Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

 
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad. O‟quvchilarga tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, til va 
tafakkur birligi haqida bilim va ko„nikmalar berish;
b) tarbiyaviy maqsad. O‟quvchilarda ona tiliga bo„lgan mehr-muhabbatni 
uyg„otish;
v) rivojlantiruvchi maqsad. Kelajakda o‟quvchilardan savodxon shaxsni 
tarbiyalash.
Darsning jihozi: darslik, qo„shimcha adabiyotlar, ma‟ruza matni, 
tarqatma materiallar, ko„rgazmali vosita.
Darsning borishi: tashkiliy qism. Salomlashish, Davlat madhiyasini 
aytish, navbatchi axboroti.
O„qituvchi: Hurmatli o‟quvchilar. Bugungi darsimiz birinchi dars 
bo„lganligi uchun bu darsimizni Vatanimiz haqidagi suhbat bilan boshlaymiz.
Aziz talabalar, biz O„zbekiston deya atalmish jannatmakon yurtda 
yashaymiz. Jannatmakon o„lkamizning har bir kuni bayram, har bir kuni 
shodiyona. Keling, fursatdan foydalanib, mustaqil O„zbekistonimiz haqida 
suhbat quraylik.
– O„zbekiston qachon mustaqillikni qo„lga kiritgan?
– O„zbekiston 1991 yil 31 avgustda o„z mustaqilligini e‟lon qilgan, 1 
sentabr kunini bayram qilib nishonlaymiz.
– Davlatimiz ramzlari haqida nimalar bilasiz?
– Davlat ramzlari O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiya-sida 
belgilangan bo„lib, bayroq, gerb va madhiya hisoblanadi.
– Qanday milliy bayramlarimizni bilasiz?
– Ro„za hayit, Qurbon hayit, Yangi yil, Navro„z, Mustaqillik bayramlari 
yurtimizda keng miqyosda nishonlanadi.



– O‟quvchilar, kuni kecha respublikamizda qaysi bayramni
nishonladik?
– Mustaqillik bayramini nishonladik.
– Demak, O„zbekiston mustaqillikka erishgan ekan, u biz sanab o„tgan 
ramzlardan tashqari yana nimalariga ega? 
– O„z Davlat tiliga, Milliy valyutasiga.
– To„g„ri. Qani, aytinglar-chi, O„zbek tiliga qachon Davlat tili maqomi 
berilgan?
– O„zbek tiliga Davlat tili maqomi 1989 yil 21 oktabrda be- 
rilgan.
– Aziz o‟quvchilar, biz bugungi darsimizda ana shu tilning ijtimoiy 
mohiyati haqida suhbatlashamiz.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling