Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
4.3. Rejalashtirishning umumiy va xususiy, sifat va miqdor ko’rsatkichlari Biznes rejalarni ishlab chiqish norma va normativlar hamda ishlab chiqish texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy yoki absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi. Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi: ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga muvofiq kelishi lozim; o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda aniq bo’lishi; yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini to’liq yoritishi kerak; bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim; o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim; moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi; operativlik – reja tuzuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim; yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi; 64 iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim. Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: miqdor va sifat; natural va qiymat. Miqdor ko’rsatkichlar yalpi, tovar mahsulot, foyda, ishchilar soni va boshqa ko’rsatkichlarni absolyut kattaliklarda ifodalaydi (so’m, tonna, metr, soat va h.k.). Sifat ko’rsatkichlar – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari orasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, xarajatlarni pasaytirish, samaradorlikni oshirish. Ta’kidlash lozimki, miqdor ko’rsatkichlar ma’lum bir sifatga, sifat ko’rsatkichlar esa ma’lum miqdorga ega bo’ladi. Natural ko’rsatkichlar korxona rejasining moddiy-buyumlashgan mazmunini xarakterlaydi va har bir tovarning xususiyatiga muvofiq keluvchi o’ziga xos birliklarda o’lchanadi (metr, kilogramm va h.k.). Turlicha sifatga ega bo’lgan bir turdagi tovarlarni o’z aro solishtirish uchun shartli-natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bunda shartli birlik sifatida ushbu tovarning bir sorti (turi) qabul qilinadi, qolganlari esa unga o’tkazish koeffitsientlari orqali tenglashtiriladi. Masalan, barcha traktorlar markalari 15-kuch darajasi bilan, sovunlar 40% yog’lilik darajasi bilan, yoqilg’i esa 7000 kk bilan o’lchanadi. Qiymat ko’rsatkichlari barcha tovar xizmat yoki ishlarni pul ifodasida o’lchash imkoniyatini beradi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling