Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatning rejalashtirish biznes rejaga asoslanadi. Biznes reja – korxona faoliyatining texnik-iqtisodiy asoslash. Rejani tuzish jarayoni, uni tuzishgacha olib boriladigan tahlil shaxsiy biznesni aniq faoliyatda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Raqamlar, grafiklar, yangi tovar (xizmat)lar namunalari xujjatlari bilan ifodalangan yetkazishning eng qulay usuli bo’lib hisoblanadi. Biznes reja xissadorlarni aktsiyalarni sotib olishga va ishni moliyalashtirishga qiziqtirish, shuningdek mablag’larni investitsiyalashning istiqbolligini isbotlash uchun ham xizmat qiladi. Biznes reja amaldagi firmalar bilan birga yangitdan tashkil etilayotgan firmalar uchun ham tuziladi. Agar biznes reja yangi korxona uchun tuzilayotgan bo’lsa, u holda xalqaro iqtisodiy amaliyotda umumiy holda qabul qilingan uslubiyatga asoslanish talab etiladi. Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda firma faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilgandan so’ngina reja tuziladi. Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Biznes reja maqsadi va vazifalari mohiyati nimalar bilan ifodalanadi? 2. Biznes reja qanday funksiyalarni bajaradi? 3. Biznes rejaga qanday talablar qo’yiladi? 102 4. Biznes reja tuzilmasi qanday bo’limlardan tashkil to’adi? 5. Biznes reja rezyumesi qanday maqsadda tuziladi? 6. Biznes rejaning sifati qaysi omillarga bog’liq? 7. Biznes rejani ishlab chiqish bosqichlarini izohlang. 8. Biznes rejaning qaysi bo’limi boshqa bo’limlar uchun asos hisoblanadi? 9. Kichik korxonalarning biznes rejasi nechta bo’limdan iborat bo’ladi? 10. Yirik korxonalarning biznes rejasi bo’limlarini izohlab bering. Mavzuga tegishli test savollari: 1. “Biznes-reja” – ? A. Tadbirkorlik faoliyatining barcha asosiy tomonlari ifodalanadigan hujjat; B. Ishlab chiqarish strategiyasini ifodalaydigan hujjat; C. Tovarlarni tarqatish taktikasini ifodalaydigan hujjat; D. Narxlar sohasidagi strategiyani belgilaydigan hujjat. 2. “Rezyume” bo‘limining asosiy maksadi – ? A. Korxona joylashgan o‘rnini belgilashda; B. Mahsulot va xizmat turini aniqlashda; C. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot istmolchilarini aniqlash; D. Ish taklifining qisqa mazmunini berilishi. 3. Maqsad – bu … A. Korxona imidji va tovar markazi; B. Foydani maksimallashtirish; C. Ob’ekt faoliyati xaqidagi tushuncha; D. Ob’ektning kelgusidagi istalgan holati. 4. Yirik korxonalar uchun biznes reja necha bo’limdan iborat bo’ladi – ? A. 5 B. 8 C. 3 D. 10 5. Kichik korxonalar uchun tuzilgan biznes reja necha bo’limdan iborat bo’ladi – ? 103 A. 5 B. 8 C. 3 D. 10 6. Biznes rejaning qaysi bo’limi boshqa bo’limlarni shakllantirish uchun asos bo’lib hizmat qiladi – ? A. Ishlab chiqarish rejasi; B. Biznesni ifodalash; C. Marketing rejasi; D. Moliyaviy reja. 7. Material resurslarga bo’lgan talab biznes rejaning qaysi bo’limida aks ettiriladi? A. Ishlab chiqarish rejasi; B. Xarajatlar rejasi; C. Marketing rejasi; D. Moliyaviy reja. 8. Biznes reja qaysi funksiyalarni bajaradi? A. Korxona taktikasini amalga oshirish, pul oqimlarini boshqarish; B. Korxona strategiyasini amalga oshirish, mablag’larni jalb qilish; C. Rivojlanish yo’nalishlarini son va sifatda tasvirlash; D. Harakatlar dasturini shakllantirish va yo’naltirish. 9. Biznes rejaning mazmuni va sifati qaysi omillarga bog’liq? A. Korxona o’lchamlariga; B. Biznes reja tuzuvchilarning malakasiga va tajribasiga; C. Tarkibiy qismlarning to’liqlik darajasiga; D. Barcha javoblar to’g’ri. 10. Mehnatga haq to’lash xarajat hisoblash biznes rajaning qaysi bo’limida amalga oshiriladi? A. Tashkiliy reja; B. Hodimlar rejasi; C. Xarajatlar rejasi; D. Moliyaviy reja. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling