Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
maktabgacha ta`lim uslubiyoti kafedrasi
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
maktabgacha ta`lim uslubiyoti kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. 4 KIRISH Har bir fan o„zining uzluksiz taraqqiy etib borish bosqichlariga egadir. Fan rivojiga salmoqli ta‟sir ko„rsatadigan yangi tarixiy bosqich arafasi odatda keng ko„lamdagi bahslar, keskin munozaralardan holi bo„lmaydi. Bularda, shubhasiz, oldingi va navbatdagi bosqichlarning o„zaro munosabati, yangi taraqqiyot bosqichi oldida turgan muammo va masalalar, ularni tadqiq etish yo„llari yuzasidan ilgari surilgan fikrlar (qarashlar) ilm ahlining diqqat markazida turadi. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda ularning hayotga tatbiq etishni ta‟minlovchi hukumat qarorlari shaklidagi me‟yoriy hujjatlar asosida respublikamizda uzluksiz ta‟lim tizimining poydevori yaratildi. Uzluksiz ta‟limning barcha bo„g„inlarini boshqarish, jahon andozalari va zamon talablari darajasida yo„lga qo„yish, ularning har biri uchun xos bo„lgan xususiyatlar va imkoniyatlarni hisobga olgan holda, ta‟lim-tarbiyaning yangicha tizimini shakllantirish mustaqil O„zbekiston taraqqiyotining negizi sifatida kun tartibiga qo„yildi. Ma‟lumki, fikrni bayon etish va tafakkur qilish nutq orqali amalga oshadi. O„quvchida tafakkur qanchalik rivojlantirilsa, uning fikr bayon qilish mahorati shunchalik yuqori bo„ladi. Davrimiz hozirgi yosh avloddan fikrlash va fikr mahsulotini to„g„ri ifodalashni talab qilar ekan, o‟quvchilarda bu ko„nikmalarni rivojlantirish uchun yangidan-yangi usul va metodlardan foydalanishimiz kerak. Ta‟lim-tarbiya jarayonining barcha jihatlarini qamrab oluvchi davlat ta‟lim standartlari bugungi kunda yosh avlodning Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma‟naviyat va ma‟rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo„lish 5 hamda o„zi sevgan kasbini mukammal egallash yo„lida qunt bilan bilim olishlari uchun kafolat bo„lib xizmat qilmoqda. Mazkur o„quv-metodik qo„llanmada oliy o„quv yurti talabalariga “Nutq madaniyati” fanini o„qitish uchun yangi pedagogik texnologiya asosidagi innovatsion metodlardan foydalanish bo„yicha metodik tavsiyalar berilgan. Xususan, o‟quvchilarning “Nutq madaniyati” fanini oliy o„quv yurtlarida o„rganishga bag„ishlangan darslarda “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlar bilan ishlash”, Bahs-munozara, musobaqa o„yin, ma‟ruza dars usullaridan foydalanishning ahamiyati yoritildi. Qo„llanmada didaktik ish turlari talabalarning retseptiv (qabul qilish), reproduktiv (o„zlashtirish, qayta ishlash) va ijodiy faoliyatlari ko„zda tutilgan hamda ana shu 3 bosqichli faoliyatni maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish hisobga olingan. Bu hol o„qituvchining ijodiy imkoniyatlarigina emas, balki har bir o„quvchining ham yaratuvchilik salohiyatini uyg„otish va ishga solishga xizmat qiladi. O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustida bo„lib o„tgan sessiyasida quyidagilarni aytgan edi: “Biz shoshilmasdan, asosiy maqsaddan og„ishmay, izchillik bilan milliy dasturni amalga oshirishimiz lozim. Shundagina u umumiy madaniyatni yuksaltirishga, farzand- larimizning jamiyatda o„z munosib o„rnini topishlariga xizmat qiladi. Ularning kasbiy va ta‟limiy dasturlarni ongli ravishda tanlash va egallashlari uchun huquqiy me‟yorlarni, tashkiliy ruhiy-pedagogik shart- sharoitlarni ta‟minlashga ko„maklashadi. Yigit-qizlarimizni jamiyat, davlat, oila oldida o„z mas‟uliyatini chuqur anglab yetuvchi shaxslar etib tarbiyalashga zamin bo„lib xizmat qiladi” 1 . Shundan so„ng Prezidentimiz kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko„rsatishining asosiy 1 И. А. Каримов. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. “Ўзбекистон”, 1997, 14-бет. 6 tamoyillari xususida so„z yuritib, Davlat ta‟lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko„rsatish mexanizmini ishlab chiqish lozimligini uqtirgan edi. Ta‟lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri – ta‟lim- tarbiya jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar bilan ta‟minlash, ta‟lim tizimining ilg„or tajribalarini o„rganish va ularni dars jarayoniga tatbiq etishdan iboratdir. Bugungi pedagogik texnologiya o„quvchida tashabbuskorlikni, mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o„zlashtirishni, kuzatuvchanlikni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalovchi usullarni qo„llashni talab etadi. Hozirgi kunda fidoyi o„qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali bir qancha zamonaviy ta‟lim usullari ishlab chiqildi. Bunday usullardan samarali foydalanish uchun, avvalambor, o„qituvchi o„z fanini puxta bilishi, ilg„or zamonaviy o„qitish usullaridan yaxshi xabardor bo„lib, ulardan samarali foydalanish yo„llarini kashf eta olishi lozim. Shundagina o„qitish sifati ham, talabalarning fanni o„zlashtirish darajasi ham yuqori bo„ladi. Ushbu qo„llanmada innovatsion metodlardan foydalangan holda, turli xil dars ishlanmalari berildi. Garchi mavzular ma‟ruza usulida bayon etilgan bo„lsa-da, darsning mustahkamlash qismida “Musobaqa-o„yin” tarzida va shu bilan birga turli didaktik o„yinlar – “O„yla, izla, top!”, “Gul sayri”, “So„zdan so„z”, “Iste‟dod”, “Tezkorlik”, “O„z o„rningni top!”, “Muqaddima bizdan, xotima sizdan”, “Mening gulim”, “Mushtni ochish”, “Videotopishmoq”, “Insert”, “Qarorlar shajarasi” kabilardan foydalanildi. “Ma‟naviyat” va “Dam olish daqiqalari” talabalarning bilim olishga qiziqishlarini orttiradi va darsning faol ishtirokchisi bo„lishlarini ta‟minlaydi. Zero, yangi pedagogik texnologiyaning asl mazmuni ham mana shunda. Yangilangan ijtimoiy, badiiy va pedagogik tafakkurga xos xususiyatlarni hisobga olib yaratilgan mazkur uslubiy qo„llanma nutq madaniyati bilan qiziquvchilarga eng yaqin ko„makchiga aylanadi, degan umiddamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling