Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
III MASHG„ULOT. NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning jihozi
- O„tilgan mavzu
- 3. Olimlarimizning nutq madaniyatiga oid fikrlaridan keltira olasizmi 4. Savodxonlik nimalarga asoslanadi
- Yangi mavzu bayoni
III MASHG„ULOT. NUTQNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Darsning maqsadi. a) ta’limiy maqsad: o‟quvchilarga nutqning asosiy xususiyatlari haqida ma‟lumot berish; b) tarbiyaviy maqsad: o‟quvchi ekologik tarbiya berish; v) rivojlantiruvchi maqsad: talabalar nutqiy xususiyatlarini yanada rivojlantirish. 19 Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, qo„shimcha adabiyotlar, ko„rgazmali vosita, ma‟ruza matni. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davlat madhiyasini aytish. Navbatchi axboroti. O‟quvchilarning, xonaning darsga tayyorligini o„rganish. O„tilgan mavzu: Nutqiy savodxonlik va nutq madaniyati asoslari. Mavzu yuzasidan talabalarga savolli kartochkalar tarqatiladi. O‟quvchilar javob beradilar. 1. “Nutq madaniyati” deganda nimani tushunasiz? 2. Nutq madaniyati qoidalariga o„rganish nima uchun kerak? 3. Olimlarimizning nutq madaniyatiga oid fikrlaridan keltira olasizmi? 4. Savodxonlik nimalarga asoslanadi? O‟quvchilardan savolllarga javob olingandan so„ng, uyga berilgan topshiriq tekshiriladi. Bir-ikki o„quvchiga o„qitiladi. So„ng o„qituvchi bu mavzuni xulosalaydi. Yangi mavzu bayoni reja asosida olib boriladi. 20 Darsning rejasi: 1. Nutqning to„g„riligi. 2. Nutqning aniqligi. 3. Nutqning mantiqiyligi. 4. Nutqning tozaligi. 5. Nutqning ta‟sirchanligi. Nutq so„zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko„rinishi bo„lib, u faqatgina tilga bog„liq sanalmasdan, shu bilan birga, ham ruhiy, ham estetik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun ham unga namunaviy nutq sifatida baho berilganda tinglovchi va kitobxonga ko„zda tutilgan maqsadning, aytilmoqchi bo„lgan muddaoning to„liq borib yetishi, ularga ma‟lum ta‟sir o„tkazishi nazarda tutiladi hamda bu vazifalarning amalga oshirishda nutq oldiga ayrim talablar qo„yiladi. Bu talabalar grammatik ji-hatdan nutqning to„g„ri bo„lishini, so„zlar ko„zlangan ma‟noni aniq aks ettirishini, chiroyli, yorqin va ta‟sirchan bo„lishini taqozo qi-ladiki, ular nutqning asosiy xususiyatlari sifatida qaraladi. Nutq haqidagi ta‟limot – ortologiya ana shu sifatlarni o„rganish bilan shug„ullanadi. Qadigmi davrlarda ham nutqning bu jihatlariga alohida e‟tibor berib kelishgan. Masalan, rimliklar namunaviy nutqning sifatlarini o„zida aks ettiruvchi qoidalar ishlab chiqishgan Mashhur notiq sitseron fikricha, aniqlik va tozalik nutq uchun shunchalik zarurki, ularni asoslab o„tirishning ham hojati yo„q. Ammo notiq tinglovchilarni o„ziga jalb qilishi uchun bu sifatlar hali yetarli emas. Buning uchun nutq jozibador bo„lishi ham kerak. Notiq Dionis Galikarnas esa nutqda maqsadga muvofiqlikni muhim deb hisoblagan. Agar nutq ma‟lum vaziyat va shart-sharoitlarda amalga oshirili-shi nazarga olinsa, bunda joy, vaqt, mavzu va muloqot jarayonining maqsadi kabi omillar katta ahamiyatga ega bo„ladi. Aytilganlarni qisqacha 21 umumlashtiradigan bo„lsak, nutqning asosiy xususiyatlari sifatida quyidagilarni belgilash lozim bo„ladi: to„g„rilik, aniq-lik, mantiqiylik, ta‟sirchanlik, timsollilik, tushunarlilik va maqsadga muvofiqlik. Quyida ular haqida qisqacha ma‟lumotlar beriladi: Savol: – Talabalar, nutqning asosiy xususiyatlari qaysilar ekan? Talabalar javob beradilar: – Nutqning asosiy xususiyatlariga to„g„rilik, aniqlik, mantiqiylik, tozalik, ta‟sirchanlik kiradi. Bundan tashqari nutqning timsollilik, tushunarlilik, maqsadga muvofiqlik kabi xususiyat- lari ham mavjud. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling