Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati
II BOB. BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA
REJALASHTIRISH VA BASHORATLASH Tayanch so’z va iboralar: rejalashtirishning mohiyati va zarurligi,reja, korxona rejasi, rejalashtirish, reja mazmuni, rejalashtirish jarayoni, rejalashtirish uslubiyati, rejalashtirish mexanizmi, umumiqtisodiy maqsadlar. 2.1. Korxona faoliyatida rejalashtirishning o’rni va ahamiyati Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha korxona va firmalar iqtisodiy faoliyatini rejalashtirish erkin ishlab chiqarish va tadbirkorlik, resurslar va tovarlarni isteъmoli va taqsimotida muhim omil bo’lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish resurslarining cheklanganligi sharoitida ulardan foydalanishni rejalashtirish tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda moddiy neъmatlar istemolchilari uchun ham iqtisodiy mustaqillik asosi bo’lib xizmat qiladi. Bozor sharoitida, barcha mahsulot va resurslarga baholar raqobatchi ishlab chiqaruvchi va istemolchilar tomonidan belgilanayotgan bir davrda, har bir korxona qanday mahsulot va qancha miqdorda ishlab chiqarishning mustaqil ravishda tanlaydi. “Firma faoliyatini rejalashtirish” tushunchasi 2 ma’noga ega. Birinchisi- umumiqtisodiy, firmaning umumiy nazariyasi, uning tabiati nuqtai nazaridan. Ikkinchisi esa aniq boshqaruv nuqtai nazaridandir. Bunda rejalashtirish menejmentning funktsiyalaridan biri, korxona istiqbolini oldindan ko’ra olish va ushbu bashoratdan foydalanish qobiliyatidir. Rejalashtirishning har ikki tomoni o’zaro uzviy bog’langan. Aniq bir faoliyat turi sifatida rejalashtirish imkoniyati ho’jalik yuritishning umumiy shartlari bilan belgilanadi. Umumiqtisodiy nuqtai nazardan rejalashtirish - bozor va bahoning o’rnini bosa oladigan mexanizm. Bozor tizimi doirasida uning ishtirokchilari haraktini yo’naltirib, tartibga soluvchi asosiy omil baho hisoblanadi. Aynan baho (narx) 29 sotuvchi va xaridor uchun manfaatli bo’lgan ishlab chiqarish va iste’mol qilish hajmlari va uslublarini belgilab beradi. Firma ham bozor tizimi ishtirokchisi sifatida baho mexanizmiga, talab va taklifqonuniga bo’ysunishga majbur, chunki u ularning ta’sirini bartaraf eta olmaydi. Shu sababdan firma bozor dunyosidagi yirik organizmning kichkinagina elementi bo’lib hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir xo’jalik birligining ichki muhitida baho mexanizmi tadbirkor va menejerlarning harakatibilan chetga siqib chiqarilmoqda. Tadbirkor firma faoliyati yo’nalishlarini belgilaydi. O’z navbatida firmaning ichki tabiati rejaviy yechimlar tizimiga asoslanadi. Shunday qilib, firmaning ichki faoliyati ishtirokchilari mustaqil, bir biriga bog’liq bo’lmagan bozor sub’ektlari uchun xarakterli bo’lgan harakat erkinligini yo’qotadilar, ularning faoliyati korxona boshqaruvchilari nazoratiga o’tadi. Nima uchun rejalashtirishni mustaqil ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi sifatida bozorni firmaning ichki faoliyatidan siqib chiqaradi? Bu borada iqtisodchilarda bir nechta javob mavjud. 1. Firma o’lchamlarining chegaralanganligi uning ichida ro’y beradigan harakatlarni nazorat qilish imkonini beradi va natijada bozor muhitining noaniqligini va uning salbiy oqibatlarini minimal darajaga yetkazish mumkin bo’ladi. 2. Rejalashtirishni qo’llash orqali firma sotish bilan bog’liq harajatlarni qisqartirishga erishadi. Rejalashtirish quyidagi savollarga javob berishga yordam beradi. 1. Korxona hozir qanday iqtisodiy holatda, uning faoliyati sharoitlari va yakunlari qanday? 2. Korxona maqsadiga qanday qilib, qaysi resurslar yordamida erishiladi.? Biznes rejalashtirish menejmentning dastlabki, eng ahamiyatli bosqichi hisoblanadi. Rejalar tizimi asosida ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish ularni bajarishga jalb etilgan xodimlar motivatsiyasi, natijalarini nazorat qilish va rejaviy ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholash amalga oshiriladi. 30 Zamonaviy menejmentning “otalaridan” hisobangan F.Fayolg’ ta’kidlaganidek: “Boshqarish - bu oldindan ko’ra olish”, “oldindan ko’rish esa-bu qariyb harakat qilishdir”. Rejalashtirish - barcha zaruriy harakatlarni oldinda bashorat qilishgina emas, balki faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasodiflarni ko’ra olish va ularni bartaraf etishni bilishdir. Firma o’z faoliyatidagi hatolarni butunlay bartaraf eta olmasada, samarali bashoratlash orqali ularni oqilona boshqara oladi. Menejment klassiklari korxonada rejalardan foydalanilmaslik faoliyatdagi tebranishlarni, xato harakatlarini keltirib chiqaradi deb hisoblanganlar. Amaliyotdan ma’lumki, rejalashtirishni qo’llash quyidagi muhim ustunliklarni yaratadi: - menejerlarni o’z qarorlarini amalga oshirishga rag’batlantiradi. - korxona faoliyatini tartibga solishni yaxshilaydi. - yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muamolarni aniqlashtiradi. -menejerlarning tayyorgarligini oshirish uchun sharoit yaratadi. - korxonani zaruriy axborot bilan ta’minlash imkoniyatini oshiradi. -resurslarni oqilona taqsimlashga yordam beradi. - korxonada nazoratni yaxshilashga imkon yaratadi. O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun rejalashtirishni qo’llash zarur bo’lgan 2 ta soha ajratiladi. 1. Yangidan tashkil etilgan xususiy korxonalar. Kapitalning yuqori sur’atlar bilan to’lanishi bunday firmalarning faoliyatini kengayishi va murakkablashuviga olib keldi. Shu bilan birga rejalashtirish shakllariga talabni keltirib chiqaruvchi boshqa omillarning paydo bo’lishiga zamin yaratadi. 2. Davlat korxonalari. Ular uchun rejalashtirish funktsiyasi markazdan boshqariladigan iqtisodiyot davridan o’tgan tajriba bo’lib, o’z rivojlanish maqsadlarini belgilash, korxona faoliyatini tahlil qilish va bashoratlashni ko’zda 31 tutmagan. Shu sababdan barcha davlat korxonalarida ichki biznes rejalashtirish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish zarur. Zamonaviy bozor korxonaga alohida talablar qo’yadi. Unda ro’y berayotgan jarayonlarning murakkabligi va yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi rejalashtirishga jiddiy yondashuvni zaruriyatga aylantiradi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling