Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
VII. BOB. BIZNES-REJANING ASOSLANGANLIGI VA ISHONCHLILIGI
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
VII. BOB. BIZNES-REJANING ASOSLANGANLIGI VA ISHONCHLILIGI
Tayanch so’z va iboralar: biznes reja, axborot, ma’lumot, ishonchlilik, rejalashtirish ob’yekti, rejalashtirish texnologiyasi, resurs, tavakkalchilik, sug’urtalash. 7.1.Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarishning zaruriyati. Biznes rejaning qiymati va ahamiyati investorni mablag’ jalb etishga ishontirish bilan cheklanmaydi. Biznes reja shuningdek rahbarlar uchun korxona faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish, xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish tadbirlarini amalga oshirish vositasi hamdir. Bundan tashqari biznes reja korxonaning real imkoniyatlarini baholashga yordam beradi, qo’yilgan vazifalarni optimal yechimlarini ko’rsatadi, xatolikalarni bartaraf etadi, korxonaning istiqbolini ko’rsatib beradi. Biznes reja asosida investor yoki kreditor (beruvchi ) firma tog’risa o’z fikrini shakillantiradi va unga mablag’ berish borasida qaror qabul qiladi. Shu sababdan biznes rejani tuzishda ushbu xujjat kimga yo’naltirilganligini (kreditorga yoki investorga) aniq bilish muhim. Chunki bu mablag’ beruvchi guruhlarning maqsadi turlicha va shunga ko’ra biznes rejani baholash prinsplari ham farqlanadi . Ma’lum muddatga qarz mablag’larini taklif qiluvchi kreditor olishiga ishonch xosil qilishi lozim .Uni korxona oladigan foyda miqdori kam qiziqtiradi, faqat qarzni to’lashga yetishini bilishi kifoya. Investorning tavakkalchiligi yuqoriroq ko’p xolatda investor qo’ygan kapitalni yo’qotishi mumkin. Shu sababli bunday tavakkalchilikka borish uchun investor yuqori foyda normasiga erishishidan manfaatdordir. Demak, biznes rejani kreditor korxona faoliyatini ishonchliligi va barqarorligi nuqtai nazaridan, investor esa daromadliligi nuqtai nazaridan baholaydi. 105 Har qanday holatda ham biznes reja yengil o’qiladigan va to’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lishi talab etiladi. Biznes rejani hajmi o’rtacha 40 sahifadan oshmasligi, agar oshib ketsa ilovani shakillantirish to’g’risida o’ylash kerak. Biznes rejani tuzishda tovar yoki xujjatga emas, balki tanlanga bozorga va haridor talabini qondirishga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Masalan, iste’molchi kitob sotib olishdan qanday naf ko’radi? Bunda haridor “kitob“ tovar emas, balki bilim olish vositasini sotib oladi.Biznes reja aynan ana shu nuqtaga e’tibor qaratishi kerak. Shu bilan birga ushbu tovarni qanday ustunlikka ega bo’lishini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Har qanday g’oya u qanchalik jozibador bo’lmasin, chuqurlashtirilgan tarzda aniqlashtirilishi lozim. Biznes rejani ishlab chiqish katta mehnat va mablag’ talab etuvchi jarayon bo’lganligi sababli dastlab loyixaning texnik iqtisodiy asoslamasini tayyorlash va ushbu g’oyani investorlar uchun qiziqarlilik darajasini baholash lozim. Tadqiqotning asosiy maqsadi quydagi jihatlarni yoritish hisoblanadi: - muqobil loyihalarning mavjudligi; - xom ashyo va material resurslarning mavjudligi, narx va talab istiqbolini har tomonlama tadqiq qilishga extiyojning mavjudligi. - tashqi muhit sharoitlarini ularni jarayoni xarakteriga muvofiqligi . G’oyani biznes rejaga aylantirish uchun ichki va tashqi omillarni hamda ularning ta’sir darajasini aniqlash talab etiladi. Dastlab korxonaning ichki imkoniyatlarini baholash, yakuniy muvaffaqiyatini qanday omillarga (moddiy, nomoddiy, intellektual va ma’naviy) bog’liqligi o’rganish lozim. 106 Bunda asosiy va aylanma kapital, kadrlar tarkibi, menejerlarning intellektual salohiyati baholanadi. Korxonaning potensual imkoniyatlari va tashqi muhit sharoitlarini o’zaro muvofiqlashtirish ya’ni maqsad va vazifalarni aniqlashtirish imkoniyatini yaratadi. Aniq vaqt orasidagi bosh maqsad xo’jalik portfelini rivojlanishi strategiyasidan ajralgan xolda belgilanishi mumkin emas. Bu shuni ifodalaydiki, korxona o’z faolligini faqat ularning xajmini to’rtta yo’nalishi bo’yicha kengaytirish yo’li bilan oshirib boradi: eski nomenklaturani eski bozorda ; eski nomenklaturani yangi bozorda; yangi nomenklaturani eski bozorda ; yangi nomenklaturani yangi bozorda. Shu sababli korxonada o’z maqsadlariga ega bo’lgan bir nechta bo’linmalar shakillanadi. Rejalashtirish texnologiyasi quydagi jarayonlardan tashkil topadi: - korxonaning asosiy maqsadi va undan kelib chiqadigan vazifalarni aniqlash va asoslash; - qo’yilgan vazifani rasmiylashtirish; - vazifalarni ish turlari, xajmi va bajaruvchilar bo’yicha taqsimlash; - rejalashtirish davri uchun harajatlar va olinadigan daromadlarning detallashtirilgan hisobi; - rejaning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish. Tuzilgan rejaning asoslanganligi va ishonchliligi ko’p jihatdan foydalaniladigan axborotlarga bog’liq bo’ladi. 107 Axborot-intellektual, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatining asosiy resursi hisoblanadi. Axborotdan foydalanish mahsulot turini va boshqaruv strategiyasini tanlashga, faoliyatni istemolchilarning ma’lum bir guruhiga, potensial sotuv bozorlariga yo’naltirishga sharoit yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning asosiy vazifasi mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Bozor konyunkturasi bilan bir qatorda raqobatbardoshlik mahsulot sifati va bahosi bilan belgilanadi.Bunda quyidagi ilmiy axborot faoliyati turlari muhim o’rin tutadi: - axborot ma’lumotlari asosida muammolarni xal etishning konstruktiv, uslubiy modellariniishlab chiqishni ko’zda tutuvchi axborotli modellashtirish; ilmiy texnik vaziyatlarni prognozlashtirish; - axborot ekspertizasi, jumladan biznes rejani ishlab chiqishning barcaha bosqichlarida olingan ma’lumotlarni dastlabki ma’lumotlar bilan solishtirish; - ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini axborot bilan ta’minlash. Axborot ta’minoti amaliyotida ma’lumot va axborot tushunchasi farqlanadi. Ma’lumotlar – ob’ektning xolatini ifodalaydi va grafik, miqdor, termin shaklda ifodalanishi mumkin. Axborot- ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida olingan bilimlardir. Boshqacha aytganda axborot tartibga solingan, qayta ishlangan ma’lumotlar tizimidir. Foydali axborotga aylanishda ma’lumotlar uch bosqichdan o’tadi: - jismoniy ya’ni ma’lumotni real qabul qilish imkoniyati bilan bog’langan; - semantik-qabul qilingan belgi, kod, shifr, terminlar, standartlar bilan belgilanuvchi; - pragmatik-ma’lumotlarning foydaliligi va zarurligini baholovchi. 108 Biznes rejani ishlab chiqish jarayonida istiqbol va marketing ma’lumotlari bilan bir qatorda juda katta hajmdagi ichki axborotlardan ham foydalaniladi: Ishlab chiqarish quvvatlarining mavjudligi,va tuzilmasi, yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun jihozlarni sozlash imkoniyatining mavjudligi; - kadrlar, ularning soni va strukturasi; - moliya (o’z va qarz mablag’lari); - aylanma mablag’lar miqdori va ularga talab; - yangi ilmiy texnik ishlanmalarning tayyorlik darajasi va tuzilmasi. Olingan axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish rejalashtirishga tayyorgarlik bosqichiga tegishli. Ushbu bosqich ham rejalarning sifatli tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. - tayyorgarlik bosqichi quyidagilarni ko’zda tutadu: - resurslar va korxona salohiyatini tahlil qilish; - korxonaning ko’zda tutilgan faoliyatiniprognozlashtirish; - sotish va ta’minot bozorlari marketingi Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling