Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
2.2. Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Tadbirkorlik yoki xo’jalik faoliyatining yutug’i ichki rejalashtirish sifatiga bog’liq. Rejalashtirish kelgusidagi maqsadlarni aniqlashtirishni va ularga erishish vositalarini va resurslar taqsimotini ko’zda tutadi. Reja umumiy ma’noda – bu kelajak obrazi. Qo’yilgan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan tadbirlar tizimidir. Korxona rejasi – oldindan ishlab chiqilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu tadbirlar maqsadlarni amalga oshirishni ko’zda tutib, ular mohiyatini mahsulot ishlab chiqarish va sotishni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlanishga qaratilgan uslublar hamda resurslar orasidagi o’z aro bog’liqlikni muvofiqlashtirish tashkil qiladi. Rejalashtirish – bu rejani ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini nazorat qilish jarayoni bo’lib bunda sharoitlarning o’zgarishiga muvofiq uni korrektirovka qilish ham ko’zda tutiladi. Rejalashtirish insonning har qanday maqsadli iqtisodiy faoliyatining boshlang’ich nuqtasi bo’lib xizmat qiladi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq qiluvchi iqtisodiy fanning muhim tarkibiy qismdir. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish turli korxona, firma va tashkilotlarda iqtisodiy resurslarni tanlash va ulardan foydalanish qonunlari, tamoyillari, qoidalari va usullarini o’rganadi. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish mexanizmi korxonaning haqiqiy holatini mikroiqtisodiy tadqiq qilish va uning kelgusida rivojlanish darajasini modellashtirishning o’z aro ta’siriga asoslanadi. 32 Shu sababdan rejalashtirish jarayoni maqsadni aniqlash va unga erishish yo’llarini belgilashdan iborat. Rejalashtirish jarayoni bir qancha bosqichdan o’tadi. Yevropa biznesida rejalashtirishni 4 bosqichga ajratiladi: 1) Umumiy maqsadni ishlab chiqish; 2) Aniq vazifalarni aniqlash; 3) Maqsadgaerishishningasosiyyo’llarivavositalarinitanlash; 4) Ularning bajarilishini nazorat qilish. Har qanday rejalarning asoslanganlik darajasi ko’p jihatdan ayrim olingan korxonalar rivojlanishida erishilgan darajasini ifodalovchi boshlang’ich ko’rsatkichlarning ishonchliligiga bolg’iq bo’ladi. Har bir korxona umumiy bozor tizimining kichik bir bo’lagi hisoblanganligi sababli, uning faoliyatini rejalashtirish uchun iloji boricha ko’proq va aniqroq mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ko’p holatlarda umumiy bozor ko’rsatkichlari yoki asosiy makroiqtisodiy omillar (masalan, o’sish sur’ati) turli korxona va uning bo’linmalari faoliyatini rejalashtirish uchun boshlanich ma’lumot bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ishlab chiqarishda ichki faoliyatni rejalashtirish menejmentning asosiy funksiyalari – maqsadni belgilash, tashkil etish, hisob, nazorat, yo’naltirish va rag’batlantirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ushbu funksiyalar nafaqat korxonaning reja – iqtisodiy faoliyati predmeti, balki ichki xo’jalik rejalashtirishning obyektini ham belgilaydi. Zamonaviy sharoitlarda barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni iste’moli va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy ne’matlar iste’molchilari uchun ham iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi sharoitda barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir 33 korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishni mustaqil ravishda tanlaydi. Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirish ayrim shaxslar va mehnat jamoalarining, kichik va yirik korxonalar uchun erkin bozor munosabatlarini vujudga kelishining asosi bo’lib qolmoqda. Rejalashtirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish va iste’mol qilish, tovar va xizmatlarga bo’lgan bozor talabi va firma hamda korxonalar tomonidan ularning taklifi o’rtasida mutanosiblik saqlanadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabini to’laroq qondirishga harakat qiladilar. Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy maqsadlarining ilmiy asoslashdan iboratdir. Ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish ishlab chiqarish — xo’jalik tashkiliy boshqaruv, moliyaviy iqtisodiy muammolarni umumiy tarzda ko’rib chiqish bilan cheklanib qolmay, kelgusida qabul qilinadigan qarorlarga diqqatni jalb qilishni ham ko’zda tutadi. Shu sababdan mavjud muammoni rejalashtirish davomida hal etib borish kelgusida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni hal etish vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, ichki rejalashtirishni zamonaviy marketingni, ishlab chiqarish menejmentining va umuman xo’jalik yuritishning butun iqtisodiy tizimining asosi bo’lib hisoblanadi. Bu esa korxonada vujudga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy va boshqa muammolarni yechishga kompleks tarzda yondashishni taqozo etadi. Rejalashtirish turli iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish asosi bo’lib xizmat qiladi. Ularning o’z aro ta’sir mexanizmi mavjud maqsad va ularga erishish vositalarini umumiy tizimga birlashtirishni talab etadi. Masalan, korxona faoliyatining istiqboldagi iqtisodiy ko’rsatgichlarini rejalashtirishda amaldagi ilg’or me’yorlar, standartlar, ilmiy shartlar va iqtisodiy maqsadlardan to’liq foydalanish zarur. 34 Ushbu maqsadlarni quyidagicha guruhlash va ifodalash mumkin. 1. Iqtisodiy o’sish – korxonaning iloji boricha ko’proq miqdorda va yuqori sifatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga intilishi. 2. To’liq bandlik — ishga qobiliyatli va ishlashni xohlovchi barcha ishchilarni ish bilan ta’minlash. 3. Iqtisodiy erkinlik – barcha ishlovchi mutaxassislarga o’z faoliyati doirasida yuqori darajada erkinlikka erishishlariga imkon yaratish. 4. Daromadni adolatli taqsimlash – barcha xodimlar toifasini taqdirlashni yo’lga qo’yish. 5. Iqtisodiy samaradorlik, mavjud cheklangan resurslardan ulardan foydalanishga kam xarajat sarflangan holda yuqori samara olishni ta’minlash. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling