Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga tegishli test savollari
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Korxonaning rivojlantirish rejalari norma va normativlar asosida amalga oshiriladi. Qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy norma va normativlar progressiv bo’lishi, ya’ni ular zamonaviy ilm–fan yutuqlaridan foydalanishni, texnika va texnologiya, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish darajalarini rivojlantirishni ko’zda tutmog’i lozim. 65 Norma ishlab chiqarishning mukammal usuli-analitik hisob-kitob usuli hisoblanadi. Unda norma va normativlar ishlab chiqarish holatini, undagi mumkin bo’lishi kutilayotgan o’zgarishlarni, turli omillarning ta’sirini o’rganish orqali har tomonlama tahlil qilish yo’li bilan asoslanadi. Jonli mehnat sarfi normalari asosan mehnat unumdorligi darajasini, ish vaqtidan foydalanishni, ish haqi o’lchovini belgilashda xizmat qiladi. Material sarfi normalari material resurslari sarflarini aniqlashga, mehnat qurollaridan foydalanish normativlari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini hisoblashga imkon beradi. Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Normalashtirish mohiyati va ahamiyatini ifodalang. 2. Norma tushunchasi va uning turlari? 3. Normativ tushunchasi va uning turlari? 4. Ko’rsatkich tushunchasini izohlab bering. 5. Normalarni o’rnatish uslublarini izohlab bering. 6. Analitik tadqiqot uslubining afzalliklarini yoritib bering. 7. Ko’rsatkich tushunchasini izohlab bering. 8. Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatgichlar turlarini yoriting. 9. Ko’rsatkichlarga qo’yiladigan talablarni yoriting. 10. Reja tuzish texnologiyasi tartibini yoriting. 10. Rejalashtirish texnologiyasi qanday bosqichlardan iborat bo’ladi? Mavzuga tegishli test savollari: 1. Analitik - hisoblash uslubi mohiyati – ? A. Norma va normativlarni kuzatish asosida belgilash; B. Vazifalarni tarkibiy qismga va operatsiyalarga taqsimlash; C. Normativlarni ishlab chikish; D. Normativlar asosida normani belgilash. 2. Bir xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mexnat me’yorlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi – ? 66 A. Vaqt me’yori va ishchilar soni; B. Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni; C. Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni; D. Ishchilar soni, jixozlar soni. 3. Turli xil mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda mehnat me’yorlarining quyidagi turlari qo‘llaniladi – ? A. Vaqt me’yori va ishchilar soni; B. Mahsulot ishlab chiqarish me’yori va ishchilar soni; C. Xizmat ko‘rsatish me’yor, ishchilar soni; D. Ishchilar soni, jixozlar soni. 4. Ko‘rsatkich – ... A. Jarayonning yoki xodisaning ijtimoiy iqtisodiy holatini, mohiyatini hamda mazmunini tavsiflaydi; B. Jarayonning faqat mikdoriy hajmini ifodalaydi; C. Jarayon yoki xodisaning moddiy buyuklashgan holatini tavsiflaydi; D. Jarayon yoki xodisaning ham miqdor va sifat tomonlarini tavsiflaydi. 5. Ishlab chiqarish faoliyatini ifodalaydi – ? A. Umumiy ko‘rsatkich; B. Hususiy ko‘rsatkich; C. Miqdor ko‘rsatkich; D. Natural ko‘rsatkich. 6. Norma yoki me’yor bu – ? A. Mahsulot birligini tayyorlash uchun xom ashyo va materiallar sarfi bo‘yicha ruxsat etilgan kattalik; B. Vaqt birligi davomida bajarilishi kerak bo‘lgan ish hajmi; C. Mahsulot birligini tayyorlash uchun ruxsat etilgan vaqt sarfi; D. Bir xodimga biriktirilgan ish hajmi, jixozlar mikdori, ish joyi yoki ish maydoni. 7. Normativbu – ? A. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish darajasini ifodalaydi; B. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish darajasini ifodalaydi; 67 C. Ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi; D. Moddiy resurslardan foydalanish darajasini ifodalaydi. 8. Korxona rejasining moddiy buyumlashgan mazmunini ifoda etadi bu– ? A. Sifat ko’rsatkichlari; B. Miqdor ko’rsatkichlari; C. Natural ko’rsatkichlar; D. Shartli-natural ko’rsatkichlari. 9. Operatsiyalar, funksiyalar va mahsulotlarga sarflanadigan resurslarning zaruriy miqdorini hisoblash bu–? A. Rejalashtirish; B. Me’yorlashtirish; C. Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash; D. Optimallashtirish. 10. O’tgan davr ma’lumotlari asosida me’yor belgilash bu –? A. Analitik tadqiqot uslubi; B. Analitik hisoblash uslubi; C. Taqqoslash uslubi; D. Statisik uslub. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling