Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab 
chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy – reja ko’rsatkichlari hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, 
tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy 
resurslardan samarali foylashanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil 
ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi, rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, 
qo’llaniladigan usullarga bog’liq holda rejalashtirishning bir qancha turlarini 
ajratish mumkin. 
Umumiy holatda rejalashtirishning 2 asosiy turi mavjud: 
1. Texnik - iqtisodiy 
2. Operativ 


53 
Chet el rejalashtirish fani va amaliyotida reja tuzishning 4 xil turini ajratish 
mumkin, ya’ni rejalashtirish reaktiv, induktiv, preaktiv va interaktiv bo’lishi 
mumkin. 
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Rejalashtirishda qanday iqtisodiy maqsadlar ko’zda tutiladi? 
2. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish nimani o’rgatadi? 
3. Rejalashtirishning funksiyasi nima? 
4. Rejalashtirish metodologiyasi nima? 
5. Bozormunosabatlari sharoitida rejalashtirishningaxamiyatinimada? 
6. Rejalashtirishqandaymuammolarnihaletadi? 
7. Rejalashtirishning texnologiyasi nima? 
8. Rejalashtirishpredmetidegandanimanitushunasiz? 
9. Iste’molchivaish’abchiqaruvchilariqtisodiyhulqinio’rganishqandayusullardanfo
ydalaniladi? 
10. Ichki rejalashtirishning mohiyati nimada? 
11. Rejalashtirish ob’ekti nima? 
Mavzuga tegishli test savollari: 
1. Reaktiv rejalashtirish bu–… 
A. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga 
asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi; 
B. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga xam qaytmaydi
ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi; 
C. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga 
oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilgor yutuqlariga 
tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar; 
D. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni 
ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy 
rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va 
kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi. 
2. Inaktiv rejalashtirish bu–… 


54 
A. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni 
ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy 
rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va 
kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi; 
B. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga 
oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilg’or yutuqlariga 
tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar; 
C. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga 
asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi; 
D. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi, ya’ni orqaga xam qaytmaydi, 
ilgariga qarab harakat ham qilmaydi. 
3. Markazlashgan reja bu–… 
A. Baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ishhaqi miqdorini davlat tomonidan 
yo’naltirishni ko’zda tutadi; 
B. Barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshqaruv organlari tomonidan belgilashko’zda 
tutiladi; 
C. Ko‘rsatkichlarni korxona imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirish; 
D. Ko‘rsatkichlarni ish o‘rni, uchastka va sexlar bo‘yicha rejalashtirish. 
4. Kalendar rejalashtirish bu–… 
A. Korxonaning yillik rejasini faqat ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirish
B. Korxonaning yilik rejasini bo‘linmalar va bajaruvchilar bo‘yicha aniqlashtirish; 
C. Korxonaning yillik rejasini o‘n kunlik, hafta, kun va smena bo‘yicha 
aniqlashtirish; 
D. Korxonaning yillik rejasini kalendar’ kunlar bo‘yicha aniqlashtirish. 
5. Ko’rsatkichlar orasida muvofiqlikni va bog’liklikni ta’minlaydi…
A. Iqtisodiy matematik uslub; 
B. Ekstropolyatsiya uslub; 
C. Normativ uslub; 
D. Balans uslub. 
6. Maqsad turiga ko’ra rejalashtirishning qanday turlari qo’llaniladi? 


55 
A. Strategik va normativ; 
B. Operativ, normativ, taktik, joriy; 
C. Taktik, strategik, reaktiv, dastlabki, ta’minot-sotuv; 
D. Operativ, taktik, strategik, normativ. 
7. Quyidagi printsiplardan qaysilari rejalashtirishning klassik printsiplaridandir? 
A. Zaruriylik va samaradorlik; 
B. Samaradorlik va ilmiylik; 
C. Uzluksizlik va ilmiylik; 
D. Aniqlilik va moslashuvchanlik. 
8. Quyidagi tartib rejalarni tuzish ishlarini tashkil qilishning qaysi ko’rinishiga 
tegishli? 
Bosh maqsadlar bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi va quyi bo’g’inlarda ular 
aniqlashtiriladi. So’ngra quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda 
xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samarali yechimlar 
qo’shiladi.
A. Yuqoridan pastga; 
B. Pastdan yuqoriga; 
C. Aralash; 
D. Gorizontal. 
9. Interaktiv rejalashtirish–… 
A. O’tmishga yo’naltiriladi; 
B. Kelajakka yo’naltiriladi; 
C. Bugungi kunga moslashish; 
D. Rejalashtirishning eng yaxshi g’oyalarini o’z aro muvofiqlashuviga 
yo’naltiriladi. 
10. Asoslash usuliga ko’ra rejalarning qanday turlari ajratiladi? 
A. Indikativ; 
B. Ma’muriy; 
C. Bozor; 
D. Normativ. 


56 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling