Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzuga tegishli test savollari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Mavzuga tegishli test savollari:
1. Korxonaning kelajakdagi istalgan holatini va bozordagi o‘rnini aniqlash bu – ? A. Maqsad; B. Moliya; C. Tamoyil; D. Vazifa. 2. Rejalashtirish jarayoni o‘rgatadi: (to’g‘ri javobni belgilang). A. Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish yo’llarini va vositalarini; B. Iqtisodiy resurslardan foydalanish buyicha qoidalarni bilishni va me’yorlar o‘rnatishni; C. Cheklangan moddiy va mehnat resurslarini safarbar qilishni hamda yukori iqtisodiy natijalariga erishish tadbirlarini shakllantirish; D. Yuqori iqtisodiy natijalarga erishish uchun hatti-harakatlarni belgilash. 3. Rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: A. Vazifani aniqlash, vositalarni tanlash, maqsadni belgilash va nazorat; B. Maqsadni belgilash, vazifani aniqlash, vositalarni tanlash va nazorat; C. Vositalarni tanlash, nazorat, vazifani aniqlash va maqsadni belgilash; D. Maqsadni belgilash, vositalarni tanlash, nazorat va vazifani aniqlash. 4. Rejalashtirish quyidagi umumiqtisodiy maqsadlarni ko‘zda tutadi: A. Iqtisodiy samaradorlikni xarajatlarni iqtisod qilish asosida oshirish; B. Yalpi ichki mahsulotni o‘sishi, ish haqini oshishi, ishchilar malakasini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarni ko‘paytirish; 44 C. Iqtisodiy o‘sish, daromadlarni taqsimlash, iqtisodiy erkinlik, bandlik, iqtisodiy samaradorlik; D. Foyda miqdorini oshishi, xarajatlarni kamayishi, ishchilar sonining qisqarishi. 5. Rejalashtirish mohiyatini quyidagilar tashkil etadi: A. Qo‘yilgan maqsadni va xo‘jalik yuritish shaklini ilmiy jihatdan asoslash; B. Qo‘yilgan vazifalarni va haraqatlarni, biznes faoliyatini asoslash; C. Strategiya va taktikani shakllantirish; D. Tarmoqda va bozorda mustahkam o‘rinni egallash uchun harakatlar dasturini shakllantirish. 6. Korxona rejasi bu – ? (to‘g‘ri javobni bering). A. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan aniq hisoblar tizimi; B. Ko‘zda tutilgan iqtisodiy samaradorlikni ilmiy va amaliy jihatdan asoslash; C. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish chora-tadbirlarini oldindan ishlab chiqish hamda resurslar orasida muvofiklikni ta’minlash; D. Maqsadni belgilash, yo‘nalishlarini va vazifalarini aniqlash hamda nazorat qilish. 7. Zarur hisob kitoblar xamda dalillar asosida korxona faoliyatining qisqa va uzoq muddatli strategiyasini aniqlash bu – ? A. Rejalashtirish maqsadi; B. Rejalashtirish vazifasi; C. Rejalashtirish mohiyati; D. Rejalashtirish mexanizmi. 8. Rivojlanish yo‘nalishlarini sifatda va sonda tasvirlash bu A. Reja mohiyati; B. Reja vazifasi; D. Reja maqsadi; E. Reja mexanizmi. 9.Rejalashtirish bu– ? A. Maqsadni va unga erishish vositalarini aniqlashtirish jarayoni; B. Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash jarayoni; C. \ 45 C. Joriy xarajatlarni iqtisod qilish asosida faoliyat samaradorligini belgilash jarayoni; D. Korxona faoliyatining samaradorligini oshirish jarayoni. 10. Ichki reja mazmuni, shakl strukturasi va tuzish tartibini nima belgilaydi? A. Rejalashtirish usuli; B. Rejalashtirish texnologiyasi; C. Rejalashtirish predmeti; D. Rejalashtirish uslubiyati. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling