Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nutqning tozaligi
Nutqning mantiqiyligi Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari – to„g„rilik va aniqlik bilan chambarchas bog„langandir. Chunki grammatik jihatdan to„g„ri tuzilmagan nutq ham, fikrni ifoda etish uchun muvaf-faqiyatsiz tanlangan leksik birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir. Mantiqiy izchillikning buzilishi ting-lovchi va o„quvchiga ifodalanayotgan fikrning to„liq borib yetmasligiga, ba‟zan umuman anglashilmasligiga sabab bo„lishi mumkin. Nutqni shakllantirishdagi e‟tiborsizlik oqibatida ba‟zan man-tiqsizlik ham yuz beradi. So„zlarni bir-biriga mazmunan bog„lash, ular o„rtasidagi grammatik aloqani to„g„ri shakllantirish sintaktik me‟yorga amal qilish-ning asosiy sharti bo„lib hisoblanadi. Mana bu misolda kuy va raqs so„zlarining diktor tomonidan uyg„un tarzda qo„llanib yuborilishi mantiqning buzilishiga olib kelgan: Endi kuy va raqslar tinglab, dam oling (televideniyadan). Kuyni tinglash mumkin, ammo raqsnichi? Hammomda qatiq va shisha idishlar iste‟mol qilish man etiladi (“Mushtum” jurnali). 1 А. Қаҳҳор. Ёшлар билан суҳбат. Т., 1968, 44–46-бетлар. 25 Demak, mantiqiy nutq deganda yaxlit bir tizim asosida shakllangan, fikrlar rivoji izchil bo„lgan, har bir so„z, ibora aniq, maqsadga muvofiq ravishda yuzaga keladigan nutqni tushunamiz. Nutqning tozaligi Nutqning tozaligi deganda unda til elementlarining ishlatilishida adabiy til me‟yorlariga amal qilish-qilmaslik tushuniladi. Yaxshi, namunaviy nutq hozirgi o„zbek adabiy tiliga, uning talablariga mos holda shakllangan bo„lishi, turli g„ayriadabiy va g„ayriaxloqiy til elementlaridan holi bo„lishi kerak. Chunki u boy ma‟naviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo„lgan va bugun mustaqillik davrida yashab, dunyo hamjamiyati bilan teng mavqeda muloqotda bo„layotgan o„zbek xalqining madaniy darajasiga mos bo„lishi lozim. Ijtimoiy muhitning tildan foydalanish jarayoniga ta‟sir ko„rsatishi tabiiy bir holdir. Kishilar o„z nutqlarida bilib-bilmay yoki e‟tiborsizlik oqibatida boshqa til elementlaridan ham foydalanadilar. Boshqa millat vakillari bilan yashash, mehnat qilish, ta‟lim olish, xullas, muomala jarayonida shunday hollar yuz beradi. Boshqa tillardan so„z o„zlashtirish nutqda zaruriyatga ko„ra ulardan foydalanish salbiy hodisa emas. Ammo bunday so„zlar orasida varvarizm deb ataluvchi shunday bir qatlam mavjudki, ularni nutqda qo„llash-qo„llamaslik masalasiga adabiy til me‟yorlari nuq-tai nazaridan munosabat bildirish lozim. Gap shundaki, varvarizm sifatida qaraladigan nu, kak, vot, sov-sem, voobщe, tolko, tolko tak, yestestvenno, ob‟yazatelno, konech-no, uje, pochti, tak chto, znachit, kak raz, neujeli, tem bolee, doku-ment, oformit qilmoq, organizovat qilmoq, prinimat qilmoq, razreshene olmoq, podpis qo„ymoq, bo, akun, soni kabi so„z va birikmalarning o„zbek tilida aynan ekvivalentlari 26 mavjud. Buning ustiga ular adabiy tilimizga kirgan emas. Demak, bu so„zlar o„zbek tili uchun me‟yor emas. Ammo biz ularni, ijtimoiy muhit ta‟siridan bo„lsa kerak albatta, farqiga bormasdan ishlataveramiz, nutqimizni nazorat qilmaymiz. Shu tarzda leksik me‟yor ham, nutq ham buziladi. Shuning uchun ham tilda varvarizmlarning ishlatilishini ijobiy hodisa sifatida emas, balki me‟yorning buzilishi deb qarash va ularni nutqda qo„llamaslik lozim. Imkoni boricha badiiy adabiyotda ham vulgar so„zlarni ishlatishdan qochish kerak. Chunki badiiy adabiyot kishilarga estetik ta‟sir o„tkazish vositasi bo„lishi bilan birga, tarbiya manbai ekanligini ham unutmasligimiz kerak. Xullas, nutqnimizning tozaligi uchun kurash undan foydalanuvchi har bir kishining vazifasi bo„lishi kerak. Ana shundagina umummilliy til madaniyati haqida gapirishimiz mumkin bo„ladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling