Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
Yangi mavzu reja asosida ma‟ruza usulida olib boriladi.
Reja: 1. Dialogik va monologik nutq haqida tushuncha. 2. Dialogik nutqda munosabatni ifodalash usullari. 3. Monologik nutq shakllari. 4. Dialogik va monologik nutq jarayonida til vositalari qo„llanishining o„ziga xos xususiyatlari. 39 Dialogik va monologik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko„rinishlari sifatida dialogik nutq ham, monologik nutq ham nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalariga bo„ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishidagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo„lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o„rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e‟tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o„ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o„rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. – Avval, bu nutqning til jihatlariga e‟tibor beraylik. Tohir Malikning “Shaytanat” romanidan ikkita parcha keltiramiz. (Magnit lentasidan asardan olingan parcha eshittiriladi). Matnlarning til jihatiga e‟tibor berilganda shu narsa ma‟lum bo„ladiki, suhbat jarayonidagi gaplar asosan savol-javoblardan iborat bo„ladi, ya‟ni gaplarning ma‟lum qismini so„roq gaplar tashkil qiladi. Bu gaplar tuzilishiga ko„ra sodda va to„liqsiz gaplardan iborat bo„ladi. To„liqsiz bo„lishining sababi ma‟lum, albatta. Undagi ma‟no yoki avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashiladi. Ikkinchi parchadan yana shu narsa anglashiladiki, suhbatdoshlarning xarakteri, kayfiyati suhbatlashayotgan kishiga munosabati ham nutq jarayonida reallashadi. Alohida bir kishiga taalluqli bo„lgan nutq monologik nutq sifatida baholanadi. Bu nutq ikki xil ko„rinishga ega: ochiq nutq va ichki nutq. So„zlovchining har bir nutqni so„zlash jarayonida o„zini tutishi, harakatlari, hatto kiyinishi ham farq qiladi. Boshqacha aytganda, farq qilishi kerak. Masalan, Oliy Majlis sessiyasiga to„n kiyib borish odob sanalmagani kabi, azaga e‟tiborni tortadigan yaltiroq kiyimlarni kiyib borish yoki lab va qosh-ko„zlarni bo„yab borish ham ma‟qul emas. 40 Adabiy asarda monologning ichki ko„rinishi xarakterli bo„lib, badiyati manfaati nuqtai nazaridan ular alohida vazifa bajaradi. Shuning uchun Said Ahmad: “Yozuvchi faqat qahramonning tilidagini yozmay, uni ichidan ham gapirtira bilishi kerak. Chunki ichidan gapirtirilgandagina, qahramonning ichki olami ochiladi. Qahramonning ichki olamini, ichidagi bo„lgan ohangni, ichki dardni yozuvchi o„z tili bilan olib chiqadi” 1 , degan edi. Darhaqiqat, yozuvchi qo„lida ichki monolog qahramon qiyofasini o„quvchi ko„z oldida butun borlig„i va murakkabligi bilan gavdalantirishga xizmat qila oladigan kuchli badiiy vosita bo„la oladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling