Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

 
“Iste‟dod” bekati 
 
Bu ish turida talabalar avvaldan tayyorgarlik ko„rganlari uchun nutq 
xususiyatlaridan ayrimlarining buzilishiga, me‟yordan chiqishiga oid sahna 
ko„rinishlari tayyorlagan bo„lishadi. Darsda buni namoyish etadilar.
Masalan, o‟quvchilar nutqning tozaligiga oid Abdulla Qahhor-ning 
“Nutq” hikoyasidan parcha namoyish etadilar. Bunda hikoya qahramonining 
tabiiylik va samimiyatdan holi bo„lgan hamda shu yo„l bilan g„oyatda kuchli 
badiiy timsolni yuzaga keltirgan nutqi beril-ganligini ko„rsatib beradilar.
O„qituvchi o‟quvchilar mahoratini baholaydi.
Darsni yakunlash. – Yuqorida namunaviy nutqning asosiy talablariga 
qisqacha to„xtalib o„tdik. Ulardan xulosa qilib aytish mumkinki, yaxshi nutq 
so„zlovchi va yozuvchidan savodxonlikni, katta mehnatni talab qiladigan 
murakkab jarayondir. Umuman, nutq aniq va ravon, grammatik jihatdan 
to„g„ri shakllangan bo„lishi va orfo-epik talablar darajasida tafakkur etilishi, 
boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo„ladi. Ana shunday 
nutqgina ting-lovchi va o„quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina 
madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchidan va 
omma oldiga chiqib nutq so„zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o„z 
ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
Vazifa: Tilning ta‟sirchan vositalarini badiiy adabiyot matnidan topib 
kelish.
Talabalar bilimi baholanadi. Faol ishtirok etgan o‟quvchilar 
rag„batlantiriladi. 
Yuqorida berib o„tilgan darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida 
yanada boshqa usullarda ham tashkillash mumkin. Masalan, bahs-munozara, 


30 
anjuman usullaridagi darslar ham mavzuni o„zlashtirishda yetarli samara 
beradi.
****** 
IV MASHG„ULOT. NUTQ ODOBI. NUTQIY MUOMALA 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling