Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

O„tilgan mavzuni so„rash.
(O„tilgan mavzu savol-javoblar orqali so„rab o„tiladi. O„qituvchi 
tomonidan xulosalanib, uyga berilgan topshiriqning qay tarzda bajarilganligi 
tekshirib chiqiladi).
Yangi mavzu bayoni. “Aqliy hujum”. 
– Har bir notiq o„z nutqini sharoitga qarab moslaydi. Ya‟ni radio, 
televidenie orqali taralayotgan suxandonlar nutqini har kuni eshitasiz, gazeta-
jurnallarda e‟lon qilinayotgan xabarlarni o„qiysiz. Badiiy asarlarni mutoalaa 
qilib, tilimizning adabiy-estetik quvvatidan bahramand bo„lasiz. Fizika, 
matematika singari fanlarni ham o„zbek tilida o„qiysiz. Shu bilan birgalikda 
ko„cha-ko„yda, oilada, mahallada turli yoshdagi kishilar bilan muloqotga 
kirishasiz.
Agar yuqorida bayon qilingan nutqiy jarayonlarga e‟tibor bilan 
qarasangiz, ularning hammasi garchi o„zbek tilining bevosita voqealanishi 
bo„lsa ham, lekin ta‟lim jihatlari bilan bir-birlaridan farqlanishining guvohi 
bo„lasiz.
Demak: Adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma‟lum sohasi doirasida 
qo„llaniladigan ko„rinishi “Nutq uslublari” deyiladi.
Bugun sizlar bilan aynan shu nutq uslublari to„g„risida suhbatlashamiz. 
Daftaringizni ochib, bugungi sanani yozing.
Bugungi mavzu: Nutqning uslubiy shakllari.
– O„zbek tilida nechta uslub bor?
– O„zbek tilida 5 ta uslub bor.


44 
– Siz uslublarni maktabda ham o„tgansiz. Biz hozir eslab ola-miz xolos. 
Kollejga kelganingizda, uyda oila a‟zolaringiz bilan, ko„chada do„stlaringiz 
bilan muloqotda bo„lasiz. Qani, shu nutqimiz qanday uslub deyiladi?
– So„zlashuv uslubi (Javob bergan talaba taxtaga yozadi).
– Bolaligimizda onajonimiz, buvajonimizdan ertak aytib be-rishlarini 
idtimos qilganmiz. Hozir esa o„z sevgan romanlarimizni o„qiymiz. Mana shu 
ertaklarimiz, roman-hikoyalarimiz qaysi uslubda yozilgan?
– Rasmiy uslubda.
– O„quv yili davomida juda ko„p referat, insho, laboratoriya ishlari 
yozdingiz. Oddiy darslaringiz ham qaysi uslubda yozilgan?
– Ilmiy uslubda.
– Har hafta eshigimizni taqillatib ro„znomalarni olib kiri-shadi, o„qiysiz. 
Radio, televizordan xabarlarni eshitasiz. Bu qanday uslub?
– Publitsistik uslub.
– Publitsistik degani lotinchada “omma” degani. Demak, ommaviy uslub.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling