Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Popurri yoki ijodiy mashqlar
Mening vaqt pirogim
Bu o„yin ham rag„batlantiruvchi o„yinlardandir. O„yinni o„tkazishdan maqsad: – o„z faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy ma‟lumotlar bilan fikr almashishni rag„batlantirish; – o„z kun tartibini to„g„ri rejalashtirishda sinf talabalarining qo„llab- quvvatlashlaridan foydalanish. Bu o„yinni o„tkazish uchun 12–15 minut vaqt ajratiladi. Kichik guruhlar 4-6 o„quvchidan oshmasligi kerak. O„qituvchi o„yin shartlarini tushuntiradi: – Men sizlarga hozir bir varaqdan qog„oz va bir nechtadan rangli qalamlar tarqataman. O„z kun tartibingizni pirog shaklida chizing. Masalan: 65 Ikkinchi pirogni ham chizing. Unda kun tartibingiz qanday bo„lishi aks etsin. Bu o„yin talabalarni vaqtdan unumli foydalanishga uydagi faoliyat mazmuniga e‟tibor berishga o„rgatadi, uzluksiz ta‟lim samaradorligini ta‟minlaydi. Popurri yoki ijodiy mashqlar Bu o„yin ijodkorlikka da‟vat etuvchi o„yinlardandir. O„yinni o„tkazishdan maqsad: – tasavvurni o„stirishga da‟vat etish; – guruh bo„lib ishlashdagi zerikarli bir xillikni o„zgartirish. Kichik ijodiy guruh a‟zolari 8 o„quvchidan oshmasligi kerak. O„yin uchun 10 minut vaqt ajratiladi. O„yinni o„tkazish uchun tavsiyalar: 1. Guruh a‟zolari davra qurib o„tiradilar. Sinf derazasiga yaqin o„tirgan o„quvchini tasavvurida tug„ilgan qisqa jumlani aytadi (1–2 gapdan oshmasin). Masalan: Kuz keldi. Daraxtlarning bargi sarg„aymoqda. Navbatdagi o„quvchi uzoq o„ylamasdan bog„li matn tuzishni davom ettiradi. Guruh a‟zolari mavzu bo„yicha bog„li matn tuzishda assotsiatsiya, kontrast va 66 alternativ holatlarni hisobga oladilar, har bir qatnashchi 2–3 jumladan qo„shib, matn tuzishda qatnashadi. So„ngra guruh a‟zolari mashq natijalarini muhokama etadilar. 2. Muhokamani sinf eshigiga yaqin o„tirgan qatnashchi boshlab beradi. Uning chap tomonidagi o„quvchi muhokamani davom ettiradi (Mavzu: "Kuz". Tayanch tushunchalar: hosil fasli, mehnat samarasi, hosil bayrami, o„zbek xalq bayramlari, qovun sayli, shirinak o„yini...). Muhokama davomida ijodiy tuzilgan bog„li matnning izchil rejasi tuziladi. 3. O„yin o„qituvchining sharhi bilan yakunlanadi. Mazkur o„yin orqali talabalarning tasavvur kuchi tekshiriladi. Jamoa bo„lib bog„li matn tuzish ko„nikmasi hosil qilinadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling