11
“TEZKORLIK” MUSOBAQASI
Musobaqa sharti: har bir guruh a‟zolari til to„g„risidagi maqol va hikmatli
so„zlarni
birin-ketin aytishlari, takrorga yo„l qo„ymasliklari kerak.
Qaysi
guruh maqol va hikmatli so„zlaridan ko„p bilib,
tezkorlik bilan javob berib
tursa, o„sha guruh g„olib
sanaladi.
1-guruh: – “Ona tilim – jon-u dilim”.
2-guruh: – “Ona tilim – qalbim quyoshi”.
3-guruh: – “Til – millat ko„zgusi”.
4-guruh: – “Tilga ixtiyorsiz – elga e‟tiborsiz”.
Darsni yakunlash.
– O‟quvchilar, bugun biz sizlar bilan tilning ijtimoiy mohiyati haqida
suhbatlashdik.
Demak, til insoniyat tomonidan, yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har
qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga
mos tarzda rivojlanib
boradigan ijtimoiy hodisadir.
Uyga vazifa. Alisher Navoiyning til, so„z
haqidagi hikmatlarini
daftaringizga ko„chirib, ularning mazmunini o„z so„zlaringiz bilan izohlaysiz
va hikmatlardan yod olasiz.
Guruhlar baholanib, g„olib guruh aniqlanadi.
Baholash. Ishtirok etgan talabalar rag„batlantiriladi va baholanadi.
******
II MASHG„ULOT. NUTQIY SAVODXONLIK VA NUTQ
MADANIYATI ASOSLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: O‟quvchilarga nutq madaniyati
tushunchasi, nutqiy savodxonlik haqida ma‟lumot berish;