Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Biznes rejani resurslar bilan ta’minlanganligi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
7.3. Biznes rejani resurslar bilan ta’minlanganligi.
Biznes-reja birinchi navbatda, nimani, qancha va kim uchun ishlab chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. Bu esa tabiiyki, biznes-rejani tuzish bosqichidayoq resurslar ta’minoti bilan mustahkamlanishi lozim.Resurslar bilan ta’minlanganlik –yangi yoki joriy ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan ta’minlaganlik masalasi yuzaga chiqadi. To’g’ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko’p jihatdan resurslar turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog’liq bo’ladi. Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to’liq ta’minlanganligi ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy resurslarni tejash bilan bog’liq bo’lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning resurslar ta’minoti sohasidagi siyosati resurslarni tejash siyosati bilan uyg’unlikda olib borilishi lozim bo’lib, bu bugungi bozor munosabatlari talablardan tashqari ayrim resurs turlarining taqchilligi bilan ham asoslanadi. Har qanday iqtisodiy rivojlanish asosida iqtisodiy o’sishning uch omili ya’ni kapital, mehnat va moddiy resurslar yotadi. Zamonaviy kapitalni “erkin” - geografik, milliy, tarmoq va xatto material chegaralarni qisqa daqiqalar ichida kesib o’tadigan va butun mamlakatlarni rivojlantirish uchun yetarli bo’lgan mablag’lar sifatida xarakterlash mumkin. Ayniqsa xalqaro pul oqimlari hisoblangan investitsiyalar va kreditlar juda keng tarqalmoqda. SHu bilan bir qatorda zaminimiz aholisi juda tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Global avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish jarayoni bozorni ortiqcha ishchi kuchi bilan to’ldirayotganligi natijasida rivojlangan davlatlar uchun noqonuniy migratsiya muammosini yuzaga chiqaradi. Fizika qonunlariga ko’ra yer yuzida materiya miqdori o’zgarmas hisoblanadi. Aholi soni esa o’zgarib bormoqda, ya’ni 1927 yildan keyingi davr 112 davomida Yer sayyorasi axolisi qariyb to’rt barobarga ko’paydi. Bugungi kunda Yer kurrasida yashayotgan har bir kishiga to’g’ri keladigan suv, yer maydoni, mineral resurslar, biomassa va xatto havo miqdori kamayib bormoqda. Oddiy arifmetik hisob kitoblarga ko’ra har bir yerlik hisobiga sayyoramizning 170 km kub qismi, 0.02 km kv quruqlik (sahro va muzliklarni qo’shib hisoblaganda), 370 tonna biomassa to’g’ri keladi. Bugungi kunda sayyoramizning katta qismida ichimlik suvi, energiya, iste’mol tovarlari, yog’och va boshqa resurslar taqchilligi sezilmoqda. Olimlar tomonidan 2050 yilga kelib axoli sonining 9 mlrd kishiga ko’payishi, bunga muvofiq ravishda yuqoridagi ko’rsatkichlarning 1.3 martaga kamayishi bashorat qilinmoqda. Zamonaviy sharoitlarda qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar insonlar tomonidan cheksiz ravishda iste’mol qilinishi oqibatida tugab bormoqda, qayta tiklanadiganlari esa qayta tiklash davriga nisbatan tez sur’atda sarflanmoqda. Shunday qilib, jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida iqtisodiy rivojlanishning uch omilidan moddiy resurslar yetakchi omilga aylanib qoldi. XX asrning oxiriga kelib jahon hamjamiyati eng avvalo ekologik taraqqiyot yo’liga o’tishga yo’naltirilgan strategiyani tanlashi zarurligini tushunib yetdi. Yuzaga kelgan sharoitdan chiqishning yo’llaridan biri- resurs tejovchi texnologiyalarni qo’llash va chiqindilar miqdorini kamaytirish hisobiga resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Resurslar samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri bo’lib ulardan foydalanishda yuzaga keladigan chiqindilar miqdorini optimallashtirish hisoblanadi. CHiqindi tushunchasi fan va texnikaning rivojlanish darajasi bilan belgilanadigan shartli tushuncha hisoblanadi. SHu sababli ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan chiqindi yoki asosiy faoliyatda ishlatilmaydigan ortiqcha mahsulotlar uchun “ikkilamchi material resurslar” termini qo’llaniladi. Ikkilamchi material resurslar barcha ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bo’lib, muntazam to’ldirib boriladigan material va yoqilg’i energetik resurslar manbai hisoblanadi. Ikkilamchi material resurslar ularni birlamchi xom ashyo sifatida ishlatish jarayonida ikkilamchi xom ashyoga aylanadi. Ikkilamchi xom 113 ashyoni aniqlashdagi farqlantiruvchi belgi sifatida ikkilamchi material resurslarning asosiy xom ashyo o’rnini egallashini ko’rsatish mumkin. Fikrimizcha material resurslarni faqat birlamchi resurslar o’rniga ishlatilgandagina ikkilamchi xom ashyo deb hisoblash mumkin. Ikkilamchi material resurslardan iqtisodiyotda foydalanish samarali hisoblanadi. Xususan, qazib olish va qayta ishlash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko’rsatkichlarini, ekologik ko’rsatkichlarini yaxshilaydi, chiqindidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan yoqilg’i, elektro-energiya, mehnat xarajatlari kamayadi. Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish ishlab chiqarishning ekologikligini, ratsional foydalanish esa uning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Zamonaviy sharoitlarda O’zbekistonda ikkilamchi material resurslardan foydalanish jarayoniga to’siq bo’layotgan xolatlar ham mavjudki, bularga chiqindilar bilan ishlash sohasida maxalliy ijro organlarining o’zaro muvofiq faoliyat yuritmasligini kiritish mumkin. Vazirliklar, mahalliy xokimiyatlar faqat o’zlariga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida chiqindilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadilar va hal etadilar. Bu esa ular faoliyati ustidan har tomonlama, kompleks nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Hal etiladigan muammolar darajasi va ko’lami eng avvalo bu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirishni talab etadi. Chiqindilarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq : - resurslardan foydalanishda me’yorlashtirishni takomillashtirish; - kam chiqimli texnologiyalarni joriy qilish; - chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini yaratishni jadallashtirish; - texnologik intizomga rioya qilishni rag’batlantirish tizimini shakllantirish; - ishchi xodimlar malakasini oshirib borish; 114 - ilg’or ish usul va uslublarini qo’llashni keng targ’ib qilish; - ikkilamchi material resurslardan foydalanish jarayonlarini kengaytirish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling