Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ardam boshi til (Odob va fazilatning boshi tildir). Yusuf Xos Hojib: So‘zingni ko‘dargil boshing bormasin
Ko‘p sukutga qush qo‘nar,
33 Ko‘rklik kelishiga so‘z kelar. (Shoxi ko„p, shoxlari o„zalab ketgan daraxtga qush qo„nadi, yaxshi kishiga so„z (maqtov) keladi). Ardam boshi til (Odob va fazilatning boshi tildir). Yusuf Xos Hojib: So‘zingni ko‘dargil boshing bormasin, Tilingni ko‘dargil tishing sinmasin .... (So„zingga ehtiyot bo„l, boshing ketmasin, Tilingga ehtiyot bo„l, tishing sinmasin ...) Alisher Navoiy: So„z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham unga sadaf bo„la olmaydi. Tilga ixtiyorsiz – elga e‟tiborsiz. So„zni ko„ngilda pishqarmaguncha tilga keltirma va har nekim, ko„ngilda bor tilga surma. Ma‟dani inson gavhari so„z durur, gulshani odam samari so„z durur. Ko„p demak so„zga mag„rurlik. Va ko„p yemak nafsga ma‟murlik. Husayn Voiz Koshifiy: Tilning odobi qaysi deb so„rasalar, bu olti narsaga tilni ochish va sakkiz narsadan tilni saqlash deb aytgil: holat zarurati yuzasidan ko„ngillarga yashirin bo„lgan rozni izhor etish, mazlumlar faryodiga javob berish va marhumlar imdodi uchun so„z aytish. Chunki bu so„zlar orqali zolimning zulmi mazlumlar boshidan ko„tarilishi mumkin. -o‟quvchilar, endi buyuk mutafkkirlarimizga rahmatlar aytib, ularni o„z qatorlarimizga taklif qilamiz. Ular sizlarning darsdagi faoliyatingizni baholashda menga yordam beradilar. Aziz tala-balar. Endi keyingi mavzuga 34 o„tsak. Savol: Nutqiy muomala degan-da nimani tushunasiz? Ushbu savolga talabalar birma-bir javob beradilar. Ularning fikrlari tinglangach, o„qituvchining o„zi mav-zuni tushuntirib beradi (ma‟ruza usulida). O„zbek xalqi dunyoda o„z ma‟naviyati va madaniyati mavjud bo„lgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy an‟analari, odat va ko„nikmalariga ega. Zero, ana shu an‟ana va odatlar har bir xalqning o„zligini ko„rsata oladigan belgilar sanaladi. Muloqot inson faoliyatidagi eng murakkab jarayon sanalib, bu jarayonning amalga oshishida ma‟lum qonun-qoidalar mavjud. Bu jarayonda so„zlovchi va tinglovchi-suhbatdoshlar zaruriy a‟zo sifatida ishtirok etishiadi. Muloqotga ta‟sir etuvchi omillar – ta‟sir birliklari mavjud bo„ladi. S. Mo„minov suhbatdoshlarning millatini, jinsini, yoshini, ijtimoiy belgilarini, ularning o„zaro yaqinlik darajasini, muloqot vaqtini, vaziyatni, holatni, ijtimoiy birliklar sifatida qaraydi 1 . Muloqot jarayonining muhim qismini murojaatlar tashkil qiladi. Murojaat esa tanish kishilarga ham, notanishlarga ham bo„lishi mumkin. Bu vaziyat esa alohida til elementlarini tanlash-ni taqozo etadi. Tanishlarga qaratilgan murojaatlar ham farqlanadi. Yoshi ulug„, lavozim jihatdan yuqoridagi, yaqin va hurmatli kishiga nisbatan qilinadigan murojaatlar tanish, ammo so„zlovchi uchun unchalik ahamiyatli bo„lmagan kishiga nisbatan qilinadigan murojaatdan boshqacha bo„ladi. Birinchi guruhdagi kishilarga nisbatan, dada, dadash, azizim, onam, lobarim, dilbarim, erkam, pari, bek, gul, poshsho, botir, go„zal, malak, valine‟mat, shirin, oppoq, do„ndiq, jon, qanot, chiroq, g„uncha, xon, xona, ey, shunqor, lochin, qaldirg„och, qo„zi, bo„ta, toy, qulun, arslon so„zlari hamda -cha (qizcha, 1 С. М. Мўминов. Ўзбек мулоқот хулқининг ижтимоий-лисоний хусусиятла- ри. Автореф. Т., 2000, 11-бет. 35 bolacha); -chak, -choq, -chiq (toychoq, kelinchak); -kay (bolakay), -gina, - kina, -qina (qizgi-na); -loq (butaloq); -xon (Diloromxon); -jon (bolajon, ukajon); -boy (Hikmatboy); -bek (Javlonbek); -qul (Shodiqul); -toy (erka- toy); -oy (Sanamoy); -beka (Qutlibeka); -poshsha (Oyposhsha); -bibi (Xurshidabibi); -pari, -bonu (Shahnozabonu); -niso (Guliniso); -sanam (Gulsanam) affiksoidlari bilan murojaat qilinadi 1 . Ish turlari qo„llaniladi. “Muqaddima bizdan, xotima sizdan” o„yini. Bu o„yin sharti shundayki, o„yinda o„qituvchi donolarning nutq odobiga oid fikrlaridan, hikmatli so„zlaridan bir qismini, ya‟ni muqaddimasini keltiradi, talabalar esa bir jumlaning davomini, ya‟ni xotimasini aytishlari kerak. O„qituvchi: So„zingni avayla, omondir boshing ... Talabalar: .... Tilingni avayla uzayar yoshing. O„qituvchi: Tilga ixtiyorsiz ... Talabalar: .... Elga e‟tiborsiz. O„qituvchi: Ma‟dani inson gavhari so„z durur .... Talabalar: .... Gulshani odam samari so„z durur. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling