Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
Nutqning to„g„riligi
Nutqning to„g„ri bo„lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to„g„ri tuzilgan bo„lishi tomonlarning – so„zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o„quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta‟minlaydi. Agar nutq to„g„ri bo„lma-sa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo„lmaydi. Demak, nutqning to„g„ri bo„lishi dastlab uning adabiy til me‟yorlariga muvofiq kelishi bo„lib hisoblanadi. Nutqning to„g„ri bo„lishi asosan ikki me‟yorga – urg„u va gramma-tik me‟yorga amal qilishni taqozo etadi. Nutq jarayonida ma‟noni to„g„ri anglatish uchun so„zdagi bo„g„in, gapdagi so„z urg„usining to„g„ri ishlatishiga e‟tibor qilishimiz lozim bo„ladi. Nutq qurilishining grammatik shakllarini farqlay olish so„z-larni mazmuniy bog„lanishlariga qarab joylashtirish grammatik me‟yorlarni belgilar ekan, nutqning to„g„ri ifodalanishi uchun gap tuzish qoidalarini o„zlashtirish, o„zak va qo„shimchalar o„rtasidagi munosabatlarni, ega-kesim 22 mosligini, ikkinchi darajali bo„laklarning ularga bog„lanish yo„llarini yaxshi anglash lozim bo„ladi. Aks holda nutqda kamchilik ro„y beradi. Misol: Alfavitimizga qo„shimcha harflar kiritish yoki chiqarish bilan nutq madaniyatimizni oshirish uchun imkoniyat yaratilmay, balki nutq madaniyatimiz takomillashuvida chalkashlik sodir bo„lishi mumkin emasmi? (Gazetadan). Nutqda sintaktik me‟yorlarning buzilishi ham kuzatiladi. Shukrullo, Mirmuhsin, Turob To„la, Po„lat Mo„min asarlari sin-taksisini tahlil qilgan F. Is‟hoqov bu buzilishlarni tanqid qi-lib, quyidagi misollarni keltiradi: so„z tartibining buzilishi: Otabek farzandiga kim kuyar axir, O, naqadar og„ir farzandning dog„i. (Shukrullo) G„alvirakning o„zi xunuk, lekin mag„zi soz bo„lur, Pistaning ham qattig„idan ochiq og„zi soz bo„lur. (Shukrullo) Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling