18
(Alisher Navoiy)
Bor so‘zni so‘z sanab tebranmasin til,
Ko‘rib, o‘ylab so‘zla, keragini bil.
(So‘fi Olloyor)
Misralarni to„g„ri va ravon sharhlagan o„quvchi rag„batlantirila di.
Darsni yakunlash. O‟quvchilar, bugun biz sizlar
bilan nutq madaniyati
tushunchasi va nutqiy savodxonlik haqida suhbatlashdik.
Demak, nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma‟rifiy taraqqiyotining, millat
ma‟naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma‟nodagi madaniy nutq
shaxs umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir.
Shuning uchun ham mamlakatimizda ma‟naviy-ma‟rifiy
islohotlar davlat
siyosatining ustuvor yo„nalishi deb e‟lon
qilingan bugungi kunda nutq
madaniyati ko„nikmalari
va malakalarini oshirish, ta‟lim
jarayonlarining
barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini
yetarli darajada
nazarda tutish dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.
Vazifa: A. Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq”
asaridagi nutq
madaniyati nutq madaniyatiga oid fikrlarni ko„chiring. Ularni sharhlab, ijodiy
bayon yozing.
Kelgusi darsga, ya‟ni “Nutqning asosiy xususiyatlari”
mavzusiga tayyorgarlik ko„rish.
Faol ishtirok etgan talabalar rag„batlantiriladi va baholana-di.
******
Do'stlaringiz bilan baham: