Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

b) tarbiyaviy maqsad: o‟quvchilarda nutqiy odob, nutqiy savodxonlikni 
shakllantirish;
v) 
rivojlantiruvchi 
maqsad
o‟quvchilarda notiqlik madaniyatini 
shakllantirish.
Darsning jihozi: darslik, qo„shimcha adabiyotlar, ma‟ruza matni, 
grammatik o„yin, tarqatma materialar.
Darsning borishi. Tashkiliy qism:
Salomlashish. Davlat madhiyasini aytish. Navbatchi axboroti. Sinf 
ozodiligini va o‟quvchilarning darsga tayyorgarligini ko„zdan kechirish.
O„tilgan mavzu: Tilning ijtimoiy mohiyati.
Mavzu yuzasidan quyidagicha savolli kartochkalar tarqatiladi:
1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o„rin tutadi? 
2. Til va madaniyat tushunchalari o„rtasidagi bog„liqlik nimadan iborat? 
3. “Til robitai vositai olamiyondur” (A. O„tar) jumlasini izohlang. 
 
4. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi? 
 
5. Fikrlash va so„zlash o„rtasidagi bog„liqlik va farqni tushuntiring. 
O‟quvchilardan savollarga javob olingach, zarur o„rinlari to„ldiriladi va 
xulosalanadi. Shundan so„ng uyga berilgan vazifa ko„rib chiqiladi va qanday 
bajarilganligi ayrim o‟quvchilarga o„qitib ko„rish orqali tekshirib boriladi.


13 
Yangi mavzu e‟lon qilinib, sinf yozuv taxtasiga yoziladi. Mavzu 
ma‟ruza usulida reja asosida olib boriladi.
Reja
1. Nutq madaniyati tushunchasi.
2. Nutqiy madaniyatni shakllantiruvchi omillar.
3. Nutqiy savodxonlik o„lchovlari.
4. O„zbek nutqidagi kamchiliklar va ularni tuzatish yo„llari.
Nutq madaniyati – tilning tuganmas boyligini egallashdir. Nutq 
madaniyatini egallash orqali kishi yetuklik sari bir qadam tashlagan bo„ladi. 
Insoniyat umummadaniyatining katta tarkibiy qismini nutq madaniyati 
tashkil etadi
1
.
Nutq madaniyati – tor ma‟noda – til me‟yorlarini egallamoq, ya‟ni 
tafakkur, urg„u, so„z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilmoq, 
shuningdek, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va 
maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o„qish madaniyatini egallash 
demakdir.
Nutq madaniyati atamasi adabiyotlarda asosan ikki xil ma‟noda
ishlatiladi: Birinchidan, nutq madaniyati deyilganda, nutqning fazilatlari 
(sifatlari) yig„indisi, bu fazilatlarning tizimi tushuniladi; ikkinchidan nutq 
madaniyati atamasi namunaviy nutq sirlarini egallash haqidagi ta‟limotni 
anglatadi
2
.
Nutq madaniyati tushunchasi bu, avvalo, to„g„ri va shu bilan birga yaxshi 
so„zlash, ya‟ni madaniy-nutqiy protsess demakdir. Ammo madaniy gapirish 
uchun nutqda xizmat qiluvchi madaniy vositalar, ya‟ni aniqrog„i madaniy til 
1
Х. Аҳмедова. “Ўқитувчи нутқи маданияти” (Маъруза матнлари). Қўқон, 2003, 30–31-бетлар.
2
Х. Аҳмедова. “Ўқитувчи нутқи маданияти” (Маъруза матнлари). Қўқон, 2003, 32–33-бетлар. 


14 
vositalari lozim bo„ladi. Shunga ko„ra aytish mumkinki, madaniy nutq ikki 
omil asosidagina yuzasiga chiqa oladi: a) madaniy til (adabiy til) 
vositalarining mavjudligi; b) ushbu madaniy til vositalaridan gapirganda yoki 
yozganda maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish.
Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, 
ikki xil talqin qilinishi va nomlanishi lozim bo„ladi.
1. Til madaniyati.
2. Nutq madaniyati yoki so„zlashuv madaniyati.
Tilshunoslikda nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va so„zlash 
madaniyati tushunchasiga ajratish izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki 
tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda, nutq madaniyati yoki til 
madaniyati atamasi bilan yuritilmoqda.
Nutq madaniyati tilda ma‟lum me‟yorda keltirilgan til birliklarining 
nutqda, qo„llanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan 
asoslaydi hamda bu me‟yorga amal qilishni ma‟lum ma‟noda nazorat ham 
qilib boradi. Nutqdagi nutq va kamchiliklar tashkil qilinib, kamchiliklarni 
tugatishning eng ma‟qul yo„llari ko„rsatib turiladi.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning 
taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va 
jamoat arboblarining, pedagoglar va matbuot xodimlarining hamma 
jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa, mustaqillik davrida 
tilshunos 
olimlarimiz, 
shoir-yozuvchilarimiz 
va 
jurnalistlarimizning 
xizmatlari katta bo„ldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning 
ko„pgina yo„nalishlari bo„yicha qat‟iy me‟yorlar belgilandi, ona tilimiz 
rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olinib o„tgan holda til 
birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya 
etildi, til tizimidagi ko„pgina munozarali masalalar o„zlarining nazariy 
asosiga qo„yildi.


15 
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda 
me‟yorlashuvida yozuvning xizmati katta bo„lib kelayotganligi shubhasiz. 
Nafaqat tilning me‟yorlashuvi, balki dunyo xalqlari taraqqiyotida ham 
yozuvning o„rnini chetlab o„tib bo„lmaydi. Zero, har bir xalq, millat 
sivilizatsiyasi u yaratgan yoki foydalangan yozuvga ham bog„liq.
O„zbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va 
madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan o„rni, egallagan 
mavqei haqida so„z yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida 
foydalanib kelgan oromiy, yunon, haroshta, sug„d, xorazm, kushon, eftalit, 
pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyg„ur, arab, lotin, rus (kirillsa) 
yozuvlarini 
va 
yana 
lotin 
yozuvi 
asosidagi 
o„zbek alifbosiga 
o„tayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, o„zbek adabiy tilining 
shakllanishi, shubhasiz, o„zbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan 
yozuv madaniyatining takomili hamdir.
Shunday qilib, o„zbek adabiy tilining qanchalik me‟yorga keltirilganligi 
va unga qay darajada amal qilinishi umummilliy o„zbek madaniyatining 
taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan sanalar ekan, bu muammo bilan 
shug„ulanish ziyolilar, xususan tilshunoslarning bundan keyin shug„ullanishi 
va hal qilishi lozim bo„lgan dolzarb vazifasi bo„lib qolaveradi.
Aqliy hujum uchun savollar:
1. “Nutq madaniyati” deganda nimani tushunasiz?
2. Nutqiy madaniyatni shakllantiruvchi omillar qaysilar?
3. Nutq madaniyatida me‟yorning o„rni qanday?
O‟quvchilar bu savollarga javob berishga harakat qiladilar. O„qituvchi bu 
javoblardan ularning mavzuni qay darajada tushunganliklarini tekshirib 
ko„radi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling