Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
7.2-jadval
Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati bilan bog’liq tavakkalchilik turlari Tavakkalchilikning turlari Tarkibi Tabiiy jarayonlar bilan bog’liq tavakkalchilik - favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlarning (yer qimirlashi, yong’in, suv toshqini, jala, dul, dovul, qurg’oqchilik va boshqa) xavfi; - tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob- havoning keskin o’zgarishi bilan bogliq xavf-xatarlar va boshqalar. Ishlab chiqaishga oid tavakkalchilik - ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to’xtab qolishi xavfi; - moddiy resurslar bo’yicha ta’minotdagi uzilishlarning xavfi; - texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, ishdan chiqishi va buzilish xavfi; - bino-inshootlarning yemirilishi, cho’kishi va qulashi bilan bog’liq xavflar; - sifatsiz xom ashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish xavfi; 116 - mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik oqibatida xodimlarning jaroxat olishi xavfi va boshqalar. Mahsulotlarni asrash va tashishga oid tavakkalchilik - transport vositalarida yuklarni tashish jarayonida ro’y berishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar va nobudgarchiliklar; - mahsulotlarni asrash jarayonida yuz berishi mumkin tabiiy me’yordagi va undan yuqori bo’lgan buzilishlar va nobudgarchiliklar xavfi; - tovar-moddiy qiymatliklarni o’g’irlash va talon - taroj qilish oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar. Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik - raqobat ko’rashiga bardosh berolmaslik xavfi; - mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar. Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik - pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi; - valyuta hisob raqamidagi mablag’larning salbiy farqlanishi xavfi; - investitsion sarflarning o’zini qoplamasligi xavfi; - pul oqimlari va aylanma mablag’larning yetishmasligi xavfi; - debitor va kreditor qarzlarning ko’payib ketishi xavfi; - noto’lovlar xavfi; 117 - qimmatli qogozlar qiymatining tushib ketishi xavfi; - qarzga olingan mablag’larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy harakterdagi tavakkalchilik - milliy mojarolar, harbiy to’qnashuvlar, g’alayonlar, terrorizm xavfi; - ish tashlashlar, korruptsiya va jinoyatchilik xavfi; - kutilmaganda soliq, bojxona va boshqa me’yoriy qonunchilik xujjatlarining o’zgarishi; - iqtisodiy beqarorlik va o’sish sur’atlarining pasayishi; - eksport va import tartibini murakkablashtirish xavfi. Tashqi omillarga bog’liq bo’magan tavakkalchilik ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra vujudga kelishi mumkin: - boshqaruv xodimlarining ishlab chiqaish, tijorat, moliyaviy va boshqa soxalarda notugri qarorlar qabul qilishi; - xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo’yishdagi xatoliklar; - xodimlarning o’z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshuvi; - sub’ektni rivojlantirish strategiyasi va biznes rejasini noto’g’ri shakllantirish; - o’zini qoplamaydigan va aniq xisob -kitoblar qilinmagan loyixalarga qo’l urish; - daromadlar va harajatlarni doimiy nazorat ostiga olmaslik; - biznesdagi tashqi sheriklarni tanlashga mas’uliyatsizlik bilan 118 yondoshuv; - buxgalteriya hisobini to’gri va aniq yuritmaslik; - hisobot shakllarini to’gri va aniq to’ldirmaslik; - bozor kon’yukturasini, raqobat muxitini, talab va taklif nisbatini, iste’molchilarning xatti-harakatini va boshqa omillarni doimiy kuzatib bormaslik. Bunday tavakkalchiliklarning turlarini sub’ekt boshqaruvchilari doimiy ravishda kuzatib borishlari va ular natijasida yuzaga keladigan zararlarni pasaytirish tadbirlarini belgilab borishlari mumkin. Tashqi omillarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan tavakkalchilik turlari sub’ekt boshqaruvchilari yoki xodimlarining hatti - harakatlariga bog’liq bo’lmay, ko’pincha favqulodda shart-sharoitlarning ta’sirida yuzaga keladi. Har qanday tadbirkorlik firmasi tavakkalchilik bilan bogliq faoliyat olib borar ekan, doimiy ravishda tavakkalchilik turlarini aniqlaydi, ma’qul bo’lgan chegarasini belgilaydi hamda uning keskin oqibatlaridan o’zini himoyalash yo’llarini qidiradi. Odatda, ishlab chiqaishda foyda darajasini aniqlashdagi xatoliklarga yo’l qo’ymaslik va shu jihatlarni yaxshilash maqsadida turli tuman tavakkalchilikka boradilar. Shunday sharoitda qaysi turdagi tavakkalchilikni tanlash, qaysi biri ko’proq samara berishi mumkinligini aniqlash ko’p jihatdan tavakkalchilik turlarining ilmiy asoslangan tavsifnomasini bilishni taqozo etadi. Sof tavakkalchilik salbiy (zarar, ziyon) yoki nol natijaga erishish ehtimolini bildiradi. Bunday turdagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosat, transport va kisman tijorat bilan bogliq tavakkalchiliklar kiradi. Chayqovchilik (spekulyativ) tavakkalchilik ham salbiy (zarar, ziyon), ham ijobiy natija (yutuk, foyda)ga erishish extimolini bildiradi. Bu turdagi tavakkalchilikka moliya bilan bog’liq bo’lgan ikki turdagi, ya’ni investitsiya va pulning sotib olish kobiliyati bilan bogliq bo’lgan tavakkalchiliklar kiradi. Tabiat bilan bo’glik tavakkalchilik turiga tabiiy ofatlar oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlar kiradi. Masalan, yer qimirlashi, suv toshqini, dovul, epidemiya va boshqalar tufayli ko’rilgan zarar darajasi. 119 Ekologiya bilan bo’glik tavakkalchilik — bu atrof muhitning ifloslanishi oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki kushimcha. harajat. Siyosat bilan bogliq tavakkalchilik — bu siyosiy beqarorlik oqibatida extimol qilinadigan moddiy (moliyaviy) zararlar. Bu tavakkalchilik korxona faoliyatiga emas, balki mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy barkarorlikka boglik. Bunga ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, galayonlar, embargoni joriy qilish, xukumatning oldingi shartnomalarini bajarishdan bosh tortishi kabi oqibatlar natijasida ko’rilishi tavakkal qilinadigan zararlar kiradi. Transport bilan bo’glik tavakkalchilik — bu avtomobil, temir yul, dengiz, xavo transportlarida yuklarni tashish jarayonida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir. Tijorat bilan bo’glik tavakkalchilik — bu xujalik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir. Bunday turdagi tavakkalchilik uz navbatida ishlab chiqaish, savdo va kisman moliya bilan bogliq bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi. Ishlab chiqarish bilan bo’glik tavakkalchilik — bu ishlab chiqarish jarayonining tuxtab kolishi yoki bir maromda ishlamayotganligi, texnologiyaning buzilishi, sifatsiz xom ashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha harajatlardir. Savdo bilan bog’liq tavakkalchilik — bu o’zaro to’lovlarning kechiktirilishi, shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki olinmaydigan daromad. Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik — bu extimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, shuningdek, inflyatsiya va valyuta bilan bogliq bo’ldiagan tavakkalchilik turlariga bo’linadi. Inflyatsiya bilan bog’lik tavakkalchilik — bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi. Valyuta bilan bo’glik tavakkalchilik — bu chet el valyutasi ko’rsining uzgarishi oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport- 120 import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda uta zarurdir. Tizimli tavakkalchilik — u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida extimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir ob’ektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, ko’chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan turib uz mablagini qaytara olmaydi. Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga (aytaylik, qimmatli qog’ozlargami yoki ko’chmas mulkka) tavakkal qilib sarflash maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Selektiv tavakkalchilnk — u yoki bu bozorda investitsiya ob’ektini noto’gri tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan, qimmatli qogozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qogozlarni noto’gri tanlash oqibatida ko’riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi. Kredit tavakkalchiligi — qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko’rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi shart. Bank hamisha qarzning uz vaqgida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni tulash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to’lashni «muzlatib» qo’yish misol bo’ladi. Regional tavakkalchilik muayyan regionlarning iqtisodiy holati bilan bog’langan bo’lib, u: -mazko’r regionning asosiy mahsulotiga (masalan, respublikamizda paxtaga) bo’lgan kon’yunktura narxining pasayishi oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar xavfi; -iqtisodiy yoki siyosiy mustaqillikka erishish oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar xavfi; -ishlab chiqaishning keskin tushib ketishi yoki ishsizlik darajasining oshishi 121 oqibatida ko’rilishi extimol qilinadigan zarar xavfini ifodalaydi. Tarmoq bilan bo’gliq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liqdir va u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi: tarmoqdagi siklik beqarorlik; tarmoq ishlab chiqaishining hayotiy bosqichlari. Ya’ni kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, tushkunlik davriga qarab turib tadbirkorlik faoliyati yoki investitsiya tavakkalchiligi turlicha darajada bo’ladi. Korxona tavakkalchnligi investitsiya ob’ekti bo’lgan aniq korxona faoliyati bilan bog’liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta’siri ostida bo’lsada, undagi tavakkalchilik darajasi korxonaning bozordagi mavqei, doimiy mijozlar (iste’molchilar)ning bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va boshqalarga bog’liq. Korxona faoliyatidagi tavakkalchilik quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi: -ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchi tomonidan talab kilib olinmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; -xo’jalik shartnomalarini bajarmaslik oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; -raqobatning kuchayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; -bozor kon’yunkturasining o’zgarishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; -ko’zda tutilmagan harajatlarning vujudga kelishi va daromadning kamayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar; -korxona mablag’ining talafoti tufayli ko’riladigan tavakkal zarar. Investitsiya tavakkalchilign deganda yangi tovar yoki xizmat, yangi texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan harajatlarning qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushuniladi Tavakkal kapital — bu fan texnika yangiliklarini joriy etib, yangi texnologiyani o’zlashtirib, bozor rakobatiga bardosh beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish uchun tavakkaliga qo’yiladigan (sarflanadigan) kapital. Tavakkal kapital egasi ma’lum iqtisodiy xavfni uz zimmasiga oladi, chunki yangi ishga solingan kapitalning naqadar foyda berishi yoki bermasligi oldindan aniq ma’lum bo’lmaydi. Lekin kapital tusmollanib, ko’r ko’rona qo’yilmaydi, balki 122 u yangilikka bo’ladigan talabni, bozorning umumiy xolatini hisobga oladi, biznes soxasida maslaxat beruvchi firmalar xizmatidan foydalanadi. Tavakkal kapitalni odatda mayda biznes vakillari yoki ularga aloqador yirik firmalar qo’yadi. Tavakkal kapital fan texnika yutuklarini ishlab chiqaishga joriy etishda katta rol uynaydi. Investitsiya ob’ekti bo’lishi u yoki bu tovarni sotish jarayonida uning sifatini baholashdagi o’zgarish oqibatida ko’zlangan zarar xavfi investitsiya ob’ekti (qimmatli qogozlar, qimmatbaho nodir metallar, ko’chmas mulk va hakazo)ni tugatilish kapitali deb ataladi. Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo’llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo’lgan zararlarni pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling