Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

S
v
v
V
а
а
А
B
B
sh



bu yerda: 
B
1
 va B
sh
 – mahsulotning haqiqatdagi va shartnoma tuzilgan vaqtidagi bahosi
AVSxom-ashyo materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarning mahsulot 
bahosidagi ulushi; 
a
1
va a
0
xom-ashyo materiallarning haqiqiy va shartnoma tuzilgan davrdagi 
o’rtacha bahosi; 
v
1
va v

tovarni haqiqatda sotilgan vaqtidagi va shartnoma tuzilgan paytdagi 
xodimlarning o’rtacha ish haqi. 
Narx korrektirovka qilish iste’molchilarni yo’qotib qo’yishni oldini olish 
maqsadida amalga oshiriladi. 


166 
8.3.Marketingda kommunikatsiya. 
Biznes rejani tuzuvchilar oldida mavjud kommunikatsiya kanallarini tanlash 
vazifasi turadi. Yaxlit holda kommunikatsiya kanallari ikki ko’rinishda bo’ladi: 
shaxsiy kommunikatsiya kanallari va shaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya 
kanallari. 
SHaxsiy kommunikatsiya kanallarida bevosita bir biri bilan muomalada 
bo’luvchi ikki yoki undan ortik shaxslar ishtirok etishadi. SHaxsiy 
kommunikatsiya kanallari ishtirokchilar uchun shaxsiy murojaat qilish va teskari 
aloqalar o’rnatish imkonini berishi bilan samaralidir.SHaxsiy kommunikatsiya 
kanallarini qo’shimcha tarzda tashviqot-targ’ibot, ekspert baholash va ijtimoiy 
maishiy kanallarga bo’lish mumkin. 
Tashviqot-targ’ibot kanalida maqsadli bozorda xaridorlar bilan aloqada 
bo’luvchi firmaning savdo personali xodimlari ishtirok etadilar. 
Ekspert baholash kanalini zaruriy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan mustaqil 
shaxslar tashkil etadilar.Ijtimoiy-maishiy kanalning bosh harakatlantiruvchi 
shaxslari bo’lib, maqsadli xaridorlar bilan suhbatda bo’luvchi qo’shnilar,o’rtoqlar, 
oila a’zolari va hamkasblar hisoblanadi. Bu kanal sifatida ma’lum qilinadi, 
ko’pchilik tovar sohalarida bir muncha faolroq hisoblanadi. 
Qiymati yuqori bo’lgan va yuqori tavakkalchilikka ega bo’lgan tovar 
kategoriyalari bo’yicha xaridlarni amalga oshirishda shaxsiy ta’sir katta ahamiyat 
kasb etadi. Avtomobil va yirik maishiy elektr asboblarini sotib oluvchilar ommaviy 
axborot vositalari manbalariga murojaat qilish bilan cheklanib qolmasdan, balki 
shu sohani biluvchi shaxslarning fikrlarini bilishga ham intiladilar. Birinchi 
navbatda, ko’pchilikning nazariga tushadigan tovarlarga nisbatan, shaxsiy ta’sir 
muhim o’rin tutadi. 
SHaxsiy bo’lmagan kommunikatsiya kanallari - bu shaxsiy kontakt (o’zaro 
aloqa) va kayta aloka mavjud bo’lmagan sharoitda murojaatni uzatuvchi 
(yo’llovchi) axborotlarni tarqatish vositasidir. Reklama - ma’lum haq evaziga 
goya, tovar yoki xizmatlarni ma’lum homiy nomidan ilgari surish, ommaviy 
axborot vositasida taqdim etish shaklidir. 


167 
Reklama AQSH industriyasining eng katta tarmoqlaridan biridir. Amerika 
firmalari o’z mahsulotlarini reklama qilishga mlrd. dollarlab mablag’ sarflashadi.
Reklama iste’molchiga qaratilgan va ularning iste’mol bozoridagi hatti- harakatlari 
hakida bir karorga kelishlariga ta’sir qilishga da’vat etilganligi sababli reklama 
takdim kiladigan xizmatlar bilan va uning tashkil etilishi bilan tanishish foydali 
bo’ladi. 
Reklama iste’molchilar va iqtisodchilar manfaatlariga xizmat qiladi, chunki u 
iste’molchilarni tovar bozoridagi narxlar, so’nggi yangiliklardan xabardor kiladi. 
Reklama ko’pincha narxlar pasayishiga olib keladi. Reklama ommaviy bozorni 
vujudga keltirib, mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini beradi, bu esa ishlab 
chiqaruvchilarga xarajatlarni kamaytirishda ko’maklashadi. Bu tejamdan 
iste’molchi foydalanadi. 
Reklama raqobatni rag’batlantiradi, bundan iste’molchilar va butun jamiyat 
yutadi. Bir firma reklamasi orqali tarmoqdagi boshka barcha korxonalar kamida 
sifatning shu darajasiga intiladilar. 
Reklamadan tushadigan daromad jurnallar va gazetalar xarajatlarning katta 
qismini, tijorat radiosi va TVning butun qiymatini qoplaydi.Reklama iste’mol 
talabini rag’batlantirib, umuman iqtisodiyotga foyda keltiradi.Reklamaning 
jamiyatga ketiradigan zarari. Ko’p kishilar reklama jamiyatga fakat foyda keltiradi, 
degan fikrda emaslar; Reklamaning kamchiliklaridan quyidagilarni ko’rsatib o’tish 
mumkin yani, reklama ko’pincha notug’ri axborot berib, xaridorlarni 
chalkashtiradi.Reklama katta moliyaviy xarajatlarni talab kiladi, bu esa tovarlar 
narxini shiradi. Iste’molchilarda ularga uncha zarur bo’lmagan tovarlarga pul 
sarflash moyilligini keltirib chiqaradi. Ommaviy axborot vositalari reklama 
beruvchilarga qaram bo’lib qoladi, bu esa ularning erkinligini cheklaydi. 
Reklama strategiyasining keng tarqalgan turlari quyidagilardir: chaqirishlar 
(da’vatlar), aql-idrokka murojaat va his-tuyg’uga murojaat. 
Da’vatlar. Bu reklama ko’pincha ma’nosi kam yoki tamomila be’mano 
dabdabali gaplardan foydalanadi: “Agar siz biror bosma mahsulot chiqarmoqchi 
bo’lsangiz, “SHarq”ga murojaat qiling. “SHarq”-matbaachilar sardori!” Bu gap 


168 
hech kimni alday olmaydi, “SHarq” hech qanday sardor emas. Lekin bunday 
da’vatlar hadeb takrorlanaversa, xaridorlarga ta’sir qilmay qolmaydi, degan 
mo’ljalga asoslanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling