Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Yangi mavzu reja asosida ma‟ruza usulida olib boriladi. 
Reja:
1. Sinonimiya tushunchasi.
2. Leksik va grammatik sinonimlar.
3. Sinonimlarning vazifaviy uslubda namoyon bo„lish xususiyatlari.
(Ma‟ruza o„qituvchi tomonidan eshittiriladi). So„ng talabalarga mavzu 
yuzasidan “Aqliy hujum” uchun savollar beriladi.
1. Sinonimiya deganda qanday til hodisasini tushunasiz?
2. Dubletlarga misollar keltiring.
3. Sinonimlar va variantlarning o„zaro umumiy va farqli tomonlarini I. G. 
Barlas qanday izohlaydi?
Talabalarning javoblari tinglanadi va o„qituvchi tomonidan to„ldiriladi.
Mavzuni mustahkamlash. Quyidagi ish turlari bajariladi: 
Matn yaratish 
Talabalar ixtiyoriy ravishda sinonimlar ishtirok etgan matn tuzadilar va 
matnni tashkil qilib izohlaydilar. Matn mavzulari quyidagicha bo„lishi 
mumkin:


48 
“Men sevgan kasb”. 
“Men yoqtirgan fasl”. 
“Mening sevimli mashg„ulotim”. 
“Gul sayri” o„yini 
Bu o„yinda vazaga solingan har xil rangdagi gullar bandiga 
qog„ozchalarga sinonimik qatordagi bosh so„z yozib qo„yiladi. Talabalar 
ixtiyoriy ravishda gul tanlaydilar. Tanlagan gullari bandidagi qog„ozchani 
ochib, undagi bosh so„zga sinonimlar topib, sinonimik qator hosil qiladi. 
Agar o„quvchi shartni bajarsa gul unga sovg„a qilinadi, bajara olmasa gul o„z 
joyiga solib qo„yiladi.
Bu o„yin o‟quvchilarni tezkorlikka o„rgatadi, nafosatga chorlaydi va 
xotirani yaxshilaydi.
Darsni yakunlash. – O„zbek tilidagi sinonimiya hodisasi va bu hodisa 
jarayonida yuz beradigan til birliklari o„rtasidagi o„zaro ma‟no munosabatlari 
haqidagi ilk qarashlar o„zbek tilining leksikologiya yo„nalishini yoritishga 
bag„ishlangan hamda ta‟limning turli bosqichlarida foydalanish uchun 
yaratilgan darslik va qo„llanmalarda o„z ifodasini topgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling