Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
XIII BOB. XODIMLARGA TALABNI REJALASHTIRISH
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
XIII BOB. XODIMLARGA TALABNI REJALASHTIRISH
Tayanch so’z va iboralar: kadrlar tarkibi va strukturasi; ish vaqti balansi, ishchilarning haqiqiy va ro’yxatdagi soni, ishchilar sonini rejalashtirish usullari, ishchilar sonini yiriklashtirilgan usulda rejalashtirish, ishchilar soni bo’yicha iqtisod. 13.1. Korxona xodimlari tarkibi va tuzilmasi Korxona xodimlarini barcha kategoriyalar bo’yicha rejalashtirish mehnat bo’yicha rejaning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ishchilar sonini to’g’ri rejalashtirish ish haqi fondini, mahsulot tannarxini rejalashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ma’lumki, korxonada barcha xodimlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga sanoat ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlar kiradi. Ikkinchi guruhga nosanoatda band bo’lgan xodimlar kiradi. O’z navbatida sanoat xodimlari quyidagi toifalarga bo’linadi: 1. Rahbarlar; 2. Mutaxasislar; 3. Xizmatchilar; 4. Ishchilar; 5. Kichik xizmat ko’rsatuvchilar; 6. Qorovullar; 7. O’quvchilar. Korxonada ro’yxatdagi ishchilar soniga barcha kategoriyada doimiy, mavsumiy va 5 kundan kam bo’lmagan muhlatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan xodimlar kiradi. Bundan tashqari korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan ortiq ishga qabul qilinganlarni ham kiritish mumkin. Ro’yxatdagi ishchilar korxonaga xodimlarning ishga qabul qilingan kundan boshlab hisoblanadi. 216 Korxona (birlashma) xodimlarni ro’yxatiga ishga kelib ma’lum bir ishni bajarayotganlardan tashqari ba’zi bir sabablar tufayli ishga kelmagan ishchilar va quyidagilar kiradi: 1. Muddatidan qat’iy nazar xizmat komandirovkasida bo’lgan xodimlar; 2. Navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqqan ishlovchilar; 3. Dekret ta’tili va bola tug’gandan keyin imtiyozli qo’shimcha 3 yilgacha ta’tildagi ayollar; 4. Kasalligi sababli ishga chiqmagan ishlovchilar; 5. Davlat va jamoat ishlarini bajarish bo’yicha ishga kelmagan, administratsiya ruxsati bilan uzrli sabablarga ko’ra ishga kelmagan, korxonaning ish grafigiga ko’ra dam olish ruxsatiga ega, dam olish va bayram kunlarida ishlaganligi uchun ta’tildagi ishlovchilar hamda progul qilgan shaxslar; 6. Vaqtinchalik qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan ishlovchilar (agar ular korxonadan to’liq yoki qisman ish haqi olsalar); 7. Korxona tomonidan ishdan ajratilgan holda malaka oshirishga yuborilganlar. 8. Sinov (sharti) muhlati bilan ishga qabul qilingan ishchilar. Bu ishlovchilar ro’yxat tarkibiga ishga chiqqan birinchi kunidanoq, belgilangan kategoriya va mansabi bo’yicha kiritilgan; 9. Korxonaning asosiy faoliyati bo’yicha 1 kundan ortiq muddatga vaqtinchalik ishga qabul qilingan xodimlar; 10. Korxonadan tashqarida naryadlar bo’yicha ishlovchi shaxslar, agar ular ushbu korxonadan ish haqi olsalar; 11. Korxonaning xom-ashyo va materiallaridan foydalanib, uyda mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) bilan band bo’lgan xodimlar; 12. Vaqtinchalik ishga qabul qilingan, qishloq xo’jalik ishlarida band bo’lgan ishchilar. Hisobot oyi uchun o’rtacha ro’yxatdagi ishchilar soni, hisobot oyida bayram va dam olish kunlarini hisobga olgan holdahamma kalendar kunlardagi ishchilar soni yig’indisini, bu davrning kalendar kuniga bo’lish orqali aniqlanadi. Bundan 217 bayram va dam olish kunlaridagi ishlovchilar soni oldingi ish kunidagi ro’yxatdagi ishchilar sonini teng deb qabul qilinadi. Masalan: ishlovchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni hisobi: Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling