Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
Yangi mavzu bayoni. Reja asosida ma‟ruza usulida olib boriladi.
R Ye J A: 1. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi. 2. Til va tafakkur birligi. 3. Til va nutq. 4. Fikr va nutqning o„zaro bog„liqligi. 5. Til va jamiyat. 6. O„zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni. Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jihatdan tilning ahamiyatini hech narsaga qiyoslab bo„lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. 9 Akademik V. V. Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta‟kidlagan edi: aloqa, xabar, ta‟sir etish 1 . Til insonlar o„rtasida aloqa vositasi bo„lishi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to„g„risida xabar berishidan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma‟lum ta‟sir o„tkazish, hissiyotini qo„zg„atish kuchiga ham ega. Tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo„lamiz. “Til va tafakkurning birligi nutqda o„z ifodasini topadi. Nutq og„zaki va yozma holda mavjud bo„lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya‟ni hissiy idrok etadigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo„lib qoladi” 2 . Ma‟lum bo„ladiki, til nutqning o„ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta‟sir etish, shu bilan birga imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasida kishilik jamiyati to„plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug„vor ijtimoiy vazifani bajaradi. Til va nutq tizimida me‟yor ham o„z o„rniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me‟yorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, me‟yoriy muammolar kun tartibiga qo„yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin ularning tilga bo„lgan ehtiyoji ham o„sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zaruriyati esa o„z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatida tabiatni, mohiyatini, vazifasini o„rganishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi iste‟molda bo„lish xususiyatlarini kuzatish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 1 В. В. Виноградов. Стилистика. Теория поэтичной речи. Поэтика. М., 1963. 2 М. Хайруллаев, М. Ҳақбердиев. Мантиқ. “Ўқитувчи”, 1993, 31-бет. 10 Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bo„lsa, til va nutq me‟yorini o„rganish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi. 1989 yilda qabul qilingan “O„zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bo„lmadi. To„g„risini aytganda, oradan vaqt o„tsa ham bu nuqsonlardan to„laligicha qutila olgan emasmiz. O„zbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning ko„plari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bo„lib borilayotganini ham kuzatamiz. Buning ob‟ektiv va sub‟ektiv omillari ham bor, albatta. Harqalay o„tgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi – til me‟yoriy muammola-rining talqin etilishi va ijobiy hal qilishni vaqt degan ha-kamga ham bog„liqligi ma‟lum bo„ldi. “Davlat tili haqida”gi Qonun o„zbek tilining amalda bo„lishi uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Ona tilimiz qo„llanish ko„lamining, ta‟lim-tarbiya jarayonidagi mavqeining kengayib borishi ana shu istiqbol yo„lidagi imkoniyatlardir. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling