Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
– chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashoratning maqsadi
2.1 – chizma. Korxona rejasining tarkibiy qismlari.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol o’ynaydi. Bashorat qilish xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni ilmiy asoslagan 35 holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil qarorlarni tanlashga imkon yaratadi. Bashoratning maqsadi – bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir. Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirishning quyidagi vazifalari alohida ahamiyatga ega hisoblanadi: bashoratlash- ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish asosida hamda barcha omillarni e’tiborga olgan holda ob’ektning kelgusidagi istalgan holatini asoslash; initsiatsiyalash-ko’zda tutilgan harakatlarni,loyihalarni va kelishuvlarni faollashtirish hamda rag’batlantirish; optimallashtirish-aniq ijtimoiy-iqtisodiy muhitda korxonani rivojlantirishning tanlangan eng samarali va maqbul variantini ta’minlash; koordinatsiyalash va integratsiyalash-korxonaning barcha bo’limlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni hamda hamkorligini ta’minlash asosida ular faoliyatini yagona maqsadga yo’naltirish; tartiblashtirish- yagona tartibni shakllantirish asosida ma’suliyali va samarali faoliyatni tashkil etish; 36 nazorat- rejani bajarilishini kuzatish va o’rganish asosida kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yo’llarini aniqlash; tarbiyalash va o’qitish- rejalashtirilgan harakatlar orqali xodimlar hulqiga ijobiy ta’sir qilishga erishish hamda ularda o’rganish va izlanishga bo’lgan moyillikni shakllantirish; hujjatlashtirish-harakatlarni hujjatlar shaklida rasmiylashtirish orqali samarali faoliyat yoki kamchiliklarni,xatolarni isbotlash va asoslashga qaratilgan sharoitni yaratish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling