Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


IV BOB. REJALASHTIRISHNING NORMATIV ASOSLARI


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

IV BOB. REJALASHTIRISHNING NORMATIV ASOSLARI 
 
 Tayanch so’z va iboralar: normalashtirish, norma, normativ, ko’rsatkich, 
umumiy va xususiy ko’rsatkich, rejalashtirish texnologiyasi, rejalashtirishning 
normativ asoslari, rejalashtirish turlari. 
 
4.1. Normalashtirish tushunchasi va uning asoslari 
 
Norma va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi va rejalashtirishning 
muhim elementi hisoblanadi. 
Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur 
bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni 
resurslarga talabni normalashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u 
minimal harajat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga 
erishishni ko’zlaydi. 
Xo’jalik yuritish amaliyotida normalashtirish – normal ishlab chiqarish 
jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira 
kattaligini 
ishlab 
chiqish 
va 
belgilash 
uslubidir. 
Normalashtirish 
(me’yorlashtirish)ning elementlari sifatida norma va normativlar yuzaga chiqadi. 
Norma – mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini 
ta’minlash uchun (masalan, standart buxanka non, tayyorlash uchun sarf normasi) 
xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan 
kattaligidir. 
Masalan: fabrika erkaklar ustki kiyimi ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni 
tikish uchun material sarfi normasi quyidagicha bo’ladi: 
­ asosiy material–2m; 
­ yordamchi material –2m; 
­ ip – 1g’altak, tugma – 5dona, mehnat sig’imi – 6 k–soat. 


57 
Shunday qilib, natural, mehnat va qiymat ifodasida ifodalangan norma 
yordamida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha harajatlar hisobga 
olinadi (reglamentlashtiriladi). 
Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan 
foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi 
(masalan, jihozning yuklanish koeffnenti, sutning yog’lilik darajasi). 
Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda, 
aylanma mablalar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy 
normativlar deb yuritiladi. 
Xo’jalik boshqaruvi mexanizmida normativlarning o’rni va ahamiyatini 
quydagicha ifodalash mumkin (tasvirlash mumkin): 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling