Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Tashkiliy reja korxonani boshqarish uslublarini tavsiflashni, boshqaruv tuzilmasini, boshqaruvchi rahbarlarning rezyumesini, bo’limlar orasidagi o’zaro bog’liqlikni, vazifalar va majburiyatlarni taqsimlashni, xodimlar bilan ishlash siyosatini qamrab oladi. Tashkiliy rejaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish manfaatlari, shaxsiy manfaat va xodimlar manfaatini o’zaro moslashtirish bo’lib hisoblanadi. Ushbu bo’limda quyidagilar aniq aks ettirilshi lozim: kim va nima bilan shug’ullanadi, bo’linmalar bir-biri bilan o’zaro qanday aloqa qiladi, ularning faoliyatini qay tariqa muvofiqlashtirish va nazorat qilish mumkin, boshqaruv komandasining asosiy a’zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlanadi va ular qay tarzda bir-birini to’ldirib turadi? U yoki bu tuzilma birliklari zimmasiga qaysi majburiyatlar yuklatiladi? Tashkiliy chalkashliklar sababli ko’p hollarda eng umidli loyihalarning ham barbod bo’lishi mumkinligi tufayli bunday axborot marketing, moliya va ishlab chiqarishni boshqarishga qodir bo’lgan boshqaruv komandasini ham ko’rish istagida bo’lgan investor va bankirlarni ham qiziqtiradi Aytish mumkinki, menejment va tashkiliy rejani ishlab chiqish biznes-rejaning boshqa bo’limlaridan avval ishlab chiqilishi zarur. Har qanday ishning muvaffaqiyatga erishuvini investitsiyalar, moliyaviy, moddiy va boshqa resurslardan tashqari, birinchi navbatda mutaxassislar, o’z kasbining ustalari belgilab beradi . Ushbu bo’limning aniq va muayyan to’ldirilishi korxona turi va mulkchilik shakliga bog’liq bo’ladi. Agar gap davlat korxonasi haqida borayotgan bo’lsa, bu holda bo’ysunish tizimi va davlatning korxona xo’jalik faoliyatiga aralashuvi chegaralari ko’rsatilishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatida esa direktorlar kengashi, asosiy rahbarlarning vazifalari aks ettirilishi, aktsiyadorlik kapitalining aktsiyadorlar o’rtasida qay tariqa taqsimlanishi belgilab olinishi lozim. Korxona |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling