Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

SHAKLLARI 
 
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: o‟quvhilarga nutq odobi 
tushunchasi, nutqiy muomala haqida ma‟lumot berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‟quvchilarni xushmuomalalikka, yuksak ma‟naviyatli 
bo„lishga o„rgatish;
v) rivojlantirishuvchi maqsad: o‟quvchilarning nutqiy savodxonligini 
shakllantirish.
Darsning jihozi: darslik, ma‟ruza matni, tarqatma materiallar, 
ko„rgazmali vositalar.
Darsning borishi. Tashkiliy qism: Salomlashish. Davlat
madhiyasini aytish. Navbatchi axboroti.
O„tilgan mavzu: Nutqning asosiy xususiyatlari. Mavzu yuzasidan savolli 
kartochkalar tarqatiladi.
 
1. “Nutqning aniqligi” deganda nimani tushunasiz? 
 
 
2. Nutqning mantiqiyligi tildan boshqa yana nimalarga bog„liq? 
 


31 
 
3. O„zbek tilining tozalik darajasini izohlang. 
 
 
4. Nutq aniqligi talablarini tushuntirib bering. 
 
O‟quvchilarning savollarga bergan javoblarini eshitib, zarur o„rinlari 
to„ldiriladi va xulosalanadi. Shundan so„ng uyga berilgan topshiriq ko„rib 
chiqiladi va qanday bajarilganligini ayrim talabalarga o„qitib ko„rish orqali 
tekshirib ko„riladi.
Yangi mavzu ma‟ruza rejasi asosida olib boriladi.
R Ye J A
1. Nutq madaniyati va nutq odobi tushunchalari. 
2. Nutqning shakllanishidagi shart-sharoitlar va nutq odobi.
3. Nutqiy muomala – inson faoliyatining tarkibiy qismi.
4. Nutqiy muloqot odatidagi an‟anaviylik.
5. Muloqotning til (lingvistik) va tildan tashqaridagi (paralingvistik) omillari.
6. Rasmiy va norasmiy muomala jarayonining til jihatlari.
O„zbek millatining ko„p ming yillik tarixida keyingi o„n yillikda erishgan 
yutuqlarimiz alohida o„rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida 
yaratilgan boy ma‟naviy-ma‟rifiy merosimizni nafaqat o„rganish, balki uni 


32 
davr yoshlari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat 
qildirish vazifasini oldimizga qo„ydi. Nutq madaniyati muammosi insoniyat 
sivilizatsiyasining barcha bosqichlarida o„rtaga qo„yib kelinganligi ham sir 
emas.
U ma‟lumot sifatida qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo„lsa ham, 
shunga qadar Misr va Assuriyada, Hindiston va Xitoyda mavjud bo„lganligi 
notiqlik san‟ati tajribasidan ma‟lum. Gap shundaki, u paytlarda davlat 
arboblarining obro„-e‟tibori va yuqori lavozimlarga ko„tarilishi ularning 
notiqlik mahoratiga ham bog„liq bo„lgan. Yunon notig„i Demosfen 
(eramizdan oldingi 384–322) va Rim notig„i sitseron (eramizgacha 106–
43)larning hayoti bunga misol bo„la oladi.
O„rta Osiyo madaniyati tarixida nutq madaniyati bilan shug„ullanish 
o„ziga xos mavqega ega bo„lgan. Ulug„ turkolog olimlar Mahmud 
Qoshg„ariyning “Devonu lug„otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u 
bilig” asarlari bu masalaning juda qadimdan o„rtaga qo„yib kelinganligidan 
dalolat beradi. U paytlar “nutq odobi” deb yuritilgan sodda va o„rinli 
gapirish, qisqa va mazmundor so„z-lash, ezmalik va laqmalikni qoralash
keksalar va ustozlar oldida gapirganda odob saqlash, to„g„ri, rost va dadil 
gapirish, yolg„onchilik va tilyog„lamalikni qoralash singari bir qator qoida va 
ko„rsat-malar bugun biz “nutq madaniyati” deb atab kelayotgan 
tushunchaning aynan o„zidir.
– Aziz, yoshlar davramizga buyuk mutafakkir bobokalonlarimizni taklif 
qilsakda, ular bizga nutq odobi haqida o„z fikrlarini bildirsalar.
(Sinf xonasiga maxsus kiyimlarda buyuk siymolar Mahmud Qoshg„ariy, 
Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabilar tashrif 
buyuradilar).
Mahmud Qoshg„ariy:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling