Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga tegishli test savollari
Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Korxonaning tashkiliy reja bo`limida qanday masalalar yoritiladi? 2. Tashkiliy strukturani tuzishda qanday prinsiplarga rioya qilinadi? 3. Xodimlarni boshqarishni tashkil etishga qanday yondashuvlar mavjud? 4. Tashkiliy struktura sxemasi qanday punktlardan tashkil topadi? 5. Xodimlarni boshqarishda qanday savollar xal etiladi? 6. Tashkiliy reja sxemasini tuzish uchun qanday xujjatlar talab etiladi? 7. Malaka matritsasi qanday maqsadda tuziladi? 8. Malaka matritsasi qanday tuzilishga ega? 9. Tashki bozordagi faoliyat uchun malaka matritsasining farqi nimada? 10. Kadrlarni tanlash va joy–joyiga qo`yishda qanday talablarga rioya qilinadi? Mavzuga tegishli test savollari: 1. Tashkiliy reja mazmuni quyidagilardan iborat. A. Xodimlar faoliyatini nazorat qilish tizimini shakllantirish; B. Boshqaruv struktrasini shakllantirish; C. Xodimlar orasida majburiyatlarni taqsimlash tizimini shakllantirish; D. Mulkchilik masalalarini hal qilish. 2. Boshqarishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat. A. Majburiyatlarni optimal taqsimlash; B. Rahbarning axborot bilan ta’minoti; C. Yakkaboshchilik, nazoratning mavjudligi; D. Barcha javoblar to’g’ri. 3. Ihtisoslashuv, yakkatartibdagi javobgarlik, xodimlarni ma’lum bir muddatga yollash bu – ? A. Xodimlarning boshqarishning Yapon usuli; 212 B. Xodimlarning boshqarishning Amerika usuli; C. Xodimlarning boshqarishning individual usuli; D. Xodimlarning boshqarishning Koreys usuli. 4. Qarorlarning kollektiv tarzda qabul qilish ixtisoslashmagan holat, mansab bo’yicha sekin harakat bu – ? A. xodimlarning boshqarishning Yapon usuli; B. xodimlarning boshqarishning Amerika usuli; C. xodimlarning boshqarishning individual usuli; D. xodimlarning boshqarishning Koreys usuli. 5. Boshqaruv strukturasining chiziqli shakli quyidagilarni ko’zda tutadi. A. Boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbarida toplanib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish bo’g’inlari unga bo’ysunishni; B. Rahbarlar va ishlab chiqarish bo’g’inlarining faoliyati ixtisoslashtiriladi, har bir boshqaruv muayyan vazifalarni biriktirish; C. Har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi tashkil etish; D. Korxonada gorizantal aloqalarni yo’lga qo’yish va ularni turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog’lashni ta’minlash. 6. Boshqaruv strukturasining funksional shakli quyidagilarni ko’zda tutadi. A. Boshqarishning hamma funksiyalari korxona rahbarida toplanib, barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish bo’g’inlari unga bo’ysunishni; B. Rahbarlar va ishlab chiqarish bo’g’inlarining faoliyati ixtisoslashtiriladi, har bir boshqaruvga muayyan vazifalarni biriktirish; C. Har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan hizmatlar, maslahatchilar kengashi tashkil etish; D. Korxonada gorizantal aloqalarni yo’lga qo’yish va ularni turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog’lashni ta’minlash. 7. Boshqaruv maqsadi bu – ? A. Obyektning kelgusidagi istalgan holati; B. Faoliyatni aniq sohaga, ishga yo’naltirish; 213 C. Xodimlar orasida majburiyatlarni taqsimlash va uni nazorat qilish; D. Topshiriqlarni shakllantirish va xodimlarga yetkazish. 8. Xodimlarni boshqarish bu – ? A. Xodimlarning jismoniy va intelektual qobiliyatlaridan maksimal foydalanish maqsadida ularning ehtiyojlariga qiziqishlariga turli vositalar va uslublar bilan ta’sir ko’rsatish; B. Xodimlarni ishga yollash, ularga topshiriqlarni belgilash, ish haqini tashkil etish, kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan faoliyat; C. Xodimlarning jismoniy va aqliy qobiliyatidan maksimal foydalanishga qaratilgan chora-tadbilrlar tizimi; D. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, ular orasida mehnat taqsimotini amalga oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kadrlar malakasini oshirish, kadrlar mehnat faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish, xodimlarni lavozim bo’yicha harakatini ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlar tizimi. 9. Kadrlar bilan ishlash siyosati quyidagilarni ko’zda tutadi ... A. Xodimlarning jismoniy va intelektual qobiliyatlaridan maksimal foydalanish maqsadida ularning ehtiyojlariga qiziqishlariga turli vositalar va uslublar bilan ta’sir ko’rsatish; B. Xodimlarni ishga yo’llash, ularga topshiriqlarni belgilash, ish haqini tashkil etish, kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan faoliyat; C. Xodimlarning jismoniy va aqliy qobiliyatidan maksimal foydalanishga qaratilgan chora-tadbilrlar tizimi; D. Kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, ular orasida mehnat taqsimotini amalga oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kadrlar malakasini oshirish, kadrlar mehnat faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish, xodimlarni lavozim bo’yicha harakatini ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlar tizimi. 10. Tashkiliy rejada quyidagi masalalar yoritiladi ... A. Direktorlar kengashi, boshqaruv komandasining asosiy a’zolari orasida vazifalarni taqsimlash, javobgarlik, maosh, xodimlarning ish tajribalari; 214 B. Rezyume, nazorat turlari, aksiyalar va mukofot summalari, oilaviy sharoiti va tavsiyanomalar. C. Korxonaning direktorlar kengashi va investorlar; D. Mansablar ro’yxati, ustama harajatlar, vazifalar, ishchilarning yollash shartlari, mansab aklatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling