Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Me’yor turlari klassifikatsiyasi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
4.2. Me’yor turlari klassifikatsiyasi. 
Korxonaning me’yortiv bazasi me’yor va me’yortivlarning quyidagi asosiy 
guruhlarini qamrab oladi: 
1. Kalendar - reja me’yortivlari; 
2. Xom – ashyo va materiallar sarf me’yorlari; 
3. Yoqilg’i- energetic resurslar sarfi me’yorlari; 
4. Jihozlardan foydalanish me’yortivlari; 
5. Ishlab chiqarish quvvatlarini o’zlashtirish me’yortivi; 
6. Mehnat sarfi me’yori; 
7. Moliyaviy me’yor va me’yortivlar. 
Me’yor va me’yortivlar quyidagi belgilar bo’yicha guruhlanadi: 

ishlab chiqish uslublari bo’yicha; 

amal qilish davriga ko’ra; 

mahsulotni qismlari bo’yicha; 

qo’llanish ko’lamiga ko’ra. 
Ishlab chiqish uslublari bo’yicha me’yor va me’yortivlarining analitik 
hisob, tajriba va tajriba – statistik turlari ajratiladi. 
Analitik – hisob me’yortivlarga barcha me’yor shakllantiruvchi elementlar 
bo’yicha texnik va iqtisodiy asoslangan hisoblar asosida o’rnatiladigan me’yorlar 
kiritiladi. 
Tajriba me’yortivlari va me’yorlari eksperimental ma’lumotlarni erishilgan 
ilg’or ish usullarini hisobga olgan holda tahlil qilish asosida belgilanadi. Ushbu 
me’yorlar analitik – hisob me’yor va me’yortivlarini o’rnatish uchun sharoit 
bo’lmagan holatda belgilanadi. 
Hisobot – statistik me’yor va me’yortivlar o’tgan yildagi hisobot 
ma’lumotlariga asoslanib o’rnatiladi. 
Ushbu me’yorlar ilmiy – texnik taraqqiyot yutuqlarini o’zida aks ettirmaydi,
ishlab chiqarishni imkoniyatlaridan to’liq foydalanishiga rag’batlantirilmaydi. 


60 
Amal qilish davriga ko’ra me’yor va me’yortivlar operativ, joriy va istiqbol 
me’yorlarga bo’linadi. 
Operativ me’yor va me’yortivlar ish o’rinlaridagi aniq ishlab chiqarish 
sharoitlariga muvofiq keladi. Ularning kattaligi buyumlashgan va jonli mehnatning 
o’zgarishiga olib keluvchi turli tadbirlarni joriy qilish bilan bog’liq holda 
belgilanadi.
Joriy me’yor va me’yortivlar yillik, kvartallik va oylik me’yorlarga 
bo’linadi. 
Ushbu me’yorlari asosida korxonada turli resurslarni rejalashtirish bo’yicha 
ishlar amalga oshiriladi. 
Joriy me’yor va me’yortivlar resurslar iqtisodiga yo’naltirilgan operativ 
hamda joriy etilishi ko’zda tutilayotgan tadbirlar asosida ishlab chiqiladi. Demak , 
joriy me’yor va me’yortivlar resurslar sarfining haqiqiy ko’rsatkichlaridan past 
bo’lishi talab etiladi.
Istiqbol me’yor va me’yortivlar yillik me’yorlar va tashkiliy – texnik 
tadbirlar rejasi asosida uzoq muddat uchun belgilanadi. 
Mahsulotning qismlariga ko’ra ko’ra 
me’yor va me’yortivlar 
detallashtirilgan (operatsiyalar bo’yicha), bo’g’inli, buyumli, individual, guruhli 
turlarga bo’linadi.
Detalli me’yorlar detallarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material yoki 
mehnat sarflarini ifodalaydi. 
Bo’g’inli va buyumli me’yorlar chizma va texnik shartlarga muvofiq alohida 
buyum yoki bo’g’innni tayyorlash uchun zarur bo’lgan material resurslar va 
mehnat sarfi me’yorlaridir. 
Individual me’yorlar aniq turdagi tayyor mahsulot yoki ishga o’rnatiladi. 
Guruhli me’yorlar o’rtacha olingan kattaliklar uchun belgilanadi. 
Qo’llash ko’lamiga muvofiq ravishda me’yorlarning sex, zavod va tarmoq 
turlari ajratiladi. 


61 
Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda kalendar 
reja me’yortivlari muhim o’rin egallaydi. Ishlab chiqarish shakliga bog’liq holda 
kalendar reja me’yortivlari quyidagi turlarga bo’linadi: 

oqimli tizim takti – ommaviy ishlab chiqarishda; 

detallarni kiritish – chiqarish partiyalari kattaligi – yirik seriyali va seriyali 
ishlab chiqarishda; 

detallar partiyasini takrorlanish davriyligi – yirik seriyali va seriyali ishlab 
chiqarishda; 

detallar partiyasini, mahsulotlarni ishlab chiqarish sikli davriyligi – yirik 
seriyali va seriyali ishlab chiqarishda; 

buyumni ishlab chiqarish sikli davomiyligi – yakka tartibli va mayda seriyali 
ishlab chiqarishda; 

texnologik o’tishlar bo’yicha texnologik o’zishlar (mutanosiblik) – yakka 
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda;

detal, mahsulot zadellari – ommaviy, yirik seriyali ishlab chiqarishda 

tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar – yakka tartibli va mayda seriyali 
ishlab chiqarish. 
Oqimli tizim takti – tizimdan ketma – ket chiqayotgan mahsulot orasidagi 
vaqt.
Detallarni, mahsulotlarni kiritish – chiqarish partiyasi kattaligi – bir sozlash 
sharoitida bir kiritishda tayyorlangan detal, bo’g’in, buyumlar miqdoridir. 
Detal, mahsulot partiyasining takrorlanishi davriyligi – detal, bo’g’in, 
mahsulot partiyasini ishlab chiqarishga kiritish intervali (kun). 
Ishlab chiqarish sikli davomiyligi – mahsulot, detal, bo’g’inlar partiyasini 
ishlab chiqish jarayonlarining barcha bosqichidan o’tadigan vaqti. 
Texnologik o’tishlar bo’yicha kalendar o’zishlar (mutanosiblik) yetakchi 
detalni ishlab chiqarishga kiritish muddatini tayyor mahsulotni ishlab 
chiqarishning belgilangan muddatidan ajratib turuvchi kalendar vaqt kattaligidir. 
Kalendar - reja me’yortivlar asosida ommaviy, yirik seriyali va seriyali 
turlarga asoslangan korxonalarda detal va mahsulotlar zadellari me’yorlari, yakka 


62 
tartibli va mayda seriyali ishlab chiqrishda- tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
materiallar me’yorlari ishlab chiqiladi. 
Zadellar vazifasi va paydo bo’lish o’rniga ko’ra texnologik,transport, 
aylanma va sug’urta zadellariga ajratiladi.
Texnologik zadellar ish o’rinlarida ishlov berilayotgan va yig’ilayotgan 
detal, bo’g’in, mahsulotlardir. 
Tranport zadeli birinchi operatsiyaga, operatsiyalar orasida, ketma – ket 
uchastkalarda transport vositasida harakatlanayotgan detal va bo’g’inlardir. 
Aylanma zadellar ish o’rinlarining unumdorligini tenglashtirish maqsadida 
operatsiyalar orasida shakllantiriladigan yarim tayyor mahsulotlardir. 
Sug’urta zadeli oqimli tizim va sex faoliyatidagi uzilishlarning oldini olish 
maqsadida omborlarda shakllantirilgan zahiralardir. 
Paydo bo’lish joyiga ko’ra ishlab chiqarish turi va texnologik jarayon 
xarakteridan kelib chiqib quyidagi zadellarga ajratiladi: 
Ommaviy ishlab chiqrishda – operatsiyalar orasidagi zadellar, tizimlar 
orasidagi (sex orasidagi) zadellar. 
Yirik seriyali va seriyali ishlab chiqarishda – sex ichidagi (siklli) va sex 
orasidagi ( ombor) zadellari. 
Yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ommaviy va seriyali 
ishlab chiqarishdan farqli ravishda ichki zadellar hisoblanmaydi, balki mahsulotlar 
kesimida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi materiallar me’yori ( kun ifodasida) 
aniqlanadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishda materiallar me’yorlari natural ifodada 
hisoblanadi.
Natural ifodadagi me’yorlar: ommaviy, yirik seriyali va seriyali ishlab 
chiqarish turida – detallar zadeli me’yori va detalga material sarf meyoridan kelib 
chiqib, yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda mahsulot uchun material 
sarfi me’yori va shu mahsulot bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishdagi 
materiallar me’yoridan kelib chiqib aniqlanadi. 


63 
Kunlarda ifodalangan me’yor natural ifodadagi tugallanmagan ishlab 
chiqarishdagi materiallar me’yorini ushbu materiallarga o’rtacha kunlik talabga 
nisbati orqali hisoblanadi. Material me’yori bir necha yil uchun aniqlanadi. Ishlab 
chiqarish texnologiyasi yoki mahsulot konstruktsiyasi o’zgargan holatda ushbu 
me’yorlar ham qayta ko’rib chiqiladi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling