Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana01.07.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1657882
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
Kitob 5547 uzsmart.uz

Nutqning to„g„riligi 
 
Nutqning to„g„ri bo„lishi uning bosh kommunikativ xususiyati 
hisoblanadi. Nutqning to„g„ri tuzilgan bo„lishi tomonlarning – so„zlovchi va 
tinglovchining, yozuvchi va o„quvchining bir-birlarini tez va oson 
tushunishlarini ta‟minlaydi. Agar nutq to„g„ri bo„lma-sa, u aniq ham
maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo„lmaydi. Demak, nutqning to„g„ri 
bo„lishi dastlab uning adabiy til me‟yorlariga muvofiq kelishi bo„lib 
hisoblanadi.
Nutqning to„g„ri bo„lishi asosan ikki me‟yorga – urg„u va gramma-tik 
me‟yorga amal qilishni taqozo etadi. Nutq jarayonida ma‟noni to„g„ri 
anglatish uchun so„zdagi bo„g„in, gapdagi so„z urg„usining to„g„ri
ishlatishiga e‟tibor qilishimiz lozim bo„ladi.
Nutq qurilishining grammatik shakllarini farqlay olish so„z-larni 
mazmuniy bog„lanishlariga qarab joylashtirish grammatik me‟yorlarni 
belgilar ekan, nutqning to„g„ri ifodalanishi uchun gap tuzish qoidalarini 
o„zlashtirish, o„zak va qo„shimchalar o„rtasidagi munosabatlarni, ega-kesim 


22 
mosligini, ikkinchi darajali bo„laklarning ularga bog„lanish yo„llarini yaxshi 
anglash lozim bo„ladi. Aks holda nutqda kamchilik ro„y beradi. Misol: 
Alfavitimizga qo„shimcha harflar kiritish yoki chiqarish bilan nutq 
madaniyatimizni oshirish uchun imkoniyat yaratilmay, balki nutq 
madaniyatimiz takomillashuvida chalkashlik sodir bo„lishi mumkin 
emasmi? (Gazetadan). 
Nutqda sintaktik me‟yorlarning buzilishi ham kuzatiladi. Shukrullo
Mirmuhsin, Turob To„la, Po„lat Mo„min asarlari sin-taksisini tahlil qilgan F. 
Is‟hoqov bu buzilishlarni tanqid qi-lib, quyidagi misollarni keltiradi: so„z 
tartibining buzilishi:
Otabek farzandiga kim kuyar axir,
O, naqadar og„ir farzandning dog„i.  (Shukrullo)
G„alvirakning o„zi xunuk, lekin mag„zi soz bo„lur,
Pistaning ham qattig„idan ochiq og„zi soz bo„lur. (Shukrullo)

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling