Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsni yakunlash.
- Uyga vazifa.
Darsni mustahkamlash. “Kichik guruhlar bilan ishlash”.
– Bugungi darsimizni noan‟anaviy usulda o„tkazmoqchiman. Shuning uchun biz kichik guruhlarga bo„linib o„tiribmiz. Bugun har bir guruhning javobini qolgan guruhlar baholaydi. Buning uchun “Guruhni baholash mezonlari”ni tuzib kelganman. Har bir guruh o„ziga nom tanlaydi. (Har bir guruhga jadval va rangli jetonlar tarqatiladi). Ish turlari qo„llaniladi. 11 “TEZKORLIK” MUSOBAQASI Musobaqa sharti: har bir guruh a‟zolari til to„g„risidagi maqol va hikmatli so„zlarni birin-ketin aytishlari, takrorga yo„l qo„ymasliklari kerak. Qaysi guruh maqol va hikmatli so„zlaridan ko„p bilib, tezkorlik bilan javob berib tursa, o„sha guruh g„olib sanaladi. 1-guruh: – “Ona tilim – jon-u dilim”. 2-guruh: – “Ona tilim – qalbim quyoshi”. 3-guruh: – “Til – millat ko„zgusi”. 4-guruh: – “Tilga ixtiyorsiz – elga e‟tiborsiz”. Darsni yakunlash. – O‟quvchilar, bugun biz sizlar bilan tilning ijtimoiy mohiyati haqida suhbatlashdik. Demak, til insoniyat tomonidan, yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ijtimoiy hodisadir. Uyga vazifa. Alisher Navoiyning til, so„z haqidagi hikmatlarini daftaringizga ko„chirib, ularning mazmunini o„z so„zlaringiz bilan izohlaysiz va hikmatlardan yod olasiz. Guruhlar baholanib, g„olib guruh aniqlanadi. Baholash. Ishtirok etgan talabalar rag„batlantiriladi va baholanadi. ****** II MASHG„ULOT. NUTQIY SAVODXONLIK VA NUTQ MADANIYATI ASOSLARI Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: O‟quvchilarga nutq madaniyati tushunchasi, nutqiy savodxonlik haqida ma‟lumot berish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling