Ismlar. Ismlarning munosabat shakllari


Download 9.21 Kb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi9.21 Kb.
#1337572
  1   2   3
Bog'liq
fe\'l 1 qism

Fe’l so`z turkumi. Fe’lning nisbat shakllari.


Nima qilmoq?, nima bo’lmoq? so’roqlariga javob bo’lib, shaxs yoki narsalarning harakati, holatini ifodalagan so’z turkumi fe’l deyiladi.
Fe’llar nimani atab kelishiga ko’ra harakat fe’llari va holat fe’llariga bo’linadi:
Harakat fe’llari – shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro’y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar hisoblanadi.
Holat fe’llari – shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o’tish jarayonini ifodalovchi fe’llar sanaladi.

chopmoq, kuylamoq


sug’ormoq, qaytarmoq
gapirmoq, qichqirmoq
to’xtamoq tashlamoq
yugurmoq qimirlamoq
qizarmoq, jimirlamoq
ulg’aymoq, o’smoq
taralmoq, fikrlamoq
qotmoq, ikkilanmoq
o’ylamoq, eshitilmoq
Porlamoq, unmoq
Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to’kdi va boshqalar.
Tafakkur fe’llari: o’ylaydi, o’qidi, kashf qildi kabi.
Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi.
Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo’ldi, qayg’urdi, iztirob chekdi.
Nutq fe’llari: gapirdi, so’zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming’irladi, do’ng’illadi.
Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko’zini qisdi.
Jismoniy holat fe’llari: og’ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog’aydi, kuchaydi, charchadi.
Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yetdi, uxladi va boshqalar.
Ko’rish fe’llari: qaradi, ko’rdi, boqdi, termuldi
Fe’l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi:
Harakat-holatning kuchli-kuchlisizligiga ko’ra farqlanishi: jilmaymoq – kulimsiramoq – kulmoq.
Ijobiy va salbiy bahoga ega bo’lishligiga ko’ra: kulmoq – tirjaymoq; so’zlamoq – to’ng’illamoq, ming’irlamoq.
Uslubiy xoslanishiga ko’ra: kulmoq (umumiste’moldagi so’z) – tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so’zlamoq (umumiste’moldagi so’z) – nutq ijod qilmoq (badiiy uslubga xos) kabi

Download 9.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling