Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.4. Rezyumeni yoritish tartibi Rezyume
9.Korxona xarajatlari: 9.1 Har bir mahsulot bo’yicha tannarx va foyda; 99 9.2 Doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar; 9.3 Ishlab chiqarishga xarajatlar smetasi; 9.4 Balans va sof foyda; 9.5 Innovatsiya hisobiga xarajatlarni kamaytirish; 9.6 Yangi tovarlar va innovatsiya loyihalari bo’yicha zararsizlikka erishish davri. 10. Moliyaviy reja: 10.1 Korxonani va bo’linmalar bo’yicha foyda va zarar; 10.2 Uzoq muddatli moliyalashtirish rejasi. Amortizatsiya siyosati; 10.3 Kredit rejasi; 10.4 Moliyaviy xarajatlar; 10.5 Faoliyat turlari bo’yicha sotuv hajmi; 10.6 Korxona balansi; 10.7 Korxona foydasini taqsimlash. Dividend siyosati; 10.8 Ustav fondini shakllantirish va foydalanish; 10.9 Korxona byudjeti (oylar va kvartallar bo’yicha); 10.10 Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlari. Kichik korxonalar uchun tuziladigan biznes rejalar hajmi va bo’lim jihatidan ancha qisqa bo’ladi: 1. Rezyume; 2. Biznesning ifodasi; 3. Marketing rejasi; 4. Ishlab chiqarish rejasi; 5. Moliyaviy reja. 6.4. Rezyumeni yoritish tartibi Rezyume biznes reja yakunlangandan so’ng tuziladi. Bunda biznes reja tuzuvchilar va rahbarlar loyihaning barcha jihatlari bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’ladilar. Rezyumeni ishlab chiqish – bu ahamiyatga molik masala bo’lib, agar u ijobiy taassurot qoldirmasa, biznes reja o’qilmaydi va unga mablag’lar 100 ajratilmaydi. Rezyume biznes rejaning qisqa tavsifi bo’lib, uning hajmi 4 varaqdan oshmasligi lozim. U sodda, tushunarli va aniq ifodalanishi lozim. Bunda maxsus terminlardan kamroq foydalanish tavsiya etiladi. Rezyumeda katta e’tibor siz nima qilmoqchi ekanligingizga qaratilib, nima hisobiga sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotidan farq qiladi. Nima uchun iste’molchilar aynan sizning mahsulotingizni sotib olishni hohlaydilar? Rezyumening oxirgi varaintda loyihani amalga oshirish natijasida erishilishi kutilayotgan moliyaviy natijalar aks ettiriladi. Shuningdek, bu varaqda yaqin yillardagi sotish hajmi, yalpi foyda, xarajatlar rentabellik darajasi hamda jalb qilingan mablalarni qaytarish muddati ham ko’rsatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Biznes rejani tayyorlash davomida, 2 ta asosiy savolni ushlab turishingiz lozim. Bular “Biznes rejani samarali amalga oshirish natijasida men nimaga ega bo’laman?” hamda “pul mablalarini yo’qotish xavfi qanday?”. Iqtisodchi olimlar va tadbirkorlar tajribasi tahlili biznes rejaning ushbu qismiga yetarli ahamiyat berilmayotganligini ko’rsatadi. Biznes rejaning qisqa tavsifining mazmuni quyidagi masalalarga javob berishdan iborat bo’ladi: Biznes: biznes faoliyatini shakllantirish va uni rivojlanish tarixi; biznes faoliyat maqsadining qisqacha tavsifi; aksiyalarni taqsimlanishi va rahbarlarning strategik qarorlarni qabul qilishda ma’suliyati. Mahsulot: mahsulotni nima mukammal qiladi hamda uni farq qiluvchi xususiyatlari xususan raqobatchi mahsulotdan farq qiluvchi jihatlari. Bozor: – mavjud bozor sig’imi; – taqsimlash kanallari; – o’sish prognozi; 101 – ehtimol qilinayotgan bozor ulushi. Rahbar va personallar: – yaratiladigan ish o’rinlarining soni; – mutaxassis va xizmatchilarning malaka darajasi; – mazkur biznes faoliyatidagi mavjud tajribalarning qisqacha tavsifi. Moliyalashtirish: – talab qilinadigan moliyaviy mablalarning aniq maqsadi; –daromad va sof foyda prognozi; –kutilayotgan foyda prognozi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling