Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Rejalashtirish tamoyilari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
2.3. Rejalashtirish tamoyilari Korxona faoliyati rejasi tarkibi barcha bo’linmalar va funksional xizmatlar rivojlanishining umumiy dasturini ifodalovchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidan iboratdir. Reja – korxona faoliyatining umumiy maqsadi, xodimlar harakatining yo’nalishlari, bajariladigan ishlar tartiboti, zaruriy vosita va iqtisodiy resurslar, ilg’or texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishdir. Rejalarda barcha qabul qilingan boshqaruv echimlari o’z ifodasini topadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlarining asoslangan hisoblari, xarajat va resurslarning hamda ishlab chiqarish yakuniy natijalari keltiriladi. Rejalarni ishlab chiqarishda ma’lum bir qoida va prinsiplarga amal qilish zarur. Birinchi marta rejalashtirish prinsiplari A.Fayol tomonidin ifodalangan. Uning fikricha harakat dasturlari yoki rejalarni ishlab chiqarishda asosan 5 prinsipiga amal qilish talab etiladi: zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik, moslashuvchanlik va aniqlilik. 1. Zaruriylik tamoyili har qanday mehnat faoliyatida rejalardan foydalanishning zaruriyligi va majburiyligini ifodalaydi. Har qanday mehnat– tabiiy resurslarni tayyor mahsulotga aylantirish orqali insonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Ana shu harakatlarni 37 oldindan dasturlashning zarurligini inkor etib bo’lmaydi. Ushbu prinsip ayniqsa erkin bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ularga amal qilish cheklangan resurslardan samarali foydalanishga qo’yiladigan iqtisodiy talablarga javob beradi. 2. Yagonalik tamoyili korxonani sotsial–iqtisodiy rivojlantirish yima reja yoki umumiy reja tuzishni ko’zda tutadi. Ushbu rejalar bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarish va sotish, xarajat va daromadlar rejalari, korxonani texnik, tashkiliy va moliyaviy rivojlantirish umumiy rejalari yoki ishlab chiqarish bo’linmalari va funksional xizmatlar rejalari ham qo’llaniladi. Lekin ushbu rejalar o’z aro hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirish kompleks rejasi bilan uzviy bog’langan bo’lishi lozimki, toki har bir bo’lim yoki iqtisodiy ko’rsatkichdagi o’zgarish ana shu umumiy rejada aks etsin. Rejalarning birligi iqtisodiy maqsadlarning umumiyligini ko’zda tutadi. 3. Uzluksizlik tamoyili rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish jarayonlarining o’z aro bog’liqligi hamda uzluksiz, to’xtovsiz amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar, tanaffuslar bo’lmasligi uchun, nafaqat rejalashtirishning uzluksizligiga erishish, balki ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarni ham o’z vaqtida o’zgartirib, yangilab turish talab etiladi. Ya’ni bir ishlab chiqarish rejasi o’rniga ikkinchisi keladi; bir tovar bozor talabidan kelib chiqib ikkinchisiga almashtiriladi. Bundan tashqari, rejalashtirishning uzluksizligi strategik rejalardan taktik rejalarga, ulardan operativ rejalarga o’tib borishni ko’zda tutadi. Uzluksiz rejalashtirish jarayonida haqiqiy va reja ko’rsatkichlarining o’z aro yaqinlashuvi yuzaga keladi. 4. Rejalarning moslashuvchanligi tamoyili uzluksizlik prinsipi bilan boliq bo’lib, belgilangan texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlar korrektirovka qilish imkoniyatini ko’zda tutadi. Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi muntazam o’zgarishlar rejalashtirilgan resurslar sarfining kamayishiga va boshlang’ich rejalarni korrektirovka qilish, aniqlashtirishni talab etadi. Talab hamda amaldagi narx va ta`riflarning o’zgarib turishi tabiiy hol. Shu sababdan 38 korxonadagi barcha rejalar tarkibida mavjud rezervlar albatta e’tiborga olinishi lozim. Ushbu talablarga amal qilishda imkoniyatlar darajasi ham rejalashtirilishi lozim. Chunki ularning asoslanmaganligi rejalashtirish natijalariga ham ta’sir ko’rsatadi. 5. Aniqlilik tamoyili ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida rejalarning aniqligiga aniq talablar qo’yilmaydi. Har bir reja korxonaning moliyaviy holati va bozorda tutgan mavqeidan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash orqali tuzilishi lozim. Rejalarning aniqligi qo’llaniladigan tizimlar va usullari bilan belgilanadi. Operativ yoki qisqa muddatli rejalashtirishda yuqori aniqlik talab etiladi, uzoq muddatli rejalashtirishda umumiy maqsadni tanlash bilan chegaralanish mumkin. Zamonaviy rejalashtirish fani va amaliyotida yuqorida ko’rib chiqilgan klassik prinsiplar bilan bir qatorda umumiqtisodiy prinsiplar ham keng tarqalgan: komplekslilik; optimallik; samaradorlik; ishtirok etish tamoyillari. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling