‘z ichiga oladi. Majburyatlar o‘z navbatida joriy yoki 
qisqa muddatli, ya’ni uzoq muddatda to‘lanadigan majburiyalarga bo‘linadi. 
Xususiy (shaxsiy) kapitalga ustav fondi, imtiyozli va oddiy aksiyalar, foyda va 
rezervlar kiradi. Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan pul mablag’lari, moddiy 
ne’matlar, bino, inshootlar, jihozlar, xom-ashyo, qimmatbaho qog‘ozlar va 
nomoddiy aktivlar qo‘yilishi mumkin. Qo‘yilmalar summasi ta’sischilarning 


269 
korxona ustav (Nizom) kapitalidagi ulushini tashkil etadi. Bu ulushlar yoki 
aksiyalarga mos ravishda ta’sischilar o‘rtasida foyda taqsimlanadi. 
Aksiya - bu korxonani rivojlantirishga kiritilgan mablag’ haqida guvohlik 
beruvchi qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalar 2 xilda oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy 
aksiyalar “bitta aksiya - bitta ovoz” tamoyili bo‘yicha aksionerlik jamiyatini 
boshqarish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar boshqarishda ishtirok etishga 
huquq bermaydi, ammo doimiy (belgilangan) dividend keltiradi va foydani 
taqsimlash va korxonani tugatish vaqtida oddiy aksiyalardan ustunlik qiladi. 
Aksiyaning yoki narxi olinayotgan dividend miqdoriga bevosita bog‘liq.
Korxona aksiyalarining umumiy narxi (balans passivida) amaldagi bozor va 
kurs narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Korxona buxgalteriya balansi moliyaviy 
rejalashtirishning asosiy hisob-kitob hujjatlaridan biridir. Korxonaning ichki 
balansi odatda aniq tuziladi va uning belgilangan hisobot davriga haqiqiy 
moliyaviy holatini aks ettiradi. Tashqi balans soddalashtiriladi va ochiq 
informatsiyalar uchun mo‘ljallangan. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling