Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA 
REJALASHTIRISH VA BASHORATLASH 
 
Tayanch so’z va iboralar: rejalashtirishning mohiyati va zarurligi,reja, 
korxona rejasi, rejalashtirish, reja mazmuni, rejalashtirish jarayoni, rejalashtirish 
uslubiyati, rejalashtirish mexanizmi, umumiqtisodiy maqsadlar. 
 
2.1. Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati 
 
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha korxona va firmalar iqtisodiy 
faoliyatini rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va 
tovarlarni isteъmoli va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab 
chiqarish 
resurslarining 
cheklanganligi 
sharoitida 
ulardan 
foydalanishni 
rejalashtirish tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy 
neъmatlar istemolchilari uchun ham iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat 
qiladi. 
Bozor sharoitida, barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab 
chiqaruvchi va istemolchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir 
korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishning mustaqil 
ravishda tanlaydi. 
“Firma faoliyatini rejalashtirish” tushunchasi 2 ma’noga ega. Birinchisi-
umumiqtisodiy, firmaning umumiy nazariyasi, uning tabiati nuqtai nazaridan. 
Ikkinchisi esa aniq boshqaruv nuqtai nazaridandir. Bunda rejalashtirish 
menejmentning funktsiyalaridan biri, korxona istiqbolini oldindan ko’ra olish va 
ushbu bashoratdan foydalanish qobiliyatidir. Rejalashtirishning har ikki tomoni 
o’zaro uzviy bog’langan. Aniq bir faoliyat turi sifatida rejalashtirish imkoniyati 
ho’jalik yuritishning umumiy shartlari bilan belgilanadi. 
Umumiqtisodiy nuqtai nazardan rejalashtirish - bozor va bahoning o’rnini 
bosa oladigan mexanizm. Bozor tizimi doirasida uning ishtirokchilari haraktini 
yo’naltirib, tartibga soluvchi asosiy omil baho hisoblanadi.
Aynan baho (narx) 


29 
sotuvchi va xaridor uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol qilish 
hajmlari va uslublarini belgilab beradi. Firma ham bozor tizimi ishtirokchisi 
sifatida baho mexanizmiga, talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u 
ularning ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan firma bozor dunyosidagi yirik 
organizmning kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi. 
Shu bilan birga, har bir xo’jalik birligining ichki muhitida baho mexanizmi 
tadbirkor va menejerlarning harakatibilan chetga siqib chiqarilmoqda.
Tadbirkor firma faoliyati yo’nalishlarini belgilaydi. O’z navbatida firmaning 
ichki tabiati rejaviy yechimlar tizimiga asoslanadi.
Shunday qilib, firmaning ichki faoliyati ishtirokchilari mustaqil, bir biriga 
bog’liq bo’lmagan bozor sub’ektlari uchun xarakterli bo’lgan harakat erkinligini 
yo’qotadilar, ularning faoliyati korxona boshqaruvchilari nazoratiga o’tadi. Nima 
uchun rejalashtirishni mustaqil ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi sifatida 
bozorni firmaning ichki faoliyatidan siqib chiqaradi? Bu borada iqtisodchilarda bir 
nechta javob mavjud.
1. Firma o’lchamlarining chegaralanganligi uning ichida ro’y beradigan 
harakatlarni nazorat qilish imkonini beradi va natijada bozor muhitining 
noaniqligini va uning salbiy oqibatlarini minimal darajaga yetkazish mumkin 
bo’ladi.
2. Rejalashtirishni qo’llash orqali firma sotish bilan bog’liq harajatlarni 
qisqartirishga erishadi.
Rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishga yordam beradi. 
1. Korxona hozir qanday iqtisodiy holatda, uning faoliyati sharoitlari va 
yakunlari qanday? 
2. Korxona maqsadiga qanday qilib, qaysi resurslar yordamida erishiladi.? 
Biznes rejalashtirish menejmentning dastlabki, eng ahamiyatli bosqichi 
hisoblanadi. Rejalar tizimi asosida ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish ularni 
bajarishga jalb etilgan xodimlar motivatsiyasi, natijalarini nazorat qilish va rejaviy 
ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholash amalga oshiriladi. 


30 
Zamonaviy 
menejmentning 
“otalaridan” 
hisobangan 
F.Fayolg’ 
ta’kidlaganidek: “Boshqarish - bu oldindan ko’ra olish”, “oldindan ko’rish esa-bu 
qariyb harakat qilishdir”.
Rejalashtirish - barcha zaruriy harakatlarni oldinda bashorat qilishgina 
emas, balki faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasodiflarni ko’ra 
olish va ularni bartaraf etishni bilishdir.
Firma o’z faoliyatidagi hatolarni butunlay bartaraf eta olmasada, samarali 
bashoratlash orqali ularni oqilona boshqara oladi.
Menejment klassiklari korxonada rejalardan foydalanilmaslik faoliyatdagi 
tebranishlarni, xato harakatlarini keltirib chiqaradi deb hisoblanganlar.
Amaliyotdan ma’lumki, rejalashtirishni qo’llash quyidagi muhim 
ustunliklarni yaratadi: 
- menejerlarni o’z qarorlarini amalga oshirishga rag’batlantiradi.
- korxona faoliyatini tartibga solishni yaxshilaydi.
- yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muamolarni aniqlashtiradi. 
-menejerlarning tayyorgarligini oshirish uchun sharoit yaratadi.
- korxonani zaruriy axborot bilan ta’minlash imkoniyatini oshiradi.
-resurslarni oqilona taqsimlashga yordam beradi.
- korxonada nazoratni yaxshilashga imkon yaratadi.
O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun rejalashtirishni 
qo’llash zarur bo’lgan 2 ta soha ajratiladi.
1. Yangidan tashkil etilgan xususiy korxonalar.
Kapitalning yuqori sur’atlar bilan to’lanishi bunday firmalarning faoliyatini 
kengayishi va murakkablashuviga olib keldi. Shu bilan birga rejalashtirish 
shakllariga talabni keltirib chiqaruvchi boshqa omillarning paydo bo’lishiga zamin 
yaratadi.
2. Davlat korxonalari. Ular uchun rejalashtirish funktsiyasi markazdan 
boshqariladigan iqtisodiyot davridan o’tgan tajriba bo’lib, o’z rivojlanish 
maqsadlarini belgilash, korxona faoliyatini tahlil qilish va bashoratlashni ko’zda 


31 
tutmagan. Shu sababdan barcha davlat korxonalarida ichki biznes rejalashtirish 
bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish zarur.
Zamonaviy bozor korxonaga alohida talablar qo’yadi. Unda ro’y berayotgan 
jarayonlarning murakkabligi va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi rejalashtirishga jiddiy 
yondashuvni zaruriyatga aylantiradi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling