Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


maktabgacha ta`lim uslubiyoti kafedrasi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

maktabgacha ta`lim uslubiyoti kafedrasi 
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Har bir fan o„zining uzluksiz taraqqiy etib borish bosqichlariga egadir. 
Fan rivojiga salmoqli ta‟sir ko„rsatadigan yangi tarixiy bosqich arafasi odatda 
keng ko„lamdagi bahslar, keskin munozaralardan holi bo„lmaydi. Bularda, 
shubhasiz, oldingi va navbatdagi bosqichlarning o„zaro munosabati, yangi 
taraqqiyot bosqichi oldida turgan muammo va masalalar, ularni tadqiq etish 
yo„llari yuzasidan ilgari surilgan fikrlar (qarashlar) ilm ahlining diqqat 
markazida turadi.
O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni va “Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi” hamda ularning hayotga tatbiq etishni ta‟minlovchi 
hukumat qarorlari shaklidagi me‟yoriy hujjatlar asosida respublikamizda 
uzluksiz ta‟lim tizimining poydevori yaratildi. Uzluksiz ta‟limning barcha 
bo„g„inlarini boshqarish, jahon andozalari va zamon talablari darajasida 
yo„lga qo„yish, ularning har biri uchun xos bo„lgan xususiyatlar va 
imkoniyatlarni hisobga olgan holda, ta‟lim-tarbiyaning yangicha tizimini 
shakllantirish mustaqil O„zbekiston taraqqiyotining negizi sifatida kun 
tartibiga qo„yildi.
Ma‟lumki, fikrni bayon etish va tafakkur qilish nutq orqali amalga oshadi. 
O„quvchida tafakkur qanchalik rivojlantirilsa, uning fikr bayon qilish 
mahorati shunchalik yuqori bo„ladi.
Davrimiz hozirgi yosh avloddan fikrlash va fikr mahsulotini to„g„ri 
ifodalashni talab qilar ekan, o‟quvchilarda bu ko„nikmalarni rivojlantirish 
uchun yangidan-yangi usul va metodlardan foydalanishimiz kerak.
Ta‟lim-tarbiya jarayonining barcha jihatlarini qamrab oluvchi davlat 
ta‟lim standartlari bugungi kunda yosh avlodning Vatanga sadoqat, yuksak 
axloq, ma‟naviyat va ma‟rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo„lish 



hamda o„zi sevgan kasbini mukammal egallash yo„lida qunt bilan bilim 
olishlari uchun kafolat bo„lib xizmat qilmoqda.
Mazkur o„quv-metodik qo„llanmada oliy o„quv yurti talabalariga “Nutq 
madaniyati” fanini o„qitish uchun yangi pedagogik texnologiya asosidagi 
innovatsion metodlardan foydalanish bo„yicha metodik tavsiyalar berilgan. 
Xususan, o‟quvchilarning “Nutq madaniyati” fanini oliy o„quv yurtlarida 
o„rganishga bag„ishlangan darslarda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan 
ishlash”, Bahs-munozara, musobaqa o„yin, ma‟ruza dars usullaridan 
foydalanishning ahamiyati yoritildi. 
Qo„llanmada didaktik ish turlari talabalarning retseptiv (qabul qilish), 
reproduktiv (o„zlashtirish, qayta ishlash) va ijodiy faoliyatlari ko„zda tutilgan 
hamda ana shu 3 bosqichli faoliyatni maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish 
hisobga olingan. Bu hol o„qituvchining ijodiy imkoniyatlarigina emas, balki 
har bir o„quvchining ham yaratuvchilik salohiyatini uyg„otish va ishga 
solishga xizmat qiladi.
O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustida bo„lib 
o„tgan sessiyasida quyidagilarni aytgan edi: “Biz shoshilmasdan, asosiy 
maqsaddan og„ishmay, izchillik bilan milliy dasturni amalga oshirishimiz 
lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzand-
larimizning jamiyatda o„z munosib o„rnini topishlariga xizmat qiladi.
Ularning kasbiy va ta‟limiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va 
egallashlari uchun huquqiy me‟yorlarni, tashkiliy ruhiy-pedagogik shart-
sharoitlarni ta‟minlashga ko„maklashadi. Yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, 
oila oldida o„z mas‟uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib 
tarbiyalashga zamin bo„lib xizmat qiladi”
1
. Shundan so„ng Prezidentimiz 
kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko„rsatishining asosiy 
1
И. А. Каримов. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. “Ўзбекистон”, 1997, 14-бет.



tamoyillari xususida so„z yuritib, Davlat ta‟lim standartlarini joriy etish va 
ularning faoliyat ko„rsatish mexanizmini ishlab chiqish lozimligini uqtirgan 
edi. Ta‟lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri – ta‟lim-
tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta‟minlash, ta‟lim 
tizimining ilg„or tajribalarini o„rganish va ularni dars jarayoniga tatbiq 
etishdan iboratdir.
Bugungi 
pedagogik 
texnologiya 
o„quvchida 
tashabbuskorlikni, 
mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o„zlashtirishni, kuzatuvchanlikni, 
xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalovchi usullarni qo„llashni talab etadi.
Hozirgi kunda fidoyi o„qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali bir qancha 
zamonaviy ta‟lim usullari ishlab chiqildi. Bunday usullardan samarali 
foydalanish uchun, avvalambor, o„qituvchi o„z fanini puxta bilishi, ilg„or 
zamonaviy o„qitish usullaridan yaxshi xabardor bo„lib, ulardan samarali 
foydalanish yo„llarini kashf eta olishi lozim. Shundagina o„qitish sifati ham, 
talabalarning fanni o„zlashtirish darajasi ham yuqori bo„ladi.
Ushbu qo„llanmada innovatsion metodlardan foydalangan holda, turli xil 
dars ishlanmalari berildi. Garchi mavzular ma‟ruza usulida bayon etilgan 
bo„lsa-da, darsning mustahkamlash qismida “Musobaqa-o„yin” tarzida va shu 
bilan birga turli didaktik o„yinlar – “O„yla, izla, top!”, “Gul sayri”, “So„zdan 
so„z”, “Iste‟dod”, “Tezkorlik”, “O„z o„rningni top!”, “Muqaddima bizdan, 
xotima sizdan”, “Mening gulim”, “Mushtni ochish”, “Videotopishmoq”, 
“Insert”, “Qarorlar shajarasi” kabilardan foydalanildi. “Ma‟naviyat” va “Dam 
olish daqiqalari” talabalarning bilim olishga qiziqishlarini orttiradi va 
darsning faol ishtirokchisi bo„lishlarini ta‟minlaydi. Zero, yangi pedagogik 
texnologiyaning asl mazmuni ham mana shunda.
Yangilangan ijtimoiy, badiiy va pedagogik tafakkurga xos xususiyatlarni 
hisobga olib yaratilgan mazkur uslubiy qo„llanma nutq madaniyati bilan 
qiziquvchilarga eng yaqin ko„makchiga aylanadi, degan umiddamiz. 



1-mashg„ulot. TILNING IJTIMOIY MOHIYATI 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling