Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Raqobatli bozor sharoitida korxonalarning barqaror faoliyat ko’rsatishi, 
iqtisodiy jihatdan o’sishi va rivojlanishining muhim sharti bo’lib xo’jalik 
faoliyatini rejalashtirish hisoblanadi. Ayni rejalashtirish korxona imkoniyatlarini 
bozordagi talab va taklif bilan bog’lash imkonini beradi. Bu rejalashtirishning 
moxiyatidan kelib chiqadi, ya’ni rejalar korxona rivojlanish yo’llaridan eng 
optimalini tanlash bilan bog’liqdir, rejalashtirish korxonaning maqsad va vazifalari 
belgilanib va aniqlashtirilib boriladigan, ularga erishish siyosati va strategiyasi 
ifodalaniladigan jarayondir. 
Rejalashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun barcha 
omillardan foydalanish hamda buning uchun tayyorgarlikning o’z vaqtida bo’lishi 
bilan bog’liq bo’lgan qulay sharoitlar yaratiladi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida ichki ishlab chiqarish rejalashtirish 
maqsadi korxona va firmalarning rivojlanishi, xo’jalik faoliyati shakllari, iqtisodiy 
maqsadlarining ilmiy asoslashdan iborat. 
Birinchi marta rejalashtirish printsiplari A.Fayol tomonidan ifodalangan. 
Uning fikricha harakat dasturlari yoki rejalarni ishlab chiqarishda asosan 5 
printsipiga amal qilish talab etiladi; zaruriylik, yagonalik, uzluksizlik
moslashuvchanlik va aniqlilik. 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Rejalashtirishda qanday iqtisodiy maqsadlar ko’zda tutiladi? 
2. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish nimani o’rgatadi? 
3. Rejalashtirishning funksiyasi nima? 
4. Rejalashtirish metodologiyasi nima? 
5. Bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirishning ahamiyati nimada? 
6. Rejalashtirish qanday muammolarni hal etadi? 


43 
7. Rejalashtirish texnologiyasi nima? 
8. Rejalashtirish predmeti deganda nimani tushunasiz? 
9. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy hulqini o’rganishda qanday 
usullardan foydalaniladi? 
10. Ichki rejalashtirishning mohiyati nimada? 
11. Rejalashtirish obyekti nima? 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling